23-noyabr
Qiyofa
23-noyabr — Grigoriy taqvimida yilning 327- (kabisa yilida 328-) kuni. Yil yakuniga 38 kun qoladi.
← noyabr → | ||||||
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | |
2024-yil |
Bayramlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang: Turkum:23-noyabr bayramlari
- Butunjahon Jazoni tugatish kuni.
- Yaponiyada Mehnatkashlarga minnatdorlik kuni.
- AQSHda Rad etish kuni.
- Sloveniyada Rudolf Maister kuni
- Gruziyada Avliyo Jorj kuni.
- Qozogʻistonda Yo’l harakati xavfsizligi xodimlari kuni.
- Litva Qurolli kuchlari kuni
Voqealar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang: Turkum:23-noyabr voqealari
- 1174 — Salohiddin Ayyubiy boshchiligidagi musulmonlar qo’shini Damashq shahrini egalladi.
- 1248 — Kastiliya qiroli Ferdinand III qo’shinlari musulmonlar qo’l ostidagi Sevilya shahrini bosib oldi.
- 1510 — Usmonli Turklar imperiyasi Imereti qirolligi poytaxti Kutaisi shahrini egalladi.
- 1793 — Parij Kommunasi cherkovlar faoliyatini taqiqladi.
- 1831 — Sankt-Peterburgda Rumyansev muzeyi (suratda) ochildi.
- 1852 — Angliyada tarixda ilk bor pochta qutilari paydo bo’ldi.
- 1904 — AQSHning Sent Luis shahrida III Olimpiya o’yinlari yakunlandi.
- 1910 — Shvetsiya tarixidagi so’nggi o’lim jazosi amalga oshirildi.
- 1918 — Edvin Habbel Andromeda galaktikasini kashf etdi.
- 1924 — SSSRda ilk doimiy radioeshittirishlar yo’lga qo’yildi.
- 1940 — Ikkinchi jahon urushi: Ruminiya fashistik blokka qo’shildi.
- 1943 — Qohira konferensiyasi boshlandi.
- 1946 — Birinchi Hindi-xitoy urushi boshlandi: Fransiya havo kuchlari Vyetnamning Hay Pong shahrini bombardimon qilishi oqibatida minglab fuqarolar halok bo’ldi.
- 1955 — Kokos orollari Buyuk Britaniyadan Avstraliya nazoratiga o’tdi.
- 1957 — Milanda Boris Pasternakning «Doktor Jivago» romani chop etildi.
- 1980 — Italiya janubidagi Irpiniya shahrida sodir bo’lgan 6,9 magnitudali zilzilada 4,800 kishi qurbon bo’ldi.
- 1985 — Afinadan Qohiraga uchayotgan yo’lovchi samolyoti qurolli shaxslar tomonidan garovga olinishi oqibatida, 60 kishi halok bo’ldi.
- 1992 — Las Vegasda IBM Simon nomli ilk smartfon namoyish etildi.
- 1993 — Toshkentdagi Respublika O‘qituvchilar Uyi qoshida O‘zbekiston Xalq ta’limi tarixi muzeyi ochildi.
- 1996 — Efiopiyaga qarashli samolyot garovga olinishi oqibatida 125 nafar yo’lovchi Hind okeaniga g’arq bo’ldi.
- 2003 — Atirgul inqilobi: Gruziya prezidenti Eduard Shevarnadze iste’foga chiqdi.
- 2005 — Liberiya prezidentligiga saylangan Ellen Jonson Sirleaf Afrika davlatlari orasidagi ilk ayol rahbariga aylandi.
- 2006 — Iroqning Sadr shahridagi portlashda 215 kishi halok bo’ldi va 257 kishi jarohatlandi.
- 2007 — Argentinaning Janubiy Shetland orollari yaqinida MS Explorer sayohat kemasi aysbergga urilib, 154 nafar yo’lovchi bilan birga dengizga g’arq bo’ldi.
- 2011 — Arab bahori: Yaman prezidenti Ali Abdulloh Solih iste’foga chiqdi.
Tavalludlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang: Turkum:23-noyabrda tugʻilganlar
- 870 — Vizantiya imperatori Aleksandr.
- 1705 — ingliz tarixchisi Tomas Birx.
- 1925 — Salvador prezidenti Xose Napoleon Duarte.
- 1962 — Venesuela prezidenti Nikolas Maduro.
- 1967 — Toshkent viloyati hokimi Sodiq Abdullayev.
- 1975 — Turkiya terma jamoasi va Ispaniyaning Villyareal jamoasi a’zosi Nihat Qahvachi.
- 1976 — turkiyalik futbol hakami Junayd Chaqir.
Vafot etganlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang: Turkum:23-noyabrda vafot etganlar
- 1842 — Xiva xoni Olloqulixon.
- 1890 — Gollandiya qiroli Uilyam III.
- 1970 — Singapurning birinchi prezidenti Yusuf bin Is’hoq.
- 1924 — Efiopiya prezidenti Amon Andom.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- days.peoples.ru (Wayback Machine saytida 2012-06-07 sanasida arxivlangan)(rus.)
- http://sof.uz/news/show/23-noyabr-sanasining-eng-muhim-voqealari (Wayback Machine saytida 2016-11-25 sanasida arxivlangan)