Franklin D. Roosevelt
Franklin D. Ruzvelt | |
---|---|
![]() | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
30-yanvar 1882-yil Gayd-Park, Nyu-York, AQSh |
Vafoti |
12-aprel 1945-yil (63 yoshda) Vorm-Springs, Jorjiya, AQSh |
Fuqaroligi |
![]() |
Imzosi |
![]() |
Franklin Delano Ruzvelt (inglizcha: Franklin Delano Roosevelt; 1882-yil 30-yanvar, Gayd-Park, Nyu-York — 1945-yil 12-aprel, Vorm-Springs, Jorjiya) — AQSHning 32-prezidenti (1933-1945). Demokratlar partiyasidan (4 marta prezidentlikka saylangan).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Franklin Delano Ruzvelt 1882-yil 30-yanvarda tugʻilgan. Garvard va Kolumbiya universitetlarini tugatgan. Nyu York shtati gubernatori (1928-yildan), huquqshunos. Ruzvelt ijtimoiy sohada mehnatkash omma manfaatini koʻzlab bir necha islohotlar oʻtkazgan ("Yangi kurs"). Ikkinchi jahon urushi boshlangach, fashistlar Germaniyasiga qarshi boʻlgan Buyuk Britaniya, Fransiya va SSSRni qoʻllab-quvvatlash (1941 y. iyundan) tarafdori, gitlerchilarga qarshi koalitsiyani tuzishda muhim hissa qoʻshgan. BMTni tuzishga va urushdan keyingi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat bergan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() |
Vikiiqtibosda Franklin D. Rooseveltga tegishli iqtiboslar mavjud. |
![]() | Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |