Yangi Nishon
Yangi Nishon | |
---|---|
shahar | |
38°39′21″N 65°41′58″E / 38.65583°N 65.69944°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Nishon tumani |
Aholisi | 100 558 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Avtomobil kodi | 70 |
|
Yangi Nishon — Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi shahar (1982-yildan), tuman markazi. Yaqin temiryoʻl stansiyasi — Nishon (4 km). Yangi Nishondan viloyat markazi (Qarshi shahri) gacha 20 km. Aholisi 100,000 (2018-01-01). Shaharda sanoat, qurilish tashkilotlari, kichik, oʻrta biznes, yirik korxonalar, mikrofirmalar, MTP, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Umumiy taʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uylari, stadion(SSSRdan qolgan)va boshqalar sport inshootlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Yangi Nishondan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtgan. Yangi Nishon — Qarshi yoʻnalishlarida avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. SSSR davrida yirik qoramol fermaxonalar boʻlgan, xususiylashgandan keyin talon-toroj qilingan[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |