Kontent qismiga oʻtish

Theodore Roosevelt

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Teodor Ruzvelt

Rasmiy portret (tax. 1904)
26-Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti
Mansab davri
1901-yil 14-sentyabr – 1909-yil 4-mart
Vitse-prezident
Oʻtmishdoshi Uilyam Mak-Kinli
Vorisi Uilyam Xovard Taft
25-Amerika Qoʻshma Shtatlari vitse-prezidenti
Mansab davri
1901-yil 4-mart – 1901-yil 14-sentyabr
Prezident Uilyam Mak-Kinli
Oʻtmishdoshi Garret Xobart
Vorisi Charlz V. Ferbenks
33-Nyu-York shtati gubernatori
Mansab davri
1899-yil 1-yanvar – 1900-yil 31-dekabr
Oʻtmishdoshi Frenk S. Blek
Vorisi Benjamin Barker Odell Jr.
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Theodore Roosevelt Jr.

27-oktyabr 1858-yil
Nyu-York shahri, AQSh[1]
Vafoti 6-yanvar 1919-yil(1919-01-06)
(60 yoshda)
Oyster-Bey, Nyu-York, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Siyosiy partiyasi Respublikachilar (1880–1912, 1916–1919)
Boʻyi 179 sm
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari Elis Li Ruzvelt, Teodor Ruzvelt Jr., Kermit Ruzvelt, Etel Ruzvelt Derbi, Archibald Ruzvelt, Kuentin Ruzvelt
Ota-onasi
  • Teodor Ruzvelt Sr.
  • Marta Bulloch Ruzvelt
Taʼlim
Kasbi
  • Siyosatchi
  • naturalist
  • muallif
Imzosi

Teodor Ruzvelt Jr. (inglizcha: Theodore Roosevelt Jr.; 1858-yil 27-oktyabr1919-yil 6-yanvar) – amerikalik siyosatchi, davlat arbobi, naturalist, tarixchi va yozuvchi; Nyu-York shtatining 33-gubernatori (1899–1900); AQShning 25-vitse-prezidenti (1901); AQShning 26-prezidenti (1901–1909). Respublikachilar partiyasidan boʻlgan Ruzvelt Lotin Amerikasiga nisbatan bosqinchilik siyosati olib borgan („katta toʻqmoq“ siyosati, 1906–1909-yillarda Kubani okkupatsiya qilinishi, Panama kanali zonasining egallab olinishi va boshqalar). 1904–1905-yillardagi rus-yapon urushi davrida Ruzvelt hukumati Yaponiyani qoʻllab-quvvatlagan. Portsmaut sulhini imzolanishidagi xizmatlari tufayli xalqaro Nobel tinchlik mukofotini olgan (1906).

Ruzvelt bolaligida nimjon boʻlib, astma bilan ogʻrigan. Sogʻligi bilan bogʻliq muammolar tufayli asosan uyda taʼlim olgan. 1976–1980-yillarda Garvard universitetida oʻqishni davom ettirgan. „The Naval War of 1812“ (1882) asari ortidan oʻqimishli tarixchi va taniqli yozuvchi sifatida obroʻ-eʼtibor qozongan. 1881-yilda siyosatga kirib kelib, qisqa muddatda Nyu-York shtati legislaturasida Respublikachilar fraksiyasi lideriga aylangan. Birinchi xotini va onasining bir kechada vafot etishi Ruzveltni ruhiy jihatdan tushkunlikka solib qoʻygan. Dakotasda chorvachilik ranchosini sotib olib, maʼlum muddat yurgizishi unga ruhiy tushkunlikdan xalos boʻlishiga yordam bergan. Ruzvelt prezident Uilyam Mak-Kinli davrida dengiz floti kotibining yordamchisi boʻlib ishlagan hamda 1898-yilda Ispaniyaga qarshi dengiz urushini rejalashtirishga hissa qoʻshgan. Amaldagi lavozimidan Kubada ispan armiyasiga qarshi jang qilgan „Rough Riders“ (tarjimasi „Toʻng chavandozlar“) boʻlinmasiga rahbarlik qilish maqsadida isteʼfoga chiqqan. Ruzvelt urushdan qahramon sifatida qaytib kelib, 1898-yilda Nyu-York gubernatori etib saylangan. 1900-yilgi prezidentlik saylovida Mak-Kinli va Ruzvelt mos ravishda prezident va vitse-prezident lavozimlariga nomzod boʻlgan. Saylovda Mak-Kinli Demokratlar partiyasidan nomzod Uilyam Jennings Brayen ustidan gʻalaba qozongan.

  1. Morris 1979, s. 3.