Kontent qismiga oʻtish

Frank B. Kellogg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Frank B. Kellogg

1912-yilda Kellogg
Xalqaro sud sudyasining doimiy yordamchisi
Mansab davri
25-sentyabr, 1930-yil – 9-sentyabr, 1935-yil[1][2]
Avvalgisi Charles E. Hughes[3]
Keyingisi Manley O. Hudson[4]
Amerika Qo'shma Shtatlarining 45-davlat kotibi
Mansab davri
5-mart, 1925-yil – 28-mart, 1929-yil
Prezident Calvin Coolidge
Herbert Hoover
Avvalgisi Charles Evans Hughes
Keyingisi Henry L. Stimson
AQSHning Buyuk Britaniyadagi 39-elchisi
Mansab davri
14-yanvar, 1924-yil – 10-fevral, 1925-yil
Prezident Calvin Coolidge
Avvalgisi George Harvey
Keyingisi Alanson B. Houghton
Minnesota shtatidan saylangan AQSH senatori
Mansab davri
4-mart, 1917-yil – 3-mart, 1923-yil
Avvalgisi Moses E. Clapp
Keyingisi Henrik Shipstead
Olmsted okrugi prokurori
Mansab davri
1-yanvar, 1882-yil – 1-yanvar, 1887-yil[5][6]
Avvalgisi Halfton A. Eckholdt[7][8]
Keyingisi Burt W. Eaton[9]
Rochester shahrining prokurori
Mansab davri
1878 – 1881-yillar
Avvalgisi Royal H. Gove[10][11]
Keyingisi W. Logan Breckenridge[8][11]
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Frank Billings Kellogg

22-dekabr, 1856-yil
Potsdam, Nyu-york
Vafoti 21-dekabr, 1937-yil (80-yoshida)
Minnesota
Siyosiy partiyasi Respublikachilar partiyasi
Turmush oʻrtogʻi Clara Cook
Mukofotlari Tinchlik uchun Nobel mukofoti 1929-yil, Faxriy legion ordeni
Imzosi


Frank Billings Kellogg (1856-yil, 22-dekabr – 1937-yil, 21-dekabr) — amerikalik huquqshunos, siyosatchi va davlat arbobi hisoblanib, Amerika Qoʻshma Shtatlari Senatida va Amerika Qoʻshma Shtatlari davlat kotibi lavozimlarida ishlagan[12]. U Kellog-Briand shartnomasining muallifi boʻlib, hattoki buning uchun 1929-yilda Tinchlik uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan[13].

Hayoti va karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Philip de László tomonidan yaratilgan Kelloggning portreti.

Kellogg 1856-yil 22-dekabrda Nyu-Yorkning Potsdam shahrida Abigail (Billings) va Asa Farnsworth Kellogg oilasida tugʻilgan[14]. U 1865-yilda oilasi bilan Minnesota shtatiga koʻchib keldi[15].

Kellogg huquq boʻyicha oʻqidi va 1877-yilda Minnesota shtatining Rochester shahrida huquqshunoslik bilan shugʻullana boshladi. U 1878-1881-yillar oraligʻida Rochester shahrining va shuningdek, 1882-yildan 1887-yilgacha Minnesota shtati Olmsted okrugining prokurori vazifalarida faoliyat olib bordi. U 1886-yil Minnesota shtatidagi Saint Paulga koʻchib keldi[15].

1905-yilda Theodore Roosevelt Kelloggdan federal monopoliyaga qarshi ishni sudga berishni soʻraganida Kellogg federal hukumatga qoʻshildi. 1906-yilda Kellogg E.H.Harrimanni tergov qilish uchun davlatlararo savdo komissiyasining maxsus maslahatchisi etib tayinlandi. 1908-yilda u Sherman monopoliyaga qarshi kurash qonuniga binoan Union Pacific temir yoʻliga qarshi federal ayblovga rahbarlik qilish uchun tayinlandi[16][17][18]. Uning eng muhim ishi AQShning Nyu-Jersi shtatidagi neft sanoati edi. Ushbu muvaffaqqiyatli ayblovdan soʻng, 1912-yildan 1913-yilgacha Amerika advokatlar uyushmasi prezidenti etib saylandi. U jahon urushi tashqi qarzlar komissiyasining aʼzosi ham edi[19].

1907-yilda Kellogg Minnesotadagi Amerika inqilobi oʻgʻillari jamiyatining vatandoshi sifatida taqdirlandi[20].

Amerika Qoʻshma Shtatlari Senati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kellogg 1916-yilda Minnesota shtatidan Amerika Qoʻshma Shtatlari Senatiga respublikachi etib saylandi va 1917-yil 4-martdan 1923-yil 3-martgacha 65-66-67-Kongresslarda xizmat qildi. Versal shartnomasini ratifikatsiya qilish uchun kurash paytida u ratifikatsiyani qoʻllab-quvvatlagan kam sonli respublikachilardan biri edi. U 1922-yilda qayta saylanishda yutqazdi va 1923-yilda Chili davlatining Santiyago shahrida boʻlib oʻtgan Amerika davlatlarining beshinchi xalqaro konferensiyasida vakillik qildi[15].

Buyuk Britaniyadagi elchi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
TIME jurnali muqovasi, 28-sentyabr 1925-yil

Kellogg 1924-yilda Prezident Calvin Coolidge tomonidan Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchi etib tayinlandi va u, bu lavozimda 1924-yil 14-yanvardan 1925-yil 10-fevralgacha xizmat qildi[21]. U Warren G. Harding qoʻl ostida ishlagan George Brinton McClellan Harveyning oʻrnini egalladi va Kellogg Davlat kotibi rolini oʻz zimmasiga olishi uchun uning oʻrniga Alanson B. Houghton keldi.


Davlat kotibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
1927-yilda davlat kotibi sifatida Frank B. Kellogg tomonidan imzolangan pasport

1925-1929-yillar oraligʻida u Prezident Coolidge Mahkamasida Qoʻshma Shtatlar Davlat kotibi boʻlib ishlagan[22]. U 1928-yilda Irlandiyaning Dublin shahrida „shahar ozodligi“ mukofoti bilan taqdirlandi va 1929-yilda Fransiya hukumati uni Faxriy Legion aʼzosiga aylantirdi[15].

Davlat kotibi sifatida u Meksika-AQSH munosabatlarini yaxshilash, Peru va Chili oʻrtasidagi uzoq davom etgan Tacna–Arica nizosini hal qilishga yordam berish uchun mas’ul shaxs edi. Lekin, uning eng muhim yutugʻi 1928-yilda imzolangan Kellogg–Briand pakti edi. Uning boshqa nomdoshi, Fransiya tashqi ishlar vaziri Aristide Briand tomonidan taklif qilingan shartnomada „milliy siyosat vositasi sifatida urushdan voz kechish“ asosiy mavzu sifatida nazarda tutilgan edi. Kellogg 1929-yilda tinchlik uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. (Briand allaqachon yaʼni, 1926-yil tinchlik uchun Nobel mukofotini qoʻlga kiritgan edi) [15][23][24] [25].

U 1930-yildan 1935-yilgacha Xalqaro odil sudlov sudining doimiy yordamchisi boʻlgan[26][27][28][29].

U 1931-yil Amerika falsafiy jamiyatiga saylangan edi[30].

Kellogg oʻzining akademik maʼlumotga ega emasligini bilar edi. U bir xonali qishloq maktabida oʻqidi va 14 yoshida uni tashlab ketdi. U hech qachon oʻrta maktabda, kollejda yoki yuridik maktabda oʻqimagan edi. Uning yagona malaka oshirishi xususiy advokatlik idorasida xizmat qilish edi. Kellogg Minnesota shtatidagi kambagʻal fermada oʻsgan edi. Yevropa diplomatiyasida hukmronlik qilgan aristokratlar bilan muomala qilish uchun qoʻmondonlik yoki ilgʻor fikrlashga ham ega emas edi. Davlat kotibi sifatida uning asosiy eʼtibori Lotin amerikasi boʻlib, u yerda shafqatsiz ammo, tajribasiz boʻlgan kuchli odamlar bilan ishlagan. Uning xodimlari gʻoyalarni taqdim etishdi va ular Kelloggning har doim kirishimli, samimiy va oson muloqot qilishini qadrlashar edi. Kellogg Meksika hukumati va katolik cherkovi oʻrtasidagi kurashni toʻxtatishga yordam berdi, lekin neft zaxiralariga egalik qilish boʻyicha nizoni toʻxtata olmadi. Soʻngra uzoq sharqda, uzoq sharq ishlarining yangi boshligʻi Nelson Trusler Johnsonning maslahatiga amal qildi. Ular Xitoyni qoʻllab-quvvatladi va Yaponiyaning tahdidlaridan himoya qildi. Ular Xitoy bilan boj islohoti boʻyicha muzokaralarni muvaffaqqiyatli olib bordi. Shu bilan birga Kuomintangga kuchli maqom berdi va nafi tegmaydigan shartnomalardan qutilishga yordam berdi[31]. Yevropaga kelsak, u birinchi navbatda Vashington shartnomasida belgilangan dengiz qurollariga cheklovlarni kengaytirishdan manfaatdor edi va u ozroq muvaffaqqiyatga ham erishdi. Kellogg xalqaro miqyosda shuhrat qozondi va Kellogg-Briand pakti bilan tinchlik uchun Nobel mukofotiga sazovor boʻldi. Bu deyarli barcha xalqlar tomonidan maʼqullandi va urush boshlashni jazolanadigan jinoiy harakatga aylantirdi. Shartnoma 1945-yildan keyin Germaniya va Yaponiya urush rahbarlarining sudlanishi va qatl etilishi uchun asos boʻla oldi[32].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kelloggning Vashingtondagi sobiq qarorgohi

Kellogg 1886-yilda George Clinton Cook (1828–1901) va Elizabeth (née Burns) Cook (1838–1908) ning qizi Clara May Cook (1828-1901) bilan turmush qurgan[33]. 1880-yil Rochesterdagi mason lojasining aʼzosi boʻldi va u yerda 1-aprel, 19-aprel va 3-mayda masonlik darajasini oldi[34]. U 81-yoshga toʻlish arafasida Saint Paulda insultdan soʻng pnevmoniyadan kasallanib vafot etdi[12]. U Vashingtondagi Aremathealik avliyo Joseph ibodatxonasiga dafn etilgan[15].

1937-yilda u Carleton kollejidagi Kellogg xalqaro munosabatlar boʻyicha taʼlim jamgʻarmasiga vasiy boʻlgan[35]. 1976-yil uning Saint Pauldagi Frank B. Kellogg uyi milliy-tarixiy yodgorlik roʻyxatiga kiritilgan[36].

Uning sharafiga quyidagilar nomlangan:

  • Saint Poul shahri markazidagi Kellogg bulvari[37];
  • Shoreline, Vashington, Rochester va Minnesota shtatidagi Kellogg oʻrta maktabi;
  • Frank B. Kellog ozodlik kemasi;

Qoʻlyozmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tadqiqotlarda foydalanish uchun Kellogning maqolalari Minnesota tarixiy jamiyatida mavjud. Ularga yozishmalar va turli xil hujjatlar, davlat departamentining dublikatlari, yangiliklar lavhalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, xaritalar, yodgorliklar va memorandumlar kiradi[38].

  1. Treaty Information Bulletin No. 1-117 (October 31, 1929–June 30, 1939, Volumes 1-20)
  2. Digest of International Law, Volume 12 (1971)
  3. Permanent Court of International Justice, Volumes 1-4 (United States Congress - House Committee on Foreign Affairs, 1932)
  4. Walker, David Maxwell. The Oxford Companion to Law. Clarendon Press, 1980. ISBN 9780198661108. 
  5. Executive documents of the State of Minnesota for 1881
  6. Executive Documents of the State of Minnesota (1887, Volume 1)
  7. Executive documents of the State of Minnesota for 1879-1880, Volume 1
  8. 8,0 8,1 Historical Society, Olmsted County. History of Olmsted County, Together with Biographical Matter, Statistics, Etc (Gathered from Matter Furnished by Interviews with Old Settlers, County, Township, and Other Records, and Extracts from Files of Papers, Pamphlets, and Such Other Sources as Have Been Available). Olmsted County Historical Society (Minnesota), 1883. 
  9. Report of the Minnesota Attorney General (1888-1890)
  10. Leonard, Joseph Alexander. History of Olmsted County, Minnesota - Together with Sketches of Many of Its Pioneers, Citizens, Families and Institutions. Goodspeed Historical Association, 1910. 
  11. 11,0 11,1 Past City Attorneys of Rochester (1862-Present)
  12. 12,0 12,1 „Frank B. Kellogg Dies At Age Of 81 [sic. Winner of Nobel Peace Prize for Pact Outlawing War, Ex-Secretary of State“] (1937-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 16-dekabr. „Frank B. Kellogg, former World Court judge and Secretary of State, died at 7:28 P. M., Guy Chase, his law partner, announced tonight.“.
  13. „The Nobel Peace Prize 1929“. Nobelprize.org. Qaraldi: 2011-yil 6-oktyabr.
  14. Sobel, Robert. Biographical Directory of the United States Executive Branch, 1774-1989. Greenwood Press, 1990. ISBN 9780313265938. 
  15. 15,0 15,1 15,2 15,3 15,4 15,5 „KELLOGG, Frank Billings - Biographical Information“. bioguide.congress.gov. Biographical Directory of the United States Congress. Qaraldi: 2017-yil 13-may.
  16. „Taft Declines Comment.; F.B. Kellogg, in Conference with Candidate, Also Silent Now.“. The New York Times (1908-yil 23-iyul). Qaraldi: 2017-yil 13-may.
  17. „Article 2 -- No Title“. The New York Times (1909-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 13-may.
  18. Neubeck, Deborah Kahn „Collection Finding Aids, Frank B. Kellogg chronology“. mnhs.org. Qaraldi: 2014-yil 14-dekabr.
  19. Official congressional directory, 70th congress – 1st session (December 1927)
  20. American Revolution, Sons of the. National Year Book. National Society of the Sons of the American Revolution, 1907. 
  21. „2,000 Nominations Made by Coolidge; List Is Headed by Frank B. Kellogg for Ambassador to Britain.“. The New York Times (1923-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 13-may.
  22. „Sacasa Protests Kellogg's Course; Said to Have Threatened in Message to Rouse Latin America Against US. Will Keep Up the Fight: He Promptly Denies Story That He Is Giving Up in Face of Our Opposition.“. The New York Times (1927-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 13-may.
  23. „Kellogg to Go to Oslo.; But Nobel Peace Prize Winner Is Uncertain When He Can Pay Visit.“. The New York Times (1930-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 13-may.
  24. „Kellogg Gets Honorary Degree at Oxford; Outstanding Candidate for Nobel Peace Prize“. The New York Times (1929-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 13-may.
  25. „The Nobel Peace Prize 1926“. Nobel Foundation. 2011-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-avgust.
  26. Photo, Manley O. Hudson, Bemis Professor of International Law, Harvard Law School times Wide World. „Who's Who of the Judges Elected to World Court; Frank B. Kellogg“. The New York Times (1930-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 13-may.
  27. Kellogg, Frank B.. „The Road to Peace“. The New York Times (1933-yil 24-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 13-may.
  28. „Cabinet Members Explain New Deal; Cummings and Roper Urge at Rollins College Education as Aid to Government. Both Receive Degrees: College at Founders' Day Celebration Honors Frank B. Kellogg for World Peace Efforts.“. The New York Times (1934-yil 27-fevral). Qaraldi: 2017-yil 13-may.
  29. Installation ceremony of Frank B. Kellogg at Permanent Court of International Justice, The Hague (1930), at YouTube.
  30. „APS Member History“. search.amphilsoc.org. Qaraldi: 2023-yil 7-iyul.
  31. Russell D. Buhite, „Nelson Johnson and American Policy Toward China, 1925-1928“. Pacific Historical Review (1966): 451-465 online.
  32. Edward Mihalkanin, ed. (2004). American Statesmen: Secretaries of State from John Jay to Colin Powell. pp. 293-98.
  33. „Mrs. F. B. Kellogg, Diplomat's Widow; Was Hostess for Her Husband Co-Author of Peace Pact and Ex-Secretary of State Dies at St. Paul Home Aided Mrs. Coolidge at White House Fetes: Couple Marked 50th Anniversary in 1936“. The New York Times (1942-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 13-may.
  34. Denslow, William R. „10,000 Famous Freemasons“. The Phoenixmasonry Masonic Museum and Library. Macoy Publishing & Masonic Supply Co. (1957). Qaraldi: 2014-yil 10-noyabr.
  35. „Carleton College Gets $500,000 Gift; Frank B. Kellogg Establishes Unit for Study of International Relations“. The New York Times (1937-yil 8-iyun). Qaraldi: 2017-yil 13-may.
  36. „Frank B. Kellogg House“. National Historic Landmark summary listing. National Park Service. 2008-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 8-yanvar.
  37. Millett, Larry. AIA Guide to the Twin Cities: The Essential Source on the Architecture of Minneapolis and St. Paul. Minnesota Historical Society Press, 2007 — 142-bet. ISBN 978-0-87351-540-5. 
  38. Frank B. Kellogg Papers

Qoʻshimcha adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Bryn-Jones, David (1937). Frank B. Kellogg: A Biography. New York: G. P. Putnam’s Sons. (Reprinted in 2007: ISBN 978-1-4325-8982-0) online
  • Carroll, Francis M. „Secretary of State Frank B. Kellogg Comes to Ireland, 1928“. in America and the Making of an Independent Ireland (New York University Press, 2021) pp. 184–198.
  • Cleaver, Charles G. „Frank B. Kellogg: Attitudes and Assumptions Influencing His Foreign Policy Decisions“ (PhD dissertation, University of Minnesota; ProQuest Dissertations Publishing, 1956. 590377).
  • Ellis, Lewis Ethan (1961). Frank B. Kellogg and American Foreign Relations, 1925-1929. New Brunswick, N. J.: Rutgers University Press. online
  • Ellis, Lewis Ethan (1968). Republican Foreign Policy, 1921–1933 online
  • Ellis, L. Ethan (1961). „Frank B. Kellogg“ in An Uncertain Tradition: American Secretaries of State in the 20th Century. ed. Norman A. Graebner. pp. 149–67.
  • Ferrell, Robert H. Frank B. Kellogg & Henry L. Stimson: The American Secretaries of State and Their Diplomacy. Cooper Square Publishers, 1963. online
  • Rhodes, Benjamin D. (2001). United States Foreign Policy in the Interwar Period, 1918–1941: The Golden Age of American Diplomatic and Military Complacency. pp. 57–72.
  • Weber, Eric. „Kellogg, Frank Billings (1856–1937)“. MNopedia. Minnesota Historical Society.
Partiya siyosiy idoralari
Yangi daraja Respublikachilar partiyasi(Qo'shma Shtatlar)
1-toifa

1916-1922-yillar
Keyingisi
Oldingisi Minnesota shtatidan AQSh senatori
1917–1923-yillar
Keyingisi
Oldingisi Amerika Qo‘shma Shtatlarining Buyuk Britaniyadagi elchisi
1924–1925-yillar
Keyingisi
Siyosiy idoralar
Oldingisi Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi
1925–1929-yillar
Keyingisi