Linus Pauling
Linus Carl Pauling (talaffuzi: Laynus Karl Poling; 1901.28.2, Portlend — 1994.19.8) — amerikalik fizik va kimyogar, jamo-at arbobi. Falsafa doktori (1925; Kaliforniya (1931), Stanford (1969—74) universitetlari professor, AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi. Amerika kimyogarlar jamiyati raisi (1948-yildan). Kristall panjaralardagi „defekt struktura“ tipi tushunchasini joriy etgan. Amerikalik fi-zikkimyogar D. Slayter bilan birga mo-lekulalar strukturasini tasvirlash va oʻrganishning kvant-mexanik bogʻlar usulini ishlab chiqqan. Ksenon birikmalarini (XeF6 va XeFg) sintez qilish usulini koʻrsatib bergan (1933). Oqsillarni strukturaviy tahlil qilish usuliga asos solgan (J. D. Benal va U. L. Bregg bilan). Oqsil molekulasining a-spiral tuzilishini ifodalab bergan (R. Korn bilan). Kamkrnlik kasalligi (ane-miya)ning kelib chiqish sabablarini oʻrgangan. Dezoksirobonuklein kislota (DNK)ning 3 ta polidezoksiribonuk-leotid zanjirdan iborat gipotetik modelini ishlab chiqqan. Paguosh kon-ferensiyasi tashkilotchilaridan biri. Nobel mukofoti laureati (1954).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |