Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Xalqaro nomi |
ingl. KARSHI ENGINEERING ECONOMIC INSTITUTE[1] rus. КАРШИНСКИЙ ИНЖЕНЕРНО-ЭКОНОМИЧЕСКИЙ ИНСТИТУТ |
---|---|
Turi | Institut |
Asos solingan sanasi | 1975-yil |
Rektori | Orifjon Shodiyevich Bozorov [2] |
Fakultetlar |
7 ta Iqtisodiyot,Muhandislik texnikasi,Geologiya va konchilik ishi,Elektronika va Avtomatika,Energetika,Neft va gaz ishi,Sanoat texnologiya |
Talabalari | 4860+[3] |
Bakalavriat | 28 ta yoʻnalish[3] |
Magistratura | 12 ta mutaxassislik[3] |
Fan doktorlari | 32[3] |
Manzili | |
Veb-sayti | qmii.uz |
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti — Iqtisodchi, qishloq xoʻjaligi, neft va gaz sanoati, elektr va issiqlik energetikasi, oziqovqat sanoati, kimyoviy texnologiya va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari hamda taʼlim sohasi uchun yuqori malakali muhandislar, iqtisodchi va muhandispedagog bakalavrlar va mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. U Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining Qarshi filiali negizida 1992-yilda tashkil etilgan. Institutda 28 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar, 12 ta mutaxassislik boʻyicha magistrlar va doktaranturada 7 ixtisoslik boʻyicha ilmiypedagogik xodimlar tayyorlanadi.
Institutda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash, xalq xoʻjiligi iqtisodiyoti, agronomiya, neft va gaz ishi, elektrotexnologiya sohalari boʻyicha ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi. institut qoshida litseyinternat, akademik litsey, biznes maktablari, mutaxassislar malakasini oshirish boʻlimi, "Iqtidorli talabalar bilan ishlash", "Axborot texnologiyalari va masofaviy taʼlim" markazlari, kichik bosmaxona faoliyat koʻrsatadi. Institutda 31 ta kafedra, kutubxona 230 mingdan ortiq kitoblar mavjud. Institut tashkil etilgandan buyon 18 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis va bakalavrlar tayyorlandi. institut Rossiya, AQSH, Germaniya, Turkiya, Latviya, Gretsiya, Litva, Portugaliya, Ruminiya, Polsha va boshqalar mamlakatlarning oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlik qiladi. Xususan; Belorusiya Davlat Texnika Universiteti, Ispaniyadagi La Laguna universiteti va boshqalar. Institutda talabalarning dam olish oromgohi, sogʻlomlashtirish markazi, sport saroyi mavjud.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Institut dastavval 1975-yilda tashkil etilgan boʻlib, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali deb yuritilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi 356-sonli farmoniga muvofiq Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari institutining Qarshi filiali negizida Qarshi agrar - iqtisodiyot instituti tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-iyundagi 211-sonli qaroriga asosan Qarshi agrar - iqtisodiyot instituti va Toshkent davlat texnika universiteti Qarshi filiali negizida Qarshi muhandislik-iktisodiyot instituti tashkil qilingan.
Oʻquv-uslubiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020—2021-oʻquv yilidan boshlab Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida oʻquv jarayoni kredit toʻplash va koʻchirishning Yevropa tizimi — ECTS asosida tashkil qilingan. Davlat taʼlim standarti, oʻquv reja va oʻquv dasturlar (sillabuslar) ECTS tizimi talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan, zamon talablariga mos yangi fanlar kiritilib, fanlarni oʻqitish soatlarining qayta koʻrib chiqilishi taʼminlangan.
Talabalar tomonidan tanlov fanlarni tanlash imkoniyati yaratilgan, ularning mustaqil oʻzlashtirishi masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, oʻquv rejalarida talabalarning mustaqil taʼlim olishiga oʻquv yuklamalarning 60% ajratilishi taʼminlangan.
Fan dasturlari (sillabuslar) xalqaro reytinglarda yuqori 300 talikda boʻlgan oliy taʼlim muassasalari tajribasi asosida 3 ta tilda (oʻzbek, rus, ingliz) tayyorlanib, oʻquv jarayoniga joriy etilgan. Nomutaxassislik fanlari ulushi 22% dan 10% foizga kamaytirildi.
Oʻquv jarayonini tashkil qilishda axborot-kommunikasiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanishga alohida eʼtibor qaratilib kelingan. Jumladan, 2020—2021-oʻquv yilidan boshlab MOODLE-obyektga yoʻnaltiriiti asosida masofaviy taʼlim platformasi ishga tushirilgan.
Xalqaro hamkorlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ayni paytda universitet 110 dan ortiq xorijiy taʼlim muassasalari bilan taʼlim va ilmiy tadqiqot sohasida hamkorlik shartnomalari va almashinuv memorandumlari tuzib ular bilan faol ishlab kelmoqda.
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti bir qator yirik xalqaro ilmiy va taʼlim loyihalari (Erasmus+, Erasmus Mundus va boshqalar) aʼzosi hisoblanadi.
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining xorijiy oliy ta`lim muassasalari bilan tuzgan ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari[4]:
1 | Ispaniya | Del Pais Vasko
universiteti |
Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
2 | Ispaniya | "Santiago De Compostella"
universiteti |
Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
3 | Ispaniya | “Lalaguna” universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
4 | Gretsiya | Hellenic Xalqaro universiteti | Erasmus+ grant shartnomasi mavjud | |
5 | Gretsiya | Hellenic O’rta Yer universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
6 | Daniya | Aalborg universiteti | Erasmus+ grant shartnomasi mavjud | |
7 | Chexiya | Praga Texnika universiteti | Erasmus+ grant shartnomasi mavjud | |
8 | Avstriya | Hayotiy fanlari xususiyuniversiteti | Erasmus+ grant shartnomasi mavjud | |
9 | Shvetsiya | Karlstads universiteti | Erasmus+ grant shartnomasi mavjud | |
10 | Italiya | L’Aquila universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
11 | Niderlandiya | HAS Amaliy fanlar universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
12 | Shimoliy Makedoniya | Ss. Cyril va Methodius universiteti, Skopye | Erasmus+ grant shartnomasi mavjud | |
13 | Shimoliy Makedoniya | Boltiq xalqaro universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
14 | Isroil | Weizmann ta’lim
instituti |
Erasmus+ grant shartnomasi mavjud | |
15 | Isroil | Holon texnologiyalar institute | Erasmus+ grant shartnomasi mavjud | |
16 | Isroil | Hadassah academik kolleji | Erasmus+ grant shartnomasi mavjud | |
17 | Polsha | Warwick universiteti, Polsha (ALWM) | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
18 | Polsha | Lodz universiteti Polsha | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
19 | Polsha | Torun Nikolas Kopernikus universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
20 | Polsha | Rzeszów texnologiya universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
21 | Polsha | Varshava texnologiya universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
22 | Polsha | Silesian texnologiya universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
23 | Polsha | Opole universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
24 | Polsha | Korxona va boshqaruv kolleji | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
25 | Polsha | Muhandislik va meditsina oliy maktabi | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
26 | Polsha | Gdansk texnologiya universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
27 | Polsha | Bidgosh iqtisodiyot universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
28 | Polsha | Lyblin iqtisodiyot oliy maktabi | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
29 | Polsha | Bialistok texnologiya universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
30 | Vengriya | MATE universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
31 | Vengriya | Budapest texnologiya va iqtisodiyot universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
32 | Vengriya | Nyiregyhaza universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
33 | Vengriya | Debrecen universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
34 | Vengriya | Obuda universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
35 | Portugaliya | Viado-Castelo politexnika Instituti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
36 | Portugaliya | (ISEG) Iqtisodiyot oliy maktabi, Lissabon universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
37 | Portugaliya | Tomar politexnika institute | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
38 | Portugaliya | Lissabon texnika oliy maktabi | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
39 | Portugaliya | Braganza politexnika Instituti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
40 | Ruminiya | Stefan cel Mare University of Suceava – Romania | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
41 | Ruminiya | Brasov Transilvaniya universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
42 | Ruminiya | Timisuara politexnika universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
43 | Ruminiya | Rumin-Amerika universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
44 | Ruminiya | Buxarest politexnika universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
45 | Ruminiya | Pitesti universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
46 | Ruminiya | Banat Qishloq xo’jaligi fanlari va veterenariya meditsinasi universiteti, Timisoara | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
47 | Ruminiya | Kluj-Napoka texnika universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
48 | Ruminiya | Dunarea de Jos University of Galati | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
49 | Ruminiya | Gheorghe Asachi universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
50 | Litva | Litva dengiz osti Akademiyasi | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
51 | Litva | Vilnius Gedminas texnika universiteti | Erasmus+ grant shartnomasi mavjud | |
52 | Litva | Litva biznes va tabiiy fanlar universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
53 | Latviya | Riga texnika universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
54 | Latviya | Rezekne texnologiya akademiyasi | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
55 | Latviya | Liapeya universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
56 | Latviya | Vidzema amaliy fanlar universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
57 | Latviya | Boltiq xalqaro Akademiyasi | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
58 | Latviya | Biznes va boshqaruv Kolleji | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
59 | Turkiya | Kastamanu universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
60 | Turkiya | Bingol universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
61 | Turkiya | Sankiri Karatekin universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
62 | Turkiya | Adnan Menderes universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
63 | Bolgariya | D.A Tsenov nomidagi iqtisodiyot va biznes Akademiyasi | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
64 | Bolgariya | Varna texnika universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
65 | Bolgariya | Yangi Sofiya universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
66 | Bolgariya | Plovdiv oziq-ovqat texnologiyalari universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
67 | Serbiya | Prometey amaliyva yuridik fanlar kolleji | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
68 | Serbiya | Belgrad texnika fanlari akademiyasi | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
69 | Serbiya | Kraguyevak universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
70 | Kosovo | Mitrovika ‘Isa Boletini’ universiteti | Erasmus+ grant shartnomasi mavjud | |
71 | Kosovo | Universum Kolleji | Erasmus+ grant shartnomasi mavjud | |
72 | Kosovo | Pristina universiteti | Erasmus+ grant shartnomasi mavjud | |
73 | Rossiya | I.M Gubkin nomidagi neft va gaz Rossiya Davlat universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
74 | Rossiya | K.A Timiryazev nomidagi Moskva Davlat qishloq xo’jaligi Akademiyasi | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
75 | Rossiya | Rossiya Federatsiyasi birinchi Prezidenti B.Yelsin nomidagi Ural Federal universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
76 | Rossiya | Tabiiy suvlardan oqilona foydalanish Moskva Davlat Universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
77 | Rossiya | Moskva davlat avtomobilva yo'llari texnika universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
78 | Rossiya | N.E Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
79 | Rossiya | Moskva energetika institute | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
80 | Rossiya | G.V Plexanov nomidagi Rossiya davlat iqtisodiyot universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
81 | Rossiya | Astraxan davlat arxitektura va qurilish universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
82 | Rossiya | P.A Stolipina nomidagi Omsk davlat agrar universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
83 | Rossiya | Ryazan Davlat radio muhandislik universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
84 | Rossiya | Kuban davlat universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
85 | Rossiya | Sochi davlat universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
86 | Rossiya | Kuban davlat texnologiya universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
87 | Rossiya | Shimoliy Ural orti davlat agrar universiteti (Tyumen) | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
88 | Rossiya | Boshqir davlat agrar universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
89 | Rossiya | Orenburg davlat universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
90 | Rossiya | Ufa davlat neft-gaz texnologiya universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
91 | Rossiya | Kazan davlat energetika universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
92 | Rossiya | Lipetsk davlat texnika universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
93 | Rossiya | Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
94 | Belarus | Belarussiya milliy texnika universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
95 | Belarus | Polotsk davlat texnologiya universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
96 | Belarus | Mogilev davlat sanoat universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
97 | Belarus | Gomel davlat universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
98 | Belarus | Belarussiya qishloq xo’jaligi Akademiyasi | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
99 | Belarus | Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
100 | Belarus | Yanka kupala nomidagi grodnensk davlat universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
101 | Ukraina | Jitomir politexnika davlat universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
102 | Ukraina | Jitomir agro ekologiya milliy universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
103 | Ukraina | Qishloq xo’jalik Iqtisodiyot iInstituti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
104 | Ukraina | Ukraina hayot va atrof-muhit fanlari milliy universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
105 | Gruziya | Gruziya universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
106 | Xitoy | Xitoy konchilik va texnologiya universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
107 | Koreya Respublikasi | Kyungwoon university | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
108 | Malayziya | Petronas Texnologiya universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
109 | Tunis | Kairun universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
110 | Tojikiston | Tojik davlat moliya va iqtisodiyot universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
111 | Tojikiston | Shirinsho Shotemur nomidagi Tojik agrar universiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud | |
112 | Qozogʻiston | M.Auezov nomidagi Qozog’iston davlat universtiteti | Hamkorlik shartnomasi mavjud |
Axborot-resurs markazi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kutubxona oliy oʻquv yurtining alohida tarkibiy boʻlinmasi boʻlib, koʻplab faoliyat sohalarini (oʻquv, ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy) qamrab oladi hamda universitetning taʼlim, ilmiy va madaniy jarayonlarida faol ishtirok etadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ <span lang="(ingl.)" xml:lang="(ingl.)">„KARSHI ENGINEERING ECONOMIC INSTITUTE“ ((ingl.)). University Directory. Qaraldi: 17-iyul 2014.
- ↑ <span lang="(rus.)" xml:lang="(rus.)">„КАРШИНСКИЙ ИНЖЕНЕРНО-ЭКОНОМИЧЕСКИЙ ИНСТИТУТ“ ((rus.)). goldenpages.uz. Qaraldi: 17-iyul 2014.[sayt ishlamaydi]
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 „TIMI tarixi“. TIMI. Qaraldi: 17-iyul 2014.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining xorijiy oliy ta`lim muassasalari bilan tuzgan ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari“.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tolibjon Xudoyberdiyev. Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti haqida turkum mavjud |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |