William Howard Taft
Qiyofa
William Howard Taft (1857.15.9 — 1930.8.3) — AQSH davlat arbobi. Yell kolleji (1874—78) va Sinsinnatidagi yuridik maktabda (1878—80) oʻqigan. Advokat, sudya boʻlgan. 1901—04 yillarda Filippin o.lari gubernatori. 1904—08 ylarda T. Ruzvelt hukumatida harbiy vazir. 1909—13 yillarda respublikachilar partiyasidan saylangan AQSH prezidenti. T. hukumati Lotin Amerikasi davlatlarini AQShga karam ettirish yoʻlini tutgan. 1912-yildagi prezident saylovida magʻlubiyatga uchragan. Birinchi jahon urushi yillarida (1914—18) mehnat masalalari boʻyicha Milliy harbiy boshqarma rahbari. 1921-yildan AQSH Oliy sudi raisi. Shtatlar huquqini himoya qilish bahonasida sanoatda bolalar mehnatidan foydalanishni cheklashga qarshi boʻlgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]