Mavrikiy
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mavritsiya Respublikasi Repiblik Moris République de Maurice | |
---|---|
Shior: Stella clavisque Maris Indici (Lotincha: Star and key of the Indian Ocean) | |
Madhiya: "Motherland" | |
Poytaxt | Port Lui |
Rasmiy til(lar) |
Mavritsiya Kreole tili Fransuzcha Inglizcha Bhojpuricha |
Hukumat | Parlamentlik Respublika |
Ser Anerud Jugnauth | |
Navin Ramgoolam | |
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan) | |
• Sana |
12 mart 1968 |
Maydon | |
• Butun |
2,040 km2 (179-oʻrin) |
• Suv (%) |
0.07 |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
1,230,602 (153-oʻrin) |
• Zichlik | 603/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$16,280 mil. (122-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$13,229 |
Pul birligi | MauritiAQSh Rupee (MUR) |
Vaqt mintaqasi | UTC+4 |
• Yoz (DST) |
UTC+4 |
Qisqartma | MP |
Telefon prefiksi | 230 |
Internet domeni | .mu |
|
Mavrikiy (Mauritius), Mavrikiy Respublikasi (Republic of Mauritius) — Hind okeanining gʻarbiy qismida, Madagaskar orolidan sharqda joylashgan davlat. Mavrikiy o., Rodriges o., Kargadoskaraxos va Agalega o.lari, Chagos arxipelagini oʻz ichiga oladi (1982-yilda Mavritsiya parlamenti Chagos arxipelagini mamlakat hududining ajralmas qismi deb eʼlon qilgan. Buyuk Britaniya esa bu arxipelagni tortib olib, uning tarkibidagi Diyegogarsiya orolini AQShga 50 yilga ijaraga topshirgan). Maydoni 2045 km². Aholisi 1,8 mln. kishi (2001). Poytaxti — Port-lui shahri. Maʼmuriy jihatdan 5 shahar va 9 okrug (district)ga boʻlinadi.
Davlat tuzumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavrikiy — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik aʼzosi. Amaldagi konstitutsiyasi 1968-yilda qabul qilingan va keyinchalik qoʻshimchalar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1992-yildan Kassem Utim). U parlament deputatlarining koʻpchilik ovozi bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyati — Milliy assambleya (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni Vazirlar Kengashi amalga oshiradi. Bosh vazir va vazirlarni prezident tayinlaydi.
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Orollar vulqonlar otilishidan paydo boʻlgan, bazalt, dolomit va tufflardan tuzilgan. Yer yuzasi, ayniqsa, Mavrikiy o.ning janubi-gʻarbi qirlardan iborat (eng baland joyi 826 m), orolning oʻrta qismi — 600 m gacha balandlikdagi plato, shimoliy va sharqida sohili tekislik. Rodriges o.ning balandligi 396 m gacha. Qirgʻoqlar orolga oʻtishni qiyinlashtiruvchi marjon riflari bilan oʻralgan. Iqlimi — tropik dengiz iqlimi. Oʻrtacha harorat eng issiq oy — fevralda 26°, eng salqin oy — avgustda 16°, sohilda 18,5° gacha. Yillik yogʻin 1500–5000 mm gacha, yozi seryogʻin. Daryolari kamsuv, qurgʻoqchil davrda quriydi, eng yirigi — Grandrivyer. Qalin tropik oʻrmonlar togʻlarda saqlangan. Mavrikiy o.ning 1/4 qismi oʻrmon.
Aholisi
Aholisi, asosan, hind-mavrikiylar (69%), kreollar (27%) va hokazo. Rasmiy til — ingliz tili; fransuz va kreol tili ham keng tarqalgan. Aholining 50% ga yaqini hindu, 33% xristian, 16% islom diniga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 41%. Yirik shaharlari — Port-lui, BoBassen-Roz-Xill, Vakoa-Feniks.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavrikiy o. arab sayyohlarining esdaliklarida Dina Arobi (Kumush o.) nomi bilan tilga olinadi (10-asr). Orolda odam yashamagan. 16-asr boshlarida dastlab portugallar kelib oʻrnashdi. 1958-yil orolni gollandlar egalladi va shahzoda Morits (Oranlik) sharafiga Mavrikiy deb atadi. Gollandiya hukmronligi davrida orolga Sharqiy Afrikadan qullar keltirildi. 1715-yildan orol Fransiya, 1810-yildan Angliya hukmronligida boʻldi. 1814-yildan esa rasman Angliya mustamlakasiga aylandi. Mavrikiy aholisi koʻp yillar davomida mustamlaka tuzumiga qarshi tinmay kurash olib bordi. 1935-yil Mavrikiyda kasaba uyushmalari yuzaga keldi, 1936-yil dastlabki siyosiy partiya — oʻrta va mayda burjuaziyaga tayanuvchi Leyboristlar partiyasi tashkil topdi. Ikkinchi jahon urushi (1939-45)dan soʻng mustamlakachilikka qarshi kurash yanada kuchaydi. Natijada Buyuk Britaniya maʼmuriyati biroz yon berishga majbur boʻldi. Qonun chiqaruvchi kengashning huquqi kengaytirildi, umumiy saylov huquqi joriy etildi. 1968-yil 12-martda Hamdoʻstlik doirasidagi mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. Ammo hali Oliy hokimiyatni Buyuk Britaniya qirolichasi tayinlaydigan general-gubernator idora qilar edi. Nihoyat, 1992-yil 12-martda mamlakat respublika deb eʼlon etilib, Mavrikiy Respublikasi nomini oldi. Mavrikiy — 1968-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 12-mart — Mustaqillik kuni (1968) va Respublika kuni (1992).
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavrikiy leyboristlar partiyasi: 1936-yilda tuzilgan; Mavritsiya sotsialdemokratik partiyasi: 1955-yilda asos solingan; Jangovar sotsialistik harakat: 1983-yil tuzilgan; Mavritsiya jangovar harakati: 1969-yilda tuzilgan; Rodriges xalq tashkiloti: 1982-yilda asos solingan. Ishchilar umumiy Federatsiyasi. 53 tarmoq kasaba uyushmasini birlashtiradi: 1971-yil tashkil etilgan; Mavritsiya mehnat kongressi: 1963-yilda tuzilgan.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavrikiy — agrar-industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va oʻrmon xoʻjaligi hamda baliqchilikning ulushi 10,4%, sanoat, asosan, qayta ishlash tarmoqlarining ulushi 23%. Hududining 56% ekinzor va bogʻlardan iborat. Asosiy qishloq xoʻjaligi oʻsimligi shakarqamish boʻlib, u ekinzorlarning 94%ni egallaydi. Choy, tamaki, banan, aloe, sholi, makkajoʻxori, kartoshka, sabzavot, meva ham yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol va echki boqiladi. Parrandachilik mavjud. Baliq ovlanadi. Sanoatida shakarqamishni qayta ishlaydigan korxonalar ustun. Shveysariya soat zavodlari uchun sunʼiy yoqut ishlash, tranzistorlar uchun detallar, koʻzoynak gardishlari ishlab chiqarish, zargarlik toshlariga sayqal berish yoʻlga qoʻyilgan. Choy va tamaki bargini, sabzavot va meva, agavani, mol terisini qayta ishlaydigan fabrikalar, kemasozlik, yengil sanoat tarmoqlari, maʼdanli oʻgʻit va neft mahsulotlari korxonalari mavjud. Yiliga 390 mln. kVt/soat ga yaqin elektr energiya hosil qilinadi. Sayyohlik rivojlangan. Mavrikiyda avtomobil yoʻllari uzunligi —2 ming km. Yirik dengiz porti — Port-lui. Plezans shahrida xalqaro aeroport bor. Mavrikiy chetga qand-shakar, choy, teri mahsulotlari va poyabzal, toʻqimachilik yarim mahsulotlari chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat va neft mahsulotlari, mashina va uskunalar, sanoat mollari keltiradi. Savdo-sotiqdagi asosiy hamkorlari: Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH, JAR, Germaniya, Yaponiya, Xitoy. Pul birligi — Mavrikiy rupiyasi.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavrikiydagi boshlangʻich va oʻrta maktablarda oʻqish bepul va majburiy. Davlat va xususiy oʻquv yurtlari ham bor. Maorifi ingliz tizimi taʼsirida tarkib topgan: boshlangʻich maktab 6 yil, oʻrta maktab 7 yil Kasb-hunar taʼlimi boshlangʻich maktab negizida 1 yildan 3 yilgacha davom etadi. 5 yillik toʻliqsiz maktab negizida texnika kolleji ishlaydi. Port-lui shahrida Mavrikiy universiteti (1965), Moko shahrida Mavrikiy Gandi nomidagi institut, qand-shakar sanoati uchun mutaxassislar tayyorlovchi regional markaz mavjud. Port-lui shahrida institut (1980), Redyui shahrida Qand-shakar sanoati tadqiqot instituti ishlaydi. Mavrikiyda universitet, shahar kutubxonasi, Mavrikiy instituti, Britaniya kengashi, Qand-shakar sanoati tadqiqot instituti kutubxonalari bor. Port-lui shahrida muzey (1885), Mavrikiy gerbariysi (1960), Maebur shahrida Tarix muzeyi mavjud.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavrikiyda nashr etiladigan asosiy gazetalar: "Soushelist" ("Sotsialist", kundalik gazeta, 1983-yildan), "Chayna Tayms" ("Xitoy vaqti", xitoy tilidagi kundalik gazeta, 1959-yildan), "Ekspress" (ingliz va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gazeta, 1963-yildan), "Uikend" ("Hafta oxiri", fransuz va ingliz tillarida chiqadigan haftalik gazeta, 1966-yildan), "Nuvo militan" ("Yangi jangchi", ingliz va fransuz tillarida chiqadigan haftalik gazeta, 1979-yildan), "Mirror" ("Koʻzgu", xitoy, ingliz va fransuz tillarida chiqadigan yakshanbalik gazeta). Mavrikiy radioeshittirish korporatsiyasi 1964-yilda tuzilgan. Televideniye xizmatiga 1965-yilda asos solingan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |