Kontent qismiga oʻtish

Abdulla Oripov haykali (Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abdulla Oripov haykali – Oʻzbekistondagi madaniy meʼros obyekti. Monumental sanʼat yodgorligi. Obyekt davri: 2018-yil. Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan. Obyekt manzili: „Mustaqillik“ MFY . Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq: Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan – davlat muhofazasiga olingan[1][2].

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-may „Qarshi shahrida ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish toʻgʻrisida“gi 312-sonli qarori bilan tashkil etilgan[3]. Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining asosiy vazifasi: Yuksak maʼnaviyatli, chuqur bilimli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, intelektual va ijodiy salohiyatli yoshlarni tarbiyalash va taʼlim berish.