Fuqarolar erkinligini himoya qilish markazi
Turi | Inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti |
---|---|
Maqomi | amalda |
Ishga tushgan sanasi | 30-may, 2007-yil |
Joylashuvi | Kiyev, Ukraina[1] |
Direktori | Oleksandra Matviychuk |
Vebsayti | ccl.org.ua/en/ |
Mukofotlari | Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti |
Fuqaro erkinliklari markazi (ukraincha: Центр Громадянських Свобод) – ukrainalik huquqshunos Oleksandra Matviychuk boshchiligidagi Ukraina inson huquqlari tashkiloti[2]. 2007-yilda[3]. Ukraina hukumatiga mamlakatni yanada demokratlashtirish uchun bosim oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan[4]. Tashkilot Aleksandr Byalyatskiy va Rossiyaning „Memorial“ tashkiloti bilan birgalikda Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi[5] [6].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Markaz 2007-yil 30-mayda Ukrainaning Kiyev shahrida tashkil etilgan[3]. Ukrainani yanada demokratlashtirilishi va huquqni muhofaza qilish organlari, sud tizimi ustidan jamoatchilik nazoratini yaxshilash maqsadida qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish bilan shugʻullanadi[4]. Tashkilotning asosiy yoʻnalishlaridan biri – Ukraina Jinoyat kodeksini yangilash[4].
2013-2014-yillardagi Yevromaydon noroziliklari paytida guruh oʻsha paytdagi prezident Viktor Yanukovich xavfsizlik kuchlari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarni kuzatish va namoyishchilarni huquqiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida „Yevromaydan SOS“ loyihasini boshlagan.
2014-yilda Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishi va Donbassda urush boshlanganidan soʻng, tashkilot Qrimdagi siyosiy taʼqiblar va Rossiya tomonidan qoʻllab-quvvatlangan separatist Lugansk va Donetsk nazoratidagi hududda jinoyatlarni oʻrganishni boshladi[7]. Rossiya, Qrim va Donbassda noqonuniy qamoqqa olingan odamlarni ozod qilish uchun xalqaro targʻibot tashkil etdi[4][8].
2022-yil 8-oktyabrda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Fuqaro erkinliklari markazi rahbari Oleksandra Matviychuk Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham, boshqa hukumat amaldorlari ham Fuqaro erkinliklari markazini Nobel mukofotini qoʻlga kiritgani bilan tabriklamaganini tan oldi[9].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Nobel Committee Champions Human Rights With 2022 Peace Prize“ (en). Radio Free Europe (2022-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Oleksandra Matviychuk – Ukraine | Coalition for the International Criminal Court“. www.coalitionfortheicc.org. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
- ↑ 3,0 3,1 „Ukraine's Center for Civil Liberties becomes one of Nobel Peace Prize laureates“ (en). Ukrinform (2022-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.„Ukraineʼs Center for Civil Liberties becomes one of Nobel Peace Prize laureates“.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 Todorov. „Meet Oleksandra Matviichuk from Ukraine“ (en-UK). Friedrich Naumann Foundation (2022-yil 14-fevral). Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.
- ↑ „The Nobel Peace Prize 2022“ (en-US). NobelPrize.org. Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Nobel Peace Prize to activists from Belarus, Russia, Ukraine“ (en). Onmanorama (2022-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Belarus, Ukraine, Russia activists win Nobel Peace Prize“ (en). BBC News (2022-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Oleksandra Matviichuk“. religiousfreedom.in.ua. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
- ↑ Yurii Korogodskyi. „We hope to create an international tribunal and punish Putin and Lukashenko, – Central Committee on the Nobel Prize“ (Ukrainian). Lb.ua (2022-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 8-oktyabr.