Kontent qismiga oʻtish

1993

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

1993

Ming yilliklar: 2-mingyillik
Asrlar:
Oʻn yilliklar:
Yillar:

Oʻzbekiston

  • 8-yanvar — Oʻzbekiston avtomobil transporti („Oʻzavtotrans“) Davlat aksiyadorlik korporatsiyasi tashkil etildi.
  • 5-fevral — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy oʻquv yurtlari uchun abituriyentlarni test usulida tanlab olish toʻgʻrisida“ qaror qabul qildi.
  • 10-fevral — Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro pochtamti tuzildi.
  • 11-fevral — Kitob baland togʻ rasadxonasi majmuasi tashkil etildi.
  • 2-mart — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Navroʻz — umumxalq bayrami“ qarori qabul qilindi.
  • 4-aprel — Jizzax viloyatida Oʻzbekistonda birinchi yirik temir rudasi koni ochildi.
  • 9-aprel — Nukusda Qoraqalpogʻiston Oliy Kengashining 12-sessiyasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Davlat gerbi qabul qilindi.
  • 20-aprel — Toshkentda 30 mamlakatning milliy firma, bank va kompaniyalari rahbarlari ishtirokida Butunjahon Iqtisodiy anjumani boʻlib oʻtdi.
  • 23-aprel — „Sogʻlom avlod uchun“ xayriya jamgʻarmasi tuzildi. 23-aprel. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yilda buyuk olim Muhammad Taragʻay Ulugʻbekning 600 yillik yubileyini oʻtkazish toʻgʻrisida qarori qabul qilindi.
  • 28-aprel — „Oʻzdehqonsanoatbank“ negizida „Tadbirkorbank“ yirik aksiyadorlik banki tashkil etildi.
  • 30-aprel — Toshkentda Germaniya elchixonasi ochildi.
  • Aprel — Fargʻona shahrida Oʻzbekiston talabalarining birinchi festivali boʻlib oʻtdi. Unda 54 oliy oʻquv yurti vakillari ishtirok etdi. Aprel. „YevroOʻz“ Oʻzbekiston — Germaniya qoʻshma mebel korxonasi tashkil etildi.
  • 6-may — „Sugʻurta toʻgʻrisida“, „Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida“, „Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida“ Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi.
  • 7-may — I va II darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni taʼsis etildi.
  • 13—14-may — Toshkentda „Bozor iqtisodiyotining rivojlanish tamoyillari“ mavzuida birinchi Xalqaro simpozium boʻlib oʻtdi.
  • 27-may — Toshkentda B.Zokirov nomidagi jaz-orkestrining taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.
  • May — Toshkentda Oʻzbekistonda birinchi marta sholi moyi chiqindisidan kir sovun ishlab chiqaruvchi „Tedogan“ oʻzbekkoreys qoʻshma korxonasi ishga tushdi.
  • May — Nukusda Turkiyaning „Yazeks“ korporatsiyasi yordamida bunyod etilgan „Kateks“ toʻqimachilik majmui ishga tushdi.
  • May — Toshkentda Orol va Orolboʻyi muammolari boʻyicha dastlabki Xalqaro tadqiqotlar loyihasi imzolandi.
  • 11-iyun — Chatqol davlat tabiiy biosfera qoʻriqxonasi YUNESKO muhofazasiga olindi.
  • 27-iyun — „Taraqqiy“ gazetasi 1 -soni chiqqan 27-iyun (1906) sanasi Oʻzbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanadigan boʻldi.
  • Iyun — Samarqandda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining boʻlimi ochildi.
  • 30-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti „Toʻrtkoʻl shahrining 120 yilligini nishonlash toʻgʻrisida“ farmon chiqardi.
  • Iyul — Toshkentda Oʻzbekiston Geologiya milliy qoʻmitasi tashkil etildi.
  • 13-avgust — Abdulla Qodiriy jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtdi.
  • 17-avgust — Respublika „Mahalla“ xayriya jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtdi.
  • 31-avgust — Toshkentda Amir Temur haykali ochildi.
  • Avgust — Uch yuz kilometrli Damxoʻja—Navoiy—Buxoro suv yoʻli qurib bitkazildi.
  • Avgust — Toshkentda „Taʼlim, bandlik va inson resurslarini rivojlantirish“ shiori ostida YUNESKOning Xalqaro seminari boʻlib oʻtdi.
  • 1-sentyabr — Toshkentda Ulugʻbek haykali ochildi.
  • 2—3-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 13-sessiyasida „Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻtrisida“ qonun qabul qilindi (1995-yil may oyidagi Oliy Majlisning 2-sessiyasida mazkur qonunga oʻzgartirishlar kiritildi).
  • 4-sentyabr — Toshkentda „Turkiston“ saroyining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
  • 3—5-sentyabr — Toshkentda Osiyo va Tinch okean regioni mamlakatlarining taekvondo boʻyicha birinchi chempionati boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston jamoasi bazaviy texnikani namoyish qilish boʻyicha musobaqalarda birinchi oʻrinni egalladi.
  • 9-sentyabr — Alisher Navoiy jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtdi.
  • 10-sentyabr — Toshkentdagi „Bahor“ konpert zalida Mukarrama Turgʻunboyeva muzeyi ochildi.
  • 16-sentyabr — Buxoroda buyuk mutafakkir bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi keng nishonlandi.
  • 20-sentyabr — „Ekosan“ xalqaro Oʻzbekiston ekologiya va salomatlik jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtdi.
  • 26—28-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida ishtirok etib, nutq soʻzladi.
  • Sentyabr — Toshkentda Xalqaro valyuta fondining doimiy vakolatxonasi ochildi.
  • Sentyabr — Oʻzbekiston Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) aʼzoligiga qabul qilindi.
  • Sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiada qoʻmitasi Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tomonidan tan olindi (1995-yil apreldan teng huquqli aʼzosi).
  • 30-oktyabr — Toshkentda tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri, shoir Xoja Ahmad Yassaviy merosiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-maʼrifiy konferensiya ochildi.
  • Oktabr — Oʻzbekiston Ilmiy uyushmalar xalqaro kengashining toʻla huquqli aʼzosi boʻldi.
  • 4-noyabr — Toshkentda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tashkil etilganligining 50 yilligiga bagʻishlangan Xalqaro ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi.
  • 22-noyabr — „Oʻzbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari harbiy qismining Jangovar bayrogʻi toʻgʻrisida“gi farmon imzolanib, qurolli Kuchlar Jangovar bayrogʻining yagona namunasi tasdiqlandi.
  • 23-noyabr — Toshkentdagi respublika Oʻqituvchilar uyi qoshida Oʻzbekiston Xalq taʼlimi tarixi muzeyi ochildi; 23-noyabr. Qoraqalpogʻistonning birinchi poytaxti — Toʻrtkoʻlda shaharning 120 yilligiga bagʻishlangan tantanalar boʻlib oʻtdi.
  • 4-dekabr — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
  • 18-dekabr — Andijonda buyuk sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi nishonlandi va unga haykal oʻrnatildi.
  • 18-dekabr — Xalqaro FIFA tashkilotining Las-Vegas shahrida boʻlib oʻtgan konferensiyasida Oʻzbekiston Milliy futbol federatsiyasi ushbu futbol assotsiatsiyasi aʼzoligiga qabul qilindi.
  • 23-dekabr — Bobur nomidagi xalqaro jamgʻarma roʻyxatdan oʻtdi.
  • 1993 — Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa Vazirligining Markaziy harbiy sport klubi tashkil etildi.
  • 1993 — Fargʻona viloyat davlat qoʻgʻirchoq teatri tashkil etildi. 1993 — Xorazm viloyat davlat qoʻgʻirchoq teatri tashkil etildi. 1993 — „Farmindustriya“ konserni (hozirgi „Oʻzfarmsanoat“ davlat konserni) tashkil etildi. 1993 — Oʻzbekiston Jahon turistik tashkiloti (WTO) ga aʼzo boʻldi.
  • Fizika — Russell Alan Hulse va Joseph Hooton Taylor, Jr.
  • Kimyo — Kary Mullis va Michael Smith
  • Fiziologiya va tibbiyot —
  • Iqtisodiyot — Robert W. Fogel va Douglass North
  • Adabiyot — Toni Morrison
  • Tinchlik — Nelson Mandela va F. W. de Klerk

Bu maqola ruscha yozilgan.

nothumb

Iltimos, maqolani oʻzbek tiliga tarjima qiling.