Kontent qismiga oʻtish

Jody Williams

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jody Williams

Jody Williams 2001-yil
Tavalludi 9-oktyabr, 1950-yil (73 yosh)
Fuqaroligi Amerika Qo'shma Shtatlari
Taʼlimi
  • University of Vermont
  • School for International Training
  • Johns Hopkins University
Mukofotlari Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori 1997-yil

Jody Williams (1950-yil, 9-oktabrda tug‘ilgan) — amerikalik siyosiy faol, inson huquqlarini (ayniqsa, ayollar huquqlarini) himoya qilish va bugungi dunyoda xavfsizlikni yangi tushunchalarni targ‘ib qilish borasidagi sa’y-harakatlari bilan tanilgan. Jody Williams 1997-yilda aholi punktlaridagi minalarni taqiqlash va tozalash borasidagi ishlari uchun Tinchlik bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan[1].

Williams Vermont universitetida bakalavr darajasini oldi (1976-yil). Vashingtondagi Paul H.Nitze ilg‘or xalqaro tadqiqotlar maktabida (Johns Hopkins universitetining bo‘limi) xalqaro munosabatlar bo‘yicha magistr darajasini (1984-yil), Brattleboro, Vermont shahridagi Xalqaro ta’lim maktabida (SIT) ispan va ingliz tillarini ikkinchi til sifatida o‘qitish bo‘yicha magistr darajasini egallaydi.

Williams 1992-yil boshidan 1998-yil fevraligacha „International Campaign to Ban Landmines“ (ICBL) ta’sischi koordinatori bo‘lib ishlagan. Ushbu ishdan oldin u o‘n bir yilni Nikaragua va Salvadordagi urushlar bilan bog‘liq turli loyihalarda o‘tkazdi. Williams turli xil mamlakatlarga qilgan safarlari davomida „Inson huquqlari ensiklopediyasiga“ ko‘ra, XX asr 80-yillarda inson hayoti uchun xavfli ishlarini bajardi[2].

Birlashgan Millatlar Tashkiloti organlari va Xalqaro Qizil Xoch Jamiyati bilan hamkorlikdagi sa’y-harakatlarda Williams ICBLning bosh strategi va matbuot kotibi bo‘lib ishlagan, u ikkita nodavlat tashkilotni (NNT) va bitta xodim bilan to‘qson mamlakatdagi 1300 ta nodavlat tashkilotlardan iborat xalqaro qudratli markazga aylantirdi. 1992-yilda oʻz ishini tashkil qilganidan va rasmiy ishga tushirilishidan boshlab, Williams va ICBL 1997-yil sentabr oyida Osloda boʻlib oʻtgan diplomatik konferensiyada odamlarni yoʻq qilish maqsadida qoʻyiladigan minalarini taqiqlovchi xalqaro shartnoma kampaniyasi bilan kelishuvga erishdi. Quruqlikdagi minalarni taqiqlovchi Ottava shartnomasi hozirda Williams va ICBLga tegishli[3]. Shartnoma imzolanganidan uch hafta oʻtgach Williams va ICBL Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlishdi. Oʻsha paytda Williams Nobel mukofotining deyarli yuz yillik tarixida mukofot olgan oʻninchi ayol va uchinchi amerikalik ayol boʻldi.

2004-yil noyabr oyida Eron tinchlik mukofoti sovrindorlari Shirin Ebadi va keniyalik professor Wangari Maathai bilan muzokaralardan soʻng, Williams 2006-yil yanvar oyida boshlangan „Nobel Womenʼs Initiative“ (Nobel mukofotida Ayollar tashabbusi) loyihasini yaratdi[4]. Shundan buyon Williams uning raisi boʻlib ishlab kelmoqda. Ushbu tashabbus olti nafar Tinchlik mukofoti sovrindorlarini birlashtirdi, ayollar oʻz taʼsirlaridan adolat, tenglik va tinchlik uchun jon kuydirayotgan ayol-qizlarni ishini targʻib qilishadi va ularni qoʻllab-quvvatlaydi (Aung San Suu Kyi faxriy aʼzo)[5].

2020-yilda Williams Chevron korporatsiyasi Lago Agrio neft koni atrofidagi aholi yashash punktlarini tozalash xarajatlarini toʻlashga chaqirdi, ular 2011-yilda qonuniy chora koʻrilgan va sudda ularni ishi hozirda koʻrib chiqilmoqda[6].

Williamsning soʻzlaridan iqtibos:

 The image of peace with a dove flying over a rainbow and people holding hands singing kumbaya ends up infantilizing people who believe that sustainable peace is possible. If you think that singing and looking at a rainbow will suddenly make peace appear then you're not capable of meaningful thought, or understanding the difficulties of the world (asl matni)[7][8].

2019-yilda Williams „Every Woman Coalition“ tashkilotini ayollarga nisbatan zoʻravonlikni barham berish boʻyicha shartnoma tuzishga chaqirdi[9].

Akademik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yildan beri Williams Hyuston universitetining Ijtimoiy ishlar boʻyicha oliy kollejida tinchlik va ijtimoiy adolat yoʻnalishida Sam va Cele Keeper professori lavozimida ishlab kelmoqda. 2003-yildan 2007-yilgacha kollejga global adolat yoʻnalishi boʻyicha bir necha bor rasmiy tashrif buyurgan va oʻquv dasturlarini olib borgan.

Williams inson huquqlari va global xavfsizlikka qoʻshgan hissasi uchun doim eʼtirof etiladi. U oʻn besh faxriy unvon sohibasi hisoblanadi. 2004-yilda Williams Forbes jurnali tomonidan dunyodagi 100 ta eng kuchli ayollardan biri deb topildi[10]. U Glamour jurnali tomonidan „Yil ayoli“ deb eʼtirof etilgan Nobel mukofoti sovrindorlaridan biri boʻlib, Hillary Clinton, Katie Couric va Barbara Waltersni ham taqdirlagan.

William jurnallar va gazetalar uchun koʻplab maqolalar ham yozdi. "Wall Street Journal", "International Herald Tribune", "The Independent" (Buyuk Britaniya), "The Irish Times", "The Toronto Globe and Mail", "Los Angeles Times", "La Jornada" (Meksika), "The Review of the International Red Cross", Kolumbiya universitetining "Journal of Politics and Society" shular jumlasidandir.

Williams bir necha kitoblarni qayta nashr ettirib, baʼzilariga qoʻshimcha boblar qoʻshgan;

  • "The Personal Philosophies of Remarkable Men and Women" Jay Allison va Dan Gedimanlar tomonidan qayta tahrirlandi[11];
  • "A Memory, A Monologue, A Rant, and A Prayer"[12];
  • Keith McDermottning "Lessons from our Fathers" kitobi;
  • Gina Misirogluning "Girls Like Us: 40 Extraordinary Women Celebrate Girlhood in Story, Poetry and Song" nomli asari;
  • "The Way We Will be 50 Years from Today: 60 of the World’s Greatest Minds Share Their Visions of the Next Half-Century"[13];
  • Williams 1995-yilda yer osti minalari inqirozi haqidagi muhim kitobni hammualliflikda chop ettirdi. Kitob nomi "After the Guns Fall Silent: The Enduring Legacy of Landmines"[14];
  • Muallifligidagi kitobi 2008-yil mart oyining oxirida chiqarilgan "Banning Landmines: Disarmament, Citizen Diplomacy and Human Security"[15];
  • 2013-yil mart oyidagi xotiralari asosida chop etilgan kitobi "My Name Is Jody Williams: A Vermont Girl’s Winding Path to the Nobel Peace Prize"[16];
  1. https://www.nobelprize.org/prizes/peace/1997/summary/%7CInternational Campaign to Ban Landmines (ICBL) and Jody Williams "for their work for the banning and clearing of anti-personnel mines"
  2. Ken Rutherford (political scientist), "Landmines," Encyclopedia of Human Rights: Vol. 1. David P. Forsythe, ed. Oxford University Press, 2009; p. 395 ISBN 0195334027
  3. https://www.nobelpeaceprize.org/laureates/1997#:~:text=The%20ICBL%20began%20its%20work, with%20the%20ICBL%20in%201997.|International Campaign to Ban Landmines Jody Williams
  4. https://www.nobelwomensinitiative.org/jodywilliams%7CJODY[sayt ishlamaydi] WILLIAMS RECEIVED THE NOBEL PEACE PRIZE IN 1997 FOR HER WORK TO BAN LANDMINES THROUGH THE INTERNATIONAL CAMPAIGN TO BAN LANDMINES, WHICH SHARED THE PEACE PRIZE WITH HER THAT YEAR.
  5. „Nobel Women's Initiative“ (en-US). Nobel Women's Initiative. Qaraldi: 2019-yil 7-oktyabr.
  6. Weyler, Rex „How did a lawyer who took on big oil and won end up under house arrest?“. Mother Jones (2020). Qaraldi: 2020-yil 9-sentyabr.
  7. an interview with Real Leaders magazine in 2015
  8. „Jody Williams Admits, "I'm No Mother Theresa."“ (en-US). Real Leaders (2015-yil 20-iyun). 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-dekabr.
  9. „Activists campaign for treaty to end violence against women“ (en-US). Qaraldi: 2022-yil 13-iyul.
  10. https://www.nobelwomensinitiative.org/jodywilliams%7CJody[sayt ishlamaydi] was named one of the 100 most powerful women in the world by Forbes Magazine in the publication of its first such annual list.
  11. Allison, Jay; Gediman, Dan. This I Believe: The Personal Philosophies of Remarkable Men and Women (en). Henry Holt and Company, 2006-10-03. ISBN 978-1-4299-1845-9. 
  12. „A Memory, a Monologue, a Rant, and a Prayer“ (en). Harvard Graduate School of Education (2013-yil 13-mart). Qaraldi: 2020-yil 23-may.
  13. „The 50 Best Memoirs of the Past 50 Years“ (en-US). The New York Times (2019-yil 26-iyun). Qaraldi: 2020-yil 23-may.
  14. Cornish, Paul (1996-10-01). "After the guns fall silent: the enduring legacy of landmines" (en). International Affairs 72 (4): 801. doi:10.2307/2624144. ISSN 0020-5850. https://academic.oup.com/ia/article/72/4/801/2471679. 
  15. Banning Landmines: Disarmament, Citizen Diplomacy, and Human Security (en-us). 
  16. Williams, Jody. My Name Is Jody Williams (en). University of California Press, March 2013. ISBN 9780520270251. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.