Kontent qismiga oʻtish

AKFA Group

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Akfa Group
Turi Masʼuliyati cheklangan jamiyat
Qachon asos solingan 2000-yil
Asoschi(lari) Jahongir Ortiqxo‘jayev
Brendlari Akfa, Imzo, Benkam, Akfa Build
Ishchilar soni 7800 (2024)

AKFA Group – PVX va alyumin profil, deraza romlar, isitish tizimlari va qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat xoldingi. Oʻzbekistondagi eng yirik xususiy kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaning bosh ofisi Toshkent shahrida joylashgan. Kompaniya 2000-yilda tashkil topgan.

Kompaniya asoschisi tadbirkor, 2018-2023 Toshkent shahar hokimi sifatida ishlab kelgan Jahongir Ortiqxoʻjayev hisoblanadi.

Boston Consulting Group (BSG) xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan 2019-yilda chop etilgan „Oʻzbekiston: Imkoniyatlar oynasi“ hisobotida AKFA Oʻzbekistonning „diversifikasiyalangan xoldingi“ deb nomlangan edi[1].

Kompaniya tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kompaniya 2000-yilda tashkil etilgan. Kompaniya asoschisi Jahongir Ortiqxoʻjayevning soʻzlariga koʻra, AKFA dastlab marketing va reklamaga katta mablagʻ sarflagan.

Biz brend yaratish uchun katta sarmoya kiritganmiz. Tashqi reklamalarimiz butun shahar boʻylab osilgan, biz uni doimiy ravishda turli formatlarda, oʻsha paytda mavjud boʻlgan barcha platformalarda aylantirdik.[2]


2006-yilda AKFA oʻzining alyuminiy profil ishlab chiqarish liniyasini ishga tushirdi. Oʻsha yilda kompaniya deraza, eshik va fasad tizimlari uchun furnitura va aksessuarlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirdi[3].

2007-yildan boshlab PVX profillari ishlab chiqarishni boshladi. 2009 yilda himoya polietilen plyonka ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirildi[4].

2011-yilda AKFA Group alyumin va bimetall radiatorlari ishlab chiqarish boʻyicha Markaziy Osiyodagi birinchi zavodni ishga tushirdi[5].

2012-yilda vertikal profil boʻyash liniyasi ishga tushirildi[6].

2012-yilda BAAning alyuminiy profillar ishlab chiqaruvchisi Emirates Extrusion Factory (EEF) Dubayning Jebel Ali[en] erkin iqtisodiy zonasidagi AKFA Group’ga tegishli boʻlgan ekstruzion alyumin profillarini ishlab chiqarish korxonani sotib oldi[7]. Kelishuv shartnomasining summasi oshkor etilmadi.

2014-yilda AKFA yangi mahsulot – alyumin kompozit panellari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi. Keyingi yillarda alyumin kompozit panellari

2015-yilda „Navoiy“ erkin iqtisodiy zonasida BENKAM brendi ostidagi ekstruziya usulida alyumin profillar ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. Umumiy investitsiyalar hajmi $39 milliondan oshdi.[8] Yangi zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 36 ming tonnani tashkil etdi. AKFA Group bosh direktori Kamran Gʻulomov eʼlon qilgan rejalarga koʻra, kelgusi 5 yil ichida zavod ishlab chiqarish hajmini 100 000 tonnagacha oshiradi[9].

2019-yilda BENKAM zavodiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurdi[10].

2016-yilda korxonada IMZO brendi ostidagi deraza va eshik tizimlarini ishlab chiqaruvchi avtomatlashtirilgan zavod ishga tushirildi. 2016-yildan beri AKFA Steel brendi ostida sendvich panellar ishlab chiqarilmoqda. 2018-yilda AKFA ikki konturli gaz qozonlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi.

2019-yilda mahsulot turlarini kengaytirib, kompaniya metall payvandlangan toʻr va granit mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi.

2019-yil yanvar oyida oʻtkazilgan matbuot anjumanida Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev AKFA kompaniyasi boshqaruvini boshqa shaxslarga topshirganini maʼlum qildi.

Men hozir Akfaʼni boshqarmayapman. Boshqaruvni shogirdlarimga topshirganman[11].


2019-yil 20-mart kuni tadbirkor Abror Gʻaniyev AKFA kompaniyalar guruhi direktorlar kengashining yangi raisi etib tayinlangani maʼlum boʻldi[12].

2020-yilda AKFA Group’ning yangi bosh direktori Kamran Gʻulomov kompaniya IPOʻga chiqishini eʼlon qildi[13]. 2021-yilda birjada birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO)ga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Niderlandiyada AKFA International Corp. B. V. Kompaniyasi roʻyxatdan oʻtkazildi[14].

Kompaniya IPOʻga chiqishni eʼlon qilgandan soʻng u oʻzining faoliyati va boshqaruv tizimini oʻzgartirishni boshladi. AKFA yangi ish tamoyillarini joriy qila boshladi. Xususan, ESG menejmenti joriy etildi, uning doirasida kompaniya oʻz biznes jarayonlarini barqaror rivojlanish mezonlariga moslashtirsh va korxonalarda mehnatni muhofaza qilish tizimini isloh qilishni boshladi.[15][16]

2021 yilda AKFA Group Oʻzbekistondagi eng baland osmonoʻpar bino Nest One uchun fasad tizimlari ishlab chiqarishni boshlangani maʼlum boʻldi.[17]

Bozordagi oʻrni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kompaniya bozordagi hukmron va monopol mavqei uchun bir necha bor tanqid qilingan. 2019-yil avgust oyida bloger Otabek Nuritdinov oʻz murojaatida AKFA mahsulotlari Oʻzbekiston ichki bozoridagi monopol mavqei va mahsulotlar narxining asossiz yuqoriligi uchun tanqid qilingan edi[18].

Oʻzbekiston Monopoliyaga qarshi davlat qoʻmitasi ushbu murojaatni oʻrganib chiqdi. Oʻrganish natijalariga koʻra rasmiy xulosa eʼlon qilingan boʻlib, unda 2019-yil 1-avgust holatiga koʻra, Oʻzbekistonda plastmassadan eshik va rom ishlab chiqaruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soni 180tadan oshganligi, alyuminiydan eshik va rom ishlab chiqaruvchi 400tadan ortiq korxonalar faoliyat koʻrsatayotganligini qayd etdi[19].

Monopoliyaga qarshi davlat qoʻmitasining taʼkidlashicha, umuman olganda, ushbu bozorda konsentratsiya past, raqobat yetarli darajada rivojlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Afgʻonistonda AKFA brendi mashhurligini taʼkidladi:

"Afgʻonistonning Mozori Sharif shahriga borganimizda, hamma reklamalar arab alifbosida yozilgan boʻlsa, lotin alifbosida yozilgan uchta reklamani koʻrdim. U ham boʻlsa Akfa, Artel va Crafers’ning reklamasi edi. Qaysi sohaga qarasangiz Jahongir Obidovich hammasini aʼlo darajada bajargan"[20]

Boshqaruv kengashi aʼzolari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ortiqxoʻjayev Jahongir Obidovich – Toshkent shahrining sobiq hokimi, kompaniya asoschisi.

Hidoyatov Sherzod Saidjanovich – Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari.

Kamron G‘ulomov[ru] – Do‘stlik ordeni sohibi, 2021-2023 yillarda AKFA Group bosh direktori[manba kerak].

AKFA Group xodimlari bir necha bor davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2019-yil 28-avgustdagi „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridab bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“gi Farmoniga asosan AKFA Engineering & Management kompaniyasi direktorining oʻrinbosari K. A. Gulamov „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan[21].

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2021-yil 19-avgustdagi „Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan tadbirkorlarning bir guruhiga minnatdorchilik bildirish toʻgʻrisida“gi farmoyishiga asosan AKFA Extrusions kompaniyasi rahbari A. M. Ibragimxodjayevga „Eng koʻp ish joylari yaratgan tadbirkor“ sifatida minnatdorchilik bildirildi. [22]

Ijtimoiy mas’uliyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kompaniya jamiyat oldidagi ijtimoiy majburiyatlarni oʻz zimmasiga olmoqda. Xususan, muntazam ravishda kam taʼminlangan aholiga yordam koʻrsatilmoqda, kasal bolalarni jarrohlik yoʻli bilan taʼminlaydi, sport tadbirlari va boshqa xayriya tashabbuslariga homiylik qilinmoqda. AKFA Bosh direktori Kamran Gʻulomov taʼkidlaganidek, „taraqqiyotni siz yashayotgan jamiyatdan alohida tasavvur qilib boʻlmaydi“.

Kompaniya asoschisi Jahongir Ortiqxoʻjayevning aytishicha, AKFA kompaniyasi Toshkent shahri infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan bir necha ijtimoiy loyihalarga homiylik qiladi.

"Akfa oʻzida faqat ishlab chiqarishni olib qoladi, qolgan – doʻkon, supermarket, gipermarketlarini sotib yuboradi. Bu yil ham Ecobozor’ni sotdi va tushgan pulning yarmi bilan oʻzining bankdagi qarzlarini toʻlamoqchi. Bundan tashqari, Akfa Medline kompaniyasi 200 nafar yurak nuqsoni bilan tugʻilgan bolalarni operatsiya qilmoqchi, oʻtgan yili 75 nafari operatsiya qilgan edi. Aytmoqchi emasdim, lekin majbur boʻldim. Bundan tashqari, koʻp qilgan ishlari bor. Bu yil ham Akfa va Artel kompaniyasi yordam berish maqsadida „nima yordam qilaylik?“, deb soʻradi. Ular oʻz mol-mulklarini sotyapti, yarimini bankdagi kreditlaridan qutulishga beryapti, yarimini esa shahardagi parklar, alleyalarga sarflab, menga yordam beryapti. Yosh bolalar operatsiyasi, nochor uylarning tomlarini yopib berish, kichik mahallalarni asfaltlash kabi narsalarga xarajat qilinmoqda".[23]

Jahongir Oritqxoʻjayev taʼkidlashicha, 2022-yilning dastlabki 6 oyda AKFA Group kompaniyasi hokimlikka 80 milliard so‘m miqdorda yordam koʻrsatdi.

2020-yilda kompaniya qarovsiz qolgan hayvonlar uchun boshpana qurishni eʼlon qildi[24]. 2021-yilda Toshkent viloyatining Pskent tumanida „Mehr“ boshpanasi ochildi[25]. „Mehr“ qurilishi va faoliyati toʻliq xususiy kompaniya hisobidan moliyalashtiriladigan qarovsiz qolgan hayvonlar uchun Oʻzbekistondagi birinchi boshpana hisoblanadi.

Bolalar saratoniga qarshi kurash kuni doirasida AKFA Group saraton kasalligiga chalingan bolalarga yordam koʻrsatmoqda[26].

  1. „Узбекистан: Окно возможностей“ (ru-UZ). Boston Consulting Group. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  2. „Цена провала: Джахонгир Артыкходжаев о выходе из бизнеса, ошибках, выводах и личном“ (ru-UZ). Spot – Бизнес, технологии и инновации в Узбекистане (2019-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  3. „AKFA Group tarixi“ (uz-UZ). AKFA Group. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  4. „AKFA Group tarixi“ (uz-UZ). AKFA Group. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  5. „AKFA Group tarixi“ (uz-UZ). AKFA Group. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  6. „AKFA Group tarixi“ (uz-UZ). AKFA Group. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  7. „EEF takes over aluminium firm in Dubai“ (en-US). Khaleej Times. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  8. „Investment attractiveness of the electrotechnical industry of the Republic of Uzbekistan“ (en-UZ). Investment Promotion Agency Under The Ministry Of Investments and Foreign Trade Of The Republic Of Uzbekistan. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  9. „AKFA Group сделали третий шаг к статусу мирового лидера по поставке алюминиевого профиля“ (ru-RU). Russian Realty. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  10. „Шавкат Мирзиёев ознакомился с проектами в свободной экономической зоне «Навои» (фото)“ (ru-UZ). Xabar.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  11. „Jahongir Ortiqxo‘jayev: Akfa boshqaruvini shogirdlarimga topshirganman“ (uz-UZ). Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  12. „Новое руководство в группе компаний AKFA“ (uz-UZ). Xalq so‘zi. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  13. „AKFA Group планирует стать публичной компанией и выйти на IPO“ (ru-UZ). Spot.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  14. „Akfa International Corp. B.V.“ (us-UK). Drimble.nl. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  15. „Много званых, мало избранных“ (us-UK). Drimble.nl. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  16. „Инструменты автоматизации систем безопасности и охраны труда: опыт AKFA Group“ (us-UK). Издательский дом Панорама.
  17. „AKFA Group glazed the highest skyscraper in Uzbekistan - Nestone in the heart of Tashkent.“ (en-EN). The Big5. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  18. „Антимонопольный комитет ответил на письмо узбекистанца хокиму Ташкента (фото)“ (ru-UZ). Anhor.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  19. „“Artel”, “Crafers” ҳамда “Akfa Group” компаниялари монопол эмас. Монополияга қарши курашиш қўмитасининг хулосаси бу“ (uz-UZ). Uza.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  20. „“Бош вазир Ортиқхўжаевга тегишли Akfa, Artel ва Crafers ширкатлари ҳақида гапирди (видео)“ (uz-UZ). Qalampir.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  21. „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг йигирма саккиз йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“ (uz-UZ). President.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  22. „Мамлакатда ишбилармонлик муҳитини ривожлантиришга муносиб ҳисса қўшиб келаётган тадбиркорларнинг бир гуруҳига миннатдорчилик билдириш тўғрисида“ (uz-UZ). President.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  23. „“3,5 yil hokim bo‘lib, davlatning bir so‘miga ham xiyonat qilmadim” — Jahongir Ortiqxo‘jayev“ (uz-UZ). Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  24. „AKFA представила проект приюта для бездомных животных“ (ru-UZ). Gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  25. „AKFA Group построили в Узбекистане приют для 1000 собак“ (ru-RU). Филантроп. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  26. „День борьбы с детскими онкозаболеваниями“ (ru-RU). Республиканский специализированный Научно-практический Медицинский Центр Онкологии и Радиологии (РСНПМЦОиР). Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.