Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali
Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Qarshi filiali | |
Universitet asosiy binosi | |
Xalqaro nomi |
Karshi branch of the Tashkent University of Information Technologies |
---|---|
Turi | Universitet |
Asos solingan sanasi | 2005-yil |
Direktori | Turg’unov Adilbek Muxtorovich [1] |
Fakultetlar | 2 ta |
Talabalari | 1326+ |
Bakalavriat | 6 ta yoʻnalish |
Magistratura | 2 ta mutaxassislik |
Fan doktorlari | 16 |
Professorlari | 16 |
Oʻqituvchilari | 400 |
Manzili | |
Veb-sayti | www.tuitkf.uz |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi „Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali qisqa vaqt ichida axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan yetakchi oliy oʻquv yurtlaridan biriga aylandi. Bugungi kunda mazkur oliy oʻquv muassasasida „Axborot xavfsizligi“, „Kompyuter injiniringi“, „Dasturiy injiniring“, „Telekommunikatsiya texnologiyalari“ hamda „Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb taʼlimi“ yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Mazkur taʼlim yoʻnalishlarida 1300 ga yaqin talaba-yoshlar tahsil olib, ularga 78 nafar, shu jumladan, 18 nafar ilmiy darajaga ega malakali professor-oʻqituvchilar saboq berib kelmoqda. Oʻquv jarayoniga ilgʻor xalqaro tajribani keng joriy etish hamda universitetni jahonning nufuzli universitetlari qatoriga kirishini taʼminlash maqsadida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻqitishning kredit tizimi joriy etilgan boʻlib, professor-oʻqituvchilarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarida qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va olimlarni jalb etish ishlari keng yoʻlga qoʻyilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uchun xalqaro standartlarga mos dasturiy taʼminot vositalarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tibbiyot sohasida keng qoʻllash boʻyicha xalqaro ish tajribalarni oʻrganish maqsadida, „Dasturchilarni tayyorlash“, „Elektron hukumat“ markazlari hamda Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida „Tibbiyotda texnik reabilitatsiya“ ilmiy laboratoriyasi faoliyat yuritmoqda. Mazkur oliy oʻquv yurtining Novosibirsk davlat texnika universiteti, Moskva texnika aloqa va informatika universiteti, Rossiya Akademiyasi Sibir boʻlimi hisoblash texnologiyasi instituti, Belarus davlat informatika va radio elektronika universiteti hamda Tojikiston milliy universiteti bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalari keng yoʻlga qoʻyilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Universitet sahifasi (Wayback Machine saytida 2019-10-26 sanasida arxivlangan)
- Universitet masofaviy taʼlim tizimi (Wayback Machine saytida 2020-11-29 sanasida arxivlangan)
- Universitet direktorining virtual qabulxonasi (Wayback Machine saytida 2019-10-27 sanasida arxivlangan)
- Universitet kutubxona axborot tizimi (Wayback Machine saytida 2020-03-26 sanasida arxivlangan)
- Universitet oʻquv jarayoni monitoringi axborot tizimi[sayt ishlamaydi]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |