Yuvenaliy Bakulin
Yuvaneliy Alekseyevich Bakulin | |
---|---|
O`zbekiston Kompartiyasi Andijon viloyat qoʻmitasi 1-kotibi | |
Mansab davri 1942 – 1944 | |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
Vorisi | Konstantin Shubladze |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1903 Nikolayev, Samara guberniyasi, Rossiya imperiyasi |
Vafoti | nomaʼlum |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Mukofotlari |
Yuvaneliy Alekseyevich Bakulin (1903—?) — sovet partiya va davlat arbobi, Oʻzbekiston KP (b) Andijon viloyat qoʻmitasi 1-kotibi (1942—1944).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1931-yildan VKP (b) aʼzosi.
Oʻzbekiston SSRda masʼul partiya ishida, Oʻzbekiston KP (b) MK qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudiri oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 1942 yilgacha - Oʻzbekiston KP (b) MK Andijon viloyati boʻyicha tashkiliy byurosining 1-kotibi boʻlgan. 1942—1944 yillarda — Oʻzbekiston KP (b) Andijon viloyati qoʻmitasining 1-kotibi. U „vazifani bajara olmagan“lik ayblovi bilan lavozimidan chetlashtirilgan.
1945—1947-yillarda — Ukraina KP (b) Jitomir viloyat qoʻmitasining 2-kotibi. 1947-yildan 1950-yil 9-maygacha Ukraina KP (b) Poltava viloyat qoʻmitasining 2-kotibi. Ukraina SSR Oliy Kengashining 2-chaqiriq deputati.
SSSR Paxtachilik vazirligida masʻul ishda ishlagan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Shon-sharaf belgisi“ ordeni (21.01.1939)
- Mehnat Qizil Bayrogʻi Ordeni (23.01.1946)
- bir qancha orden va medallar