Xioniylar
Xioniylar — (oʻrta forscha: Xiyōn yoki Hiyōn; avestocha: Xiiaona; soʻgʻdcha xwn; pahlaviy Xyon) — Movarounnahr va Baqtriyadagi koʻchmanchi xalq. Baʼzi tadqiqotchilar fikriga ko'ra, dastlab Oltoy togʻlari atrofida yashashgan va 4-asrning 1-yarmida janubi-gʻarbga siljib, Amudaryo va Sirdaryo oraligʻiga kirib kelishgan.
Bu yerda dastlab ular Zarafshon vohasini egallab, janubga harakat qilishgan va ancha zaiflashib, sosoniylar Eroniga qaram boʻlib qolgan Kushon podsholigi oʻrnini egallaganlar hamda markazi Toxariston boʻlgan Shimoliy Hindiston, Afgʻoniston, Xurosonning bir qismini ham oʻz ichiga olgan Xioniylar davlatini (4— 5-asrlar) barpo qilishgan. Boshqa bir guruh tadqiqotchilar esa Xioniylarning dastlab Orol dengizi shimolida yashaganligi va yirik massaget qabilalar ittifoqiga mansub boʻlib, hunlar bilan aralashganligini taʼkidlaydilar (L.N. Gumilev, SP. Tolstov, K.V. Trever). Ularning fikricha, yunon va lotin tilidagi asarlarda Xioniylar "oq hunlar" deb atalgan. 4-asrning 70-yillarida Xioniylar sosoniylar Eroniga qarshi hujum uyushtirib, muvaffaqiyatga erishganlar. Shuningdek, sosoniy podsholar Varaxran (418— 438), Yazdigard II (438—457) davrlarida ular Eronning eng yirik raqibiga aylanganlar. Xioniylar hukmronligi davom etayotgan bir paytda yangi bir sulola — kidariylar oʻrtaga chiqqan. Ular Oltoy togʻlari va Sharqiy Turkiston oraligʻidan janubi-gʻarbga siljib, 420-yilda Bolo (Naxshab) shahrini oʻziga qarorgoh qilishgan va Xioniylar davlati bilan qoʻshni boʻlib qolganlar.
Asl kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ularni birinchi marta milodiy 356-357 yillarda Baqtriyada boʻlgan Rim tarixchisi Ammian Marcellin tasvirlagan; u xioniylarni kushonlar bilan birga yashaganini ta'riflagan.[1] Ammian xioniylar avvallari Movarounnahrda yashab, Baqtriyaga kirgandan keyin kushonlarning vassaliga aylanib, ular madaniy taʼsirida boʻlib, baqtriya tilini oʻzlashtirganliklarini koʻrsatadi. Ular Sosoniylar imperiyasiga hujum qilishgan, lekin keyinchalik (Grumbates ismli boshliq boshchiligida) Sosoniylar qoʻshinida yollanma askar boʻlib xizmat qilgan.
Xioniylar ichida eron tillarida Karmir Xyon va Spet Xyon kabi nomlar bilan ma'lum boʻlgan ikkita asosiy kichik guruh mavjud boʻlgan. Karmir ("qizil") va speta ("oq") prefikslari, ehtimol, Markaziy Osiyo an'analariga tegishli bo'lib, ularda ma'lum ranglar asosiy nuqtalarni anglatadi. Karmir Xyon Yevropa manbalarida Kermichionlar yoki “Qizil Xunlar” nomi bilan mashhur boʻlgan va baʼzi olimlar ularni kidariylar va/yoki Alxonlar bilan birlashtirgan. Spet Xyon yoki "Oq xunlar" Hindistonda Sveta-huna nomi bilan mashhur boʻlgan ko'rinadi va ular ko'pincha eftaliylar bilan bog'liq.
Xioniylar, xunlar va turkiylar o‘rtasidagi tafovutlarni britaniyalik sharqshunos olim Karlil Aylmer Makartni (1944) ta’kidlagan bo‘lib, u dastlab qarindosh bo‘lmagan xalq nomi bo‘lgan “Xion” nomi “Xun" so'zi bilan o'xshashligi sabab keyinchalik bu xalqqa ko‘chirilgan” degan fikrni bildirgan. IV asrda Eronning shimoli-sharqiy chegarasidagi dashtlarda paydo boʻlgan xioniylar, ehtimol, xunlarning bir tarmog'i bo'lib, Yevropada birozdan keyin paydo boʻlgan. Xunlar taxminan miloddan avvalgi 360-yilda Ural va Volga oraligʻida yashagan Alanlarga hujum qilib, ularni bosib olgan va xioniylar haqida birinchi eslatma milodiy 356 yilda boʻlgan.[2]
Amerikalik sharqshunos tarixchi Richard Nelson Frye (1991) fikricha, xioniylar sharqiy eroniy xalqi boʻlishiga qaramay, xioniylarning shakllanishida kam bo'lsa-da baʼzi turkiy qabilalar ishtirok etgan. Koʻchmanchi xalqlar tuzgan davlatlar koʻp xalqlardan iborat konfederatsiyalar boʻlgan, xususan, xioniylarning hukmron guruhlari orasida qisman sharq va shimoldan kelgan turkiyzabon qabila vakillari boʻlgan, garchi Xioniylar konfederatsiyasidagi xalqning katta qismi, eroniy tillarda gaplashgan. Bu O‘rta Osiyo tarixida oxirgi marta eroniyzabon ko‘chmanchilar hukmronlik qilgan, bundan keyin ko'chmanchilar tomonidan tuzilgan barcha davlatlarni turkiylar tuzgan”.[3]
5-asrning 2-yarmida Xioniylar va Kidariylar davlati hududini oʻz ichiga olgan yangi bir davlat eftaliylar sulolasi oʻrtaga chiqadi va 6-asrning 60-yillarigacha Markaziy Osiyodagi eng yirik davlatga aylanadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shoniyozov K., Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, Toshkent, 2001.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ Original reports on the "Chionitae" by Ammianus Marcellinus: Mention with the Euseni/ Cuseni : 16.9.4. Mention with the Gelani: 17.5.1. Mention with Shapur II: 18.7.21 Mention at the siege of Amida: 19.2.3 and 19.1.7-19.2.1.
- ↑ Macartney, C. A. (1944). "On the Greek Sources for the History of the Turks in the Sixth Century". Bulletin of the School of Oriental and African Studies, University of London. School of Oriental and African Studies. 11 (2): 266–75. doi:10.1017/S0041977X00072451. ISSN 1474-0699. JSTOR 609313. S2CID 161863098..
- ↑ Richard Nelson Frye, "Pre-Islamic and early Islamic cultures in Central Asia" in "Turko-Persia in historical perspective", edited by Robert L. Canfield, Cambridge University Press, 1991. pg 49..