Sugʻdiylar
Sugʻdiylar, sugʻdlar — Zarafshon vodiysi va Qashqadaryo vohasining qadimiy aholisi. Sharqiy eroniy tillarga oid sug'd tilida gaplashgan. Bu mintaqada Sug'dlar etnik xalq sifatida miloddan avval 7-6-asrlarda paydo boʻlgan va 11-14 asrlarga kelib oʻzbek va tojiklar tarkibiga singib ketgan.
Avesto kitobida Gava nomli yurtda Sug'dlar yashaydi deb koʻrsatilgan ("Videvdat", I fragard). Ahamoniylar qoyatosh bitiklaridagi Suguda nomli qaram satraplik aholisi Sug'dlar boʻlgan.
Sug'dlar har 2 vohada dehqonchilik va shahar madaniyatining shakllanishida muqim rol oʻynagan. Mil. av. 8—7-asrlarda Koʻktepa, Afrosiyob, Uzunqir, Sangirtepa, Yerqoʻrgʻon sh. harobalari oʻrnida boʻlgan qad. shaharlar Sugʻd xalqi shaharsozligining ilk yirik markazlari edi.
Sug'dlar uzoq muddat turli saltanatlar tarkibida boʻlib kelgan. Xususan, ahamoniylar, yunonlar, kushonlar, xioniylar, eftaliylar, kidariylar, Turk xoqonligi tarkibida boʻlgan.
Miloddan avval 2—1-asrlardan boshlab Sug'dlar oʻz hududlarida konfederativ davlat tizimi shakllandi. Asosiy poytaxt shaharlar Samarqand, Kesh, Buxoro kabilar edi. Ayni shu davrdan umumsugʻd alifboli yozuvi amal qila boshlagan va uning koʻplab yodgorliklari bizgacha yetib kelgan.
Sug'dlar Buyuk ipak yoʻli xalqaro munosabatlarda katta nufuzga ega edilar. Sugʻd tili xalqaro til darajasiga koʻtarilgan. Sugʻd yozuvi esa, qadimiy turkiy-runiy, uygʻur-turkiy, moʻgʻul, manjur va boshqa Sharq yozuvlariga grafik asos boʻlib xizmat qilgan. Sug'dlar oʻz yozma yodgorliklarida xalq sifatida "Sgʻudik nob" "Sugʻd xalqi" deb atalgan.
Sug'dlar Sharqiy Turkistonga savdo bilan kelib, Buyuk ipak yoʻlidagi shahar va qishloqlarda, 4—5-asrlar davomida (balki oldinroq) shu yerlarda qolib yashaganlar. Bu yerdagi viloyatlarning aksariyatida savdo-tijorat ishlari Sug'dlarning qoʻlida boʻlgan. Dunxuan va Guanchjou viloyatlarining hokimi maʼlum vaqtlargacha Sug'dlardan boʻlgan. 6—8-asrlar davomida Sug'dlarning aksariyati yo forsiylashib yo turkiylashib ketgan. Sug'dlar turkiy xalqlar bilan birgalikda o'zbeklarning asosini tashkil qiladi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ishoqov M., Sugʻdiyona tarixi chorrahasida, T., 1990;
- Ishoqov M., Unutilgan podsholikdan xatlar, T., 1992;
- Sogdiyskiye dokumentov s gory Mug, vyp. 1—3, M., 1962-63.
- Mirsodiq Ishoqov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |