Kontent qismiga oʻtish

2003

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

2003-yil — „Obod mahalla yili“Yanvar. Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida „Metallurg“ dam olish maskanining ochilish marosimi boʻldi.

Ming yilliklar: 3-mingyillik
Asrlar:
Oʻn yilliklar:
Yillar:
  • 7-fevral — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Obod mahalla yili“ dasturini qabul qildi.
  • 14-mart — Toshkent shahrida dehqon va fermerlarning 2-Respublika qurultoyi boʻlib oʻtdi.
  • Mart — Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasida „Oʻzbekiston Qizil kitobi“ 2-jildining va Oʻzbekistonda atrof muhitni muhofaza qilish milliy dasturining taqdimoti oʻtkazildi. Mart. Samarqand viloyatining Urgut shahrida gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqaradigan Oʻzbekiston — Turkiya qoʻshma korxonasi faoliyat boshladi.
  • 24-25-aprel — 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 11-sessiyasida „Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida“gi qonun qabul qilindi, unda ikki palatali parlament tuzishning huquqiy asoslari belgilab berildi.
  • Aprel — Toshkent shahrining Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida „Tinchlik qoʻngʻirogʻi“ majmuining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
  • 4—5-may — Toshkentdagi „Turkiston“ saroyida Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 12 yillik majlisi oʻtkazildi. Anjumanga 59 davlatdan 61 delegatsiya aʼzolari tashrif buyurdi.
  • 10-may — Taniqli oʻzbek shoiri Gʻafur Gʻulom tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi madaniyat va istirohat bogʻiga Gʻafur Gʻulom nomi berildi va bogʻda shoir haykali ochildi.
  • 14-20-may — Xorazmda „Umid nihollari“ sport musobaqalari boʻlib oʻtdi.
  • 5-11-iyun — Andijon viloyatida „Barkamol avlod — 2003“ sport oʻyinlari boʻlib oʻtdi.
  • Iyul — Namangan viloyatining Chust tumanida Oʻzbekiston—Shveysariya „Golden Frut“ qoʻshma korxonasi, Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumanida AQSH—Oʻzbekiston „Kattaqoʻrgʻonmeva“ qoʻshma korxonasi ishga tushdi. Iyul. Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Kampirtepa qishlogʻida noyob xazina — qadimiy kitoblar topildi.
  • Iyul — Toshkent fotosuratlar uyi Xalqaro badiiy foto federatsiyasi (FJAP) ga aʼzo boʻldi.
  • Avgust — Namangan shahrida „Yoshlar“ sport majmuasi foydalanishga topshirildi.
  • Avgust — Sirdaryo viloyatining Mirzachoʻl tumanida yer qaʼridan tibbiyotda noyob, oʻta shifobaxsh hisoblangan radonli suv chiqdi.
  • Avgust — Nukus shahrida xalq isteʼmoli mollari mintaqaviy markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
  • 25-30-avgust — Samarqand shahrida „Sharq taronalari“ xalqaro musiqa festivali boʻlib oʻtdi. Unda 40 ga yaqin mamlakat vakillari qatnashdi.
  • 29-30-avgust — 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 12-sessiyasida „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida“, „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida“ qonunlar qabul qilindi.
  • 29-avgust — „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni taʼsis etildi.
  • Avgust — Fargʻona viloyatining Beshariq tumanida „Beshteks“ Oʻzbekiston — Germaniya qoʻshma korxonasi ishga tushirildi.
  • 12-sentyabr — Nukusda shahrining 70 yilligi nishonlandi va shahar "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlandi.
  • Oktabr — Toshkentdagi „Osiyo Granit“ korxonasi hududida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi Avstriya — Oʻzbekiston qoʻshma korxonasi ishga tushdi.
  • 15-noyabr — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston liberaldemokratik partiyasining taʼsis sʼyezdi boʻlib oʻtdi. Unda partiya ustavi va dasturi tasdiqlandi. Partiyaning „XXI asr“ haftalik gazetasi taʼsis etildi.
  • Noyabr — Termiz shahrida „Termiz—Xayraton“ koʻprigi oldida „Ayritom“ bojxona majmui ishga tushirildi.
  • 27-noyabr — Buxoro shahrida tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Abdulxoliq Gʻijduvoniy tavalludining 900 yilligi keng nishonlandi.
  • 3-dekabr — Xorazm viloyatiga Jaloliddin Manguberdi ordeni topshirildi.
  • 3-dekabr — Andijon viloyatiga Amir Temur ordenini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
  • Fizika — Aleksey Alekseyevich Abrikosov, Vitaliy Lazarevich Ginzburg va Antony James Leggett
  • Kimyo — Peter Agre va Roderick MacKinnon
  • Fiziologiya va tibbiyot — Paul Lauterbur va Peter Mansfield
  • Iqtisodiyot — Robert Engle va Llive Granger
  • Adabiyot — John Makswell Koetzee
  • Tinchlik — Shirin Ebadi