Anvar Sadat
| |
Mansabda boʻlgan yillari 1970-yildan – 1981-yilgacha | |
Yordamchi(lar) | Sufiy Abu Tolib |
---|---|
Avvalgi prezident | Jamol Abdul Nosir |
Tavalludi |
25-dekabr 1918-yil |
Vafoti | 10-iyun 1981-yil (62 yoshda) |
Muhammad Anvar as-Sadat (arabcha: محمد أنور السادات)(25-dekabr 1918-yil; Minufiya viloyati, Mit Abu al Qum qishlogʻi – 6-oktyabr 1981-yil; Qohira) — Misrning davlat va siyosat arbobi. 1970-yildan 1981-yilda oʻldirilishigacha Misrning uchinchi prezidenti boʻlgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anvar Sadat 1918-yilning 25-dekabrida Misr sultonligi Minufiya viloyati Mit Abu al Qum qishlogʻida tugʻilgan. 1938-yilda Misr qirolligining poytaxti Qohiradagi “Qirollik harbiy akademiyasi”ni bitirgan. J. A. Nosir boshqargan “Ozod zobitlar” inqilobiy tashkiloti aʼzosi (1950), Milliy demokratik partiya raisi (1978). 1952-yil iyul inqilobida qatnashgan. Misr vitse-prezidenti (1964-1966, 1969-1970), prezidenti (1970-yildan).
Anvar Sadat mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy hayotini liberallashtirish yuzasidan chora-tadbirlar oʻtkazgan. Misrda “ochiq eshiklar” siyosatini joriy qilgan. 1972-yil iyulda u SSSR harbiy maslahatchilari hamda mutaxassislari xizmatidan foydalanmaslik qaroriga kelgan[1]. 1973-yil 6-oktyabrda Isroilga qarshi urush boshlagan. SSSR va Misr oʻrtasida tuzilgan “SSSR va Misr o‘rtasidagi do‘stlik to‘g‘risidagi bitim”ni 1976-yilning mart oyida bekor qilgan[1]. 1977-yil 19-noyabrda ilk bor Isroilga borgan. Ertasiga esa Quddusdagi “Al-Aqso” masjidiga, keyin esa Isroil bosh vaziri Menaxem Begin bilan birga “Yad va-Shem” memorial majmuasiga borgan. Shu kuni kechqurun Anvar Sadat Knesset yig‘ilishiga ishtirok etib, parlament tribunasidan Isroil va arab davlatlari o‘rtasida tinchlik o‘rnatishga chaqirib nutq so‘zlagan. Nutqda 6 kunlik urush davomida egallangan barcha davlatlar hududidan Isroil qo‘shinlarining olib chiqib ketilishini talab qilgan va mustaqil Falastin davlatini tuzish zarurati haqida gapirgan,biroq u o‘z chiqishida Falastin ozodlik tashkilotini tilga olmagan va bu Isroil tomonidan ijobiy qabul qilingan. Bu voqealardan soʻng Suriya milliy motam e’lon qilgan, Falastin ozodlik tashkiloti esa Anva Sadatning mazkur harakatini xoinlik deb atagan, Liviya Misrdagi barcha fuqarolaridan zudlik bilan vatanga qaytishni talab qilgan. Anvar Sadatning Isroilga tashrifini Saudiya Arabistoni ham qoralagan. Tehron namoyishchilari esa “El-Al” aviakompaniyasi vakolatxonasining oynalari sindirishgan[1].
Nobel tinchlik mukofoti laureati (1978-yil dekabr).
Anvar Sadat Isroil bosh vaziri Menaxem Begin bilan AQSH vositachiligida 1979-yil 26 martda Kemp Devid (AQSH) tinchlik shartnomasini imzolagan[2]. Unga binoan, Isroil 3 yil mobaynida oʻz qoʻshinlarini Sinay yarim orolidan olib chiqib ketishga vaʼda bergan. Oʻz navbatida Anvar Sadat Isroil bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlarni tiklashga rozilik bergan.
1981-yil 6-oktabr kuni islom fundamentalistlari “Al-Gama’a al-Islomiyya” va “Misr Islomiy jihodi”ning terroristik guruhlari birlashib, Isroil bilan yaqinlashgani sababli qasos olish uchun Anvar Sadatga suiqasd uyushtirishgan va otib oʻldirilgan[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ad:. Knyazev A. G., Yegipet posle Nasera, 19701981, M.,1986;
Primakov Ye. M, Istoriya odnogo zagovora, M., 1985.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Daryo.uz. „Isroilga birinchi marta tashrif buyurgan Misr prezidenti Anvar Sadat, MBA tarixidagi eng yirik janjal va Oy yuzasiga qo‘ngan “Apollon-12”. Kun xronologiyasida 19-noyabr.“ (19-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 29-mart 2024-yil.
- ↑ Amerika ovozi. „"Sentabrning 13 kuni" — Isroil va Misrni yarashtirgan sammit tarixi.“ (19-oktyabr 2014-yil). Qaraldi: 29-mart 2024-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]