Kontent qismiga oʻtish

Efiopiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Efiopiya Federativ Demokratik Respublikasi
የኢትዮጵያ ፌዴራላዊ ዴሞክራሲያዊ ሪፐብሊክ
ye-Ityopp'ya Federalawi Dimokrasiyawi Ripeblik
ShiorY'o`q
Madhiya: ወደፊት ገስግሺ ውድ እናት ኢትዮጵያ
Wedefit Gesgeshi Widd Innat Ittyoppya
Location of Efiopiya
Poytaxt Addis-Abeba
Rasmiy til(lar) Amhara tili
Hukumat Parlamentlik Respublika
• Prezident
Mulatu Teshome
Hailemariam Desalegn
Konstitutsiya (1995)
Maydon
• Butun
1,127,127 km2 (27-oʻrin)
• Suv (%)
0.7
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
73,053,286 (16-oʻrin)
• Zichlik 64/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$60,340 mil. (70-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$826
Pul birligi Ethiopian Birr (ETB)
Vaqt mintaqasi UTC+3
• Yoz (DST)
UTC+3
Qisqartma ET
Telefon prefiksi 251
Internet domeni .et

Efiopiya (የኢትዮጵያ ፌዴራላዊ ዴሞክራሲያዊሪፐብሊክ (yeʾĪtiyoṗṗya Fēdēralawī Dēmokirasīyawī Rīpebilīk), Efiopiya Federativ Demokratik Respublikasi), Habashiston (Efiopiyannng Sharqda tarqalgan ikkinchi nomi) — Shimoliy-Sharqiy Afrikadagi davlat. BMT aʼzosi. Maydoni 1227 ming km². Aholisi 115 mln. kishi (2022). Poytaxti – Addis Ababa shahri. Maʼmuriy jihatdan 9 shtatga boʻlinadi.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Efiopiya – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1995-yil 22-avgustda qabul qilingan. Davlat boshligʻi – prezident (2001-yildan Girma VoldeGiorgis), u parlament tomonidan 6 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Xalq vakillari kengashi (parlamentning quyi palatasi), ijrochi hokimiyatni Bosh vazir va hukumat amalga oshiradi. Parlament – Federal majlis 2 palata: Federatsiya kengashi (yuqori palata) va Xalq vakillari kengashi (quyi palata)dan iborat.

Efiopiya hududining aksari qismi subekvatorial mintaqada boʻlib, katta qismini Efiopiya togʻligi (balandligi 2000–3000 m) egallaydi (eng baland joyi 4623 m, RasDashen togʻi). Mamlakat janubi-sharqidagi chuqur graben EfiopiyaSomali platosi (balandligi 1500 m gacha)ni togʻlikdan ajratib turadi. Shimoli-sharqda Afar botigʻi (botiqdagi Assal koʻlining sathi dengiz sathidan 116 m past) bor. Efiopiyada oltin, platina, mis, nikel, marganets rudalari, tabiiy gaz, kaliy guzi va boshqalar bor. Iqlimi shimoliy va sharqida tropik choʻl va chala choʻl iqlim, qolgan qismida subekvatorial iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 13° – 19° (Addis-Abeba). Oʻrtacha yillik yogʻin 150–160 dan 1500–1800 mm gacha (ayrim joylarda 50 mm dan kam). Asosiy daryolari: Koʻk Nil, VebiShebeli. Bir qancha koʻl bor; eng yirigi – Tana koʻli. Tuproklari Efiopiya togʻligi yon bagʻirlarida qizil qoʻngʻir va togʻ toʻq qizil tuproq, moʻʼtadil mintaqada togʻ qoramtir tuproq, sovuq mintaqada ishqorsizlangan tuproq, qurgʻoqchil sharqiy va janubiy chekkalarida qoʻngʻir va qizil qoʻngʻir, koʻpincha toshloq tuproqlar mavjud. Efiopiyaning shim., sharqiy va janubiy qismi butazorli choʻl va chala choʻl, choʻlga aylangan savannalardan iborat. Daryo vodiylarida doim yashil oʻrmonlar bor. Efiopiya togʻligining gʻarbiy va janubiy gʻarbiy yon bagʻirlari tropik oʻrmon. Hayvonot dunyosi xilmaxil: yirik sut emizuvchilar (kiyik, jirafa, buyvol, begemot, fil, zebra, togʻ echkisi) koʻp. Yirtqich hayvonlardan arslon, qoplon uchraydi; har xil maymunlar, qushlar yashaydi. Milliy bogʻlari: Avash, Gambela, Simen va boshqalar.

Efiopiya aholisining 3/4qismini amxara va oromolar tashkil etadi; shuningdek tigrai, galla, tigre, sidimo va boshqalar xalqlar ham yashaydi. Rasmiy til – amxara tili. Dindorlarning aksariyati musulmonlar va xristianlar. Shahar aholisi 11,5%. Yirik shaharlari: Addis-Abeba, Xarar (Xarer), Nazret (Adama).

Efiopiya hududidan topilgan arxeologik topilmalar yoshi taxminan 2 mln. yilga yaqin. Miloddan avvalgi asrlarda Efiopiya hududida somxom va boshqalar til guruhlariga mansub xalqlar yashagan. Mil. boshlarida Shimoliy Efiopiya hududida Aksum podsholigi mavjud boʻlgan. V–VI asrlarda xristianlikning monofislik yoʻnalishi mamlakatdagi hukmron dinga aylandi. VII asrda arablarning Shimoliy va Sharqiy Afrikaga bostirib kirishi va Arab xalifaligining paydo boʻlishi natijasida Aksum podsholigi inqirozga uchradi. XIII asrdan bu hududda Efiopiya podsholigi mavjud boʻlgan. XVIII asr oxiri – XIX asr 1-yarmida oʻzaro urushlar natijasida bir qancha knyazliklarga boʻlinib ketdi. 19-asrning 50-yillari Kuaralik Kasa mamlakatni birlashtirishda muhim rol oʻynadi [1855-yiloʻzini Teodros (Fyodor) II nomi bilan imperator deb eʼlon qilgan]. 1867-yil Buyuk Britaniya Efiopiyaga qarshi urush boshladi. Urushda Efiopiya armiyasi yengildi (1868), lekin ingizlar xalq ommasining qattiq qarshiligiga uchrab, mamlakatdan chiqib ketishga majbur boʻldi. XIX asrning 70–80-yillari Efiopiya Misr va Sudan bilan urush olib bordi. Urushlar natijasida Efiopiyaning kuchsizlanganidan foydalangan Italiya 1882-yil Assab, 1885-yil Massaua portlarini bosib oldi. 1889-yilgi bitim boʻyicha Efiopiya Italiya protektoratiga aylandi. 1890-yil boshida Italiya Qizil dengiz boʻylaridagi oʻzi egallagan yerlarni Eritreya mustamlakasiga birlashtirdi. 1895-yil italyan qoʻshinlari Efiopiyaga yana hujum qildilar. 1896-yilI martdagi jangda Efiopiya qoʻshinlari italyanlarni tormor keltirdi. 1896-yil 26-oktabrda tuzilgan sulh shartnomasiga koʻra, Italiya Efiopiyaning toʻla mustaqilligini tan oldi. Imperator MenelikII davri (1889–1912)da mamlakatni markazlashtirish nihoyasiga yetdi va bir qator qoʻshni viloyatlar Efiopiyaga qoʻshib olindi. Uning oʻlimi (1913)dan soʻng hokimiyat uchun kurash avj oldi. 1930-yil Xayle Selassiye I E. imperatori boʻldi. U bir qancha islohotlarni amalga oshirdi (1931-yil mamlakatning birinchi konstitutsiyasini qabul qildi). 1935–36 yildagi Italiya-Efiopiya urushi natijasida Italiya Efiopiyani egalladi va uni "Italiya Sharqiy Afrikasi" mustamlakasi tarkibiga kiritdi. 1941-yil yanvar da inglizefiop qoʻshinlari Sudan hududidan Efiopiyaga kirib, italyan qoʻshinlariga qarshi hujum boshladilar va 1941-yil oxirida Efiopiyani italyan qoʻshinlaridan ozod qildilar (harbiy harakatlarda qatnashgan ingliz qoʻshinlari mamlakatdan 1954-yil chiqib ketdilar). 1942-yil mamlakatda qulchilikni taqiqlash va qullarni ozod qilish toʻgʻrisida farmon eʼlon qilindi. 1952-yil BTM Bosh Assambleyasining qaroriga muvofiq Italiyaning sobiq mustamlakasi – Eritreya federativ asosda Efiopiyaga qoʻshildi. 1962-yil Eritreyaning federativ maqomi imperatorlik hukumatining tazyiqi bilan bekor qilindi va u Efiopiya bilan toʻliq birlashdi. 20-asr 60– 70-yillarida turli ijtimoiy qatlamlarning faolligi kuchaydi. Agrar islohotlar haqidagi masalani hal etishning choʻzilishi, 1973-yildagi qurgʻoqchilik va yuz minglab kishilarning ochlikdan halok boʻlishi, narxnavoning oshib, yuqori amaldorlar oʻrtasida poraxoʻrlikning avj olishi 1974-yil boshiga kelib monarxiya tuzumining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tangligini kuchaytirdi. 1974-yil fevralda ish tashlash va namoyishlar boshlandi. U mehnatkashlarning monarxiyaga qarshi inqilobiga aylanib ketdi va 1974-yil 12-sentabrda Xayle Selassiye I agʻdarib tashlandi. 1975-yil martda mamlakat respublika deb eʼlon qilindi va Sotsialistik Efiopiya deb ataddi, 1987-yil sentabrdan Efiopiya Xalq Demokratik Respublikasi, 1991-yil iyundan Efiopiya, 1995-yil avgustdan Efiopiya Federativ Demokratik Respublikasi deb nomlandi. 1993-yil mayda mustaqillik uchun olib borgan 30 yillik kurashdan soʻng Eritreya Efiopiyadan ajralib chiqdi va oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Efiopiya – 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 2-yanvarda tan olgan va 1996-yil 15-iyulda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 28-may – Tinchlik va demokratiya oʻrnatilgan kun (1991-yil 28-mayda Efiopiya xalqlari inqilobiy demokratik fronti hokimiyat tepasiga kelgan).

Asosiy siyosiy partiya va tashkilotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hamda kasaba birlashmalari Efiopiyada tinchlik va demokratiya uchun muqobil kuchlar ittifoqi, 1993-yil tashkil etilgan; Efiopiya demokratik birlik partiyasi, 1984-yil asos solingan; Efiopiya xalklari inqilobiy demokratik fronti, 1989-yil tuzilgan. Efiopiya kasaba uyushmalari, 1977-yil tashkil etilgan.

Efiopiya – agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat 12%, qishloq xoʻjaligi 55%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 33%ni tashkil etadi.

Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotda yetakchi rol oʻynaydi. Mehnatga layoqatli aholining 85%ga yaqini qishloq xoʻjaligida band. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi – dehqonchilik. Asosiy oziq-ovqat ekini – arpa, teff (tariqning bir turi), makkajoʻxori, bugʻdoy, yer yongʻoq, kungaboqar. Shuningdek, shakarqamish, paxta, tamaki yetishtiriladi. Sabzavot xam ekiladi. Sitrus mevalar, oʻrik, shaftoli, anor, banan oʻstiriladi. Eksport uchun kofe yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy, echki, xachir, tuya bokiladi. Parrandachilik, oʻrmon asalarichiligi rivojlangan. Oʻrmonlarida qimmatbaho yogoch tayyorlanadi.

Sanoatida oziq-ovqat, yengil, neftni qayta ishlash, metallsozlik, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal tarmoqlari yetakchi. Yiliga oʻrtacha 1,28 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Eng yirik GES – Fincha. Hunarmandchilikda toʻquvchilik, teri, suyak va yogʻochni qayta ishlash rivojlangan. Platina, oltin, marganets rudasi, kaliy tuzi, kvars qumi qazib olinadi.

Efiopiyada temir yoʻllar uzunligi – 0,78 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi – 19,4 ming km. Tashqi savdo yuklari asosan, Jibuti porti orqali amalga oshiriladi. Efiopiya chetga kofe, teri xom ashyosi, dukkakli donlar, moyli uruglar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, oziq-ovqat, mashina va jihozlar, isteʼmol mollari oladi. Tashqi savdoda Germaniya, Saudiya Arabistoni, AQSH, Italiya, Yaponiya, Jibuti bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi – bir.

Tibbiy xizmati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish davlat davolash muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Vrachlar Addis-Abebadagi universitetning tibbiyot fakulteti va Gonderdagi tibbiyot kollejida tayyorlanadi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taʼlim tizimi 6 yillik boshlangʻich va 6 yillik oʻrta maktabdan iborat. 7–12 yoshdagi bolalar uchun boshlangʻich taʼlim majburiy. Oʻqish amxara tilida olib boriladi. Hunartexnika taʼlimi toʻliqsiz oʻrta maktab negizida amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari 2 yil lik oʻqituvchilar institutida, oʻrta maktab oʻqituvchilari untlar, Addis-Abebadagi pedagogika institutida tayyorlanadi. Addis-Abebada milliy unt, Bahr-Darda politexnika instituti, Jimmada qishloq xoʻjaligi instituti bor. Qishloq xoʻjaligi institut va kollejlari mamlakatning boshqa shaharlarida ham bor.institutlar milliy universitet huzuridagi qishloq xoʻjaligi stansiyalari, efiop tadkiqotlar instituti, geofizika rasadxonasi, oʻrmon tadqiqotlari instituti, xaritagrafiya va geogr. instituti, geol. tadqiqotlari boʻlimida olib boriladi. Shuningdek, Addis-Abebada qishloq xoʻjaligi instituti, Afrika chorvachiligi tadqiqot markazi, Efiopiya geol. xizmati, Jimma yaqinida kofe seleksiya ilmiy tekshirish stansiyasi mavjud. Yirik kutubxonalari: Addis-Abebadagi universitet kutubxonasi, Addis-Abebadagi milliy kutubxona. Addis-Abebada Arxeologiya muzeyi, Desse shahrida muzey bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Efiopiyada bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Asosiylari: "Addis zemen" ("Yangi vaqt", amxara tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1941-yildan), "Yezareitu Itiopiya" ("Bugungi Efiopiya", amxara tilidagi haftalik gazeta, 1952-yildan), "Yekatit ("Fevral", amxara va ingliz tillaridagi bezakli jurnal), "Meskerem" ("Sentabr", amxara tilida har choraqda chiqadigan nazariy jurnal, 1980-yildan), "Efiopian gerald" ("Efiopiya xabarnomasi", ingliz tilidagi haftalik gazeta, 1943-yildan). Hukumatga qarashli Efiopiya axborot agentligi 1964-yil tashkil etilgan. Efiopiya radiosi, hukumat radioeshittirish xizmati, 1941-yil tuzilgan; Efiopiya televideniyesi, hukumat xizmati, 1964-yil asos solingan.

Efiopiya adabiyoti koʻp tilli. Efiopiya da yozuv va epigrafika miloddan avvalgi 5-asrda sabey tilida yaratilgan. Gyoez tilidagi efiop adabiyoti 4–7-asrlarda yuzaga keldi. 6-asrda yunon tilidan gyoez tiliga xristian va gnostitsizm adabiyotiga oid bir qancha asarlar tarjima qilingan. 8–12-asrlarda efiop adabiyoti tushkunlikka uchradi. 13 –15-asrlarda arab tilidagi koʻplab asarlar tarjima qilindi. 14-asrda "Shohlar shuhrati" nomida asar yaratildi. Imperator Naod oʻrta asrning yirik shoiridir. Gyoez tilidagi adabiyot 15– 16-asrlarda yuksak darajada rivojlandi. Oʻsha davrning mashhur yozuvchisi Zere Yakob diniydogmatik traktlar va madhiyalar toʻplamini yaratdi. 16–19-asrlarda Efiopiya adabiyoti 6 til (gyoez, arab, amxara va boshqalar)da rivojlandi. Hozirgi zamon amxara tilidagi efiop adabiyotining asoschisi Afeuork Gebre Iyesus (18681947) hisoblanadi. U 1908-yil birinchi badiiy asar – "Qalb bilan tugʻilgan tarix" romanini yaratdi. 1920– 30 ylardagi koʻzga koʻringan yozuvchilardan biri Xiruy Volde Selassiye (1889–1939)dir. Efiopiya adabiyotining taraqqiyoti Kabbede Mikael, Mekonnin Endalkachou va boshqalar maʼrifatparvar yozuvchilar faoliyati bilan bogʻliq. 1950–60 yillarda yozuvchilar Taddese Liben, Birxanu Zerixun, Abu Guben, shoir va dramaturglar Mengistu Lemm, Segaye Gebre Medxinlarning voqelikni real aks ettiruvchi asarlari bosilib chiqdi. 1974-yil monarxiya tuzumi agʻdarilgach, Aseff Gebre, Maryam Tesemm, Ayalnex Mulatu sheʼrlari mashhur boʻldi. Birxanu Zerixun, Segaye Gebre Medxin, Bealyu Girma kabi adiblar samarali ijod qiddilar. Adabiyotga yosh yozuvchilar guruhi kirib keldi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Efiopiya hududidan eng qadimiy (miloddan avvalgi 2-ming yillik) davrlarga oid qoyatosh suratlari, hoʻkiz, odamning boʻrttirib ishlangan tasvirlari topilgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida togʻli platolarda qadimiy sharq sanʼati tipidagi sanʼat gullabyashnadi; qoʻrgʻon, ibodatxona, shoxlar haykallari, hayvonlar tasviri yaratildi. 1-ming yillikning 1-yarmi va oʻrtalarida Aksum podsholigi ravnoq topgan davrda mahobatli saroylar, koʻp qavatli minora shaklidagi tosh stela va taxtlar, toʻgʻonlar, suv omborlari, turar joy binolari qurildi. Aksumda xristianlik yoyilgan (4-asr oʻrtalari)dan keyin monastir majmualari va bazilikali cherkovlar yaratildi (DebreDamo majmuasi, 6-asr). Keyinchalik (13–14-asrlarda) Lalibedda qoyatoshlarni oʻyib cherkovlar yaratildi, freska, rang-tasvir asarlari, naqshlar bilan bezatildi. 14-asrda shohning BetAmxara qarorgohidagi ibodatxona va monastirlar hashamatliligi bilan shuhrat qozondi. 14-asrdan kopt, suriyamesopotamiya, arman sanʼatlari taʼsirini oʻzida mujassam etgan efiop miniatyurasi rivojlandi. 17-asrda mamlakatning yangi poytaxti–Gonder shahri qurildi. Shaharda mahalliy va Gʻarbiy Yevropa meʼmorligi uslubida toshdan 2 qavatli qasrsaroylar qurildi. Efiopiyada anʼanaviy xalq turar joyi, asosan, aylana shaklida, tomi konussimon holda shoxshabbadan toʻqilib, loy bilan suvaladi yoki toshdan loy bilan ishlanib toʻgʻri burchakli, usti yassi qilib quriladi. Mamlakat janubda gumbazsimon kulbalar koʻp. 19-asr 2-yarmi – 20-asr boshlarida shaharlar (Addis-Abeba), yoʻl, koʻprik, kasalxona, maktab, GESlar barpo etildi. 1954–56 yillarda Addis-Abeba shahrini qayta rekonstruksiya qilish rejasi tasdiqlandi. 1955-yil milliy teatr binosining yaratilishi Efiopiya madaniy hayotida katta voqea boʻldi. 1960–80 yillarda ham bir qancha inshootlar barpo etildi. Yiriklari: Afrika uyi (1961), Milliy bank (1973–76), kasalxona majmuasi, pochtamp, "VebiShebeli" mehmonxonasi (hammasi Addis-Abeba shahrida) va boshqalar Efiopiyada professional sanʼat rivojlanmoqda. Rassomlardan Afevork Tekle, Gebe Kristos Desta, Abdul Rahmon Sharif, haykaltarosh Taddese Mamecha va boshqalar mashhur. Efiopiya aholisi qadimdan kulollik, poya va poxoldan turli roʻzgʻor anjomlari toʻqish, kandakorlik, kashtadoʻzlik, yogʻoch oʻymakorligi, charmga gul solish va hokazo bilan shugʻullanib keladi.

Efiopiya musiqasi Misr madaniyati taʼsirida rivojlandi. Aholining etnik jihatdan xilmaxilligi ham Efiopiya musiqa folklorining turlituman boʻlishiga taʼsir koʻrsatgan. Torlitirnama betena, qirar, kamonli mesinko, turli puflama (vashint, imbilta, malakat) va urma (atamo, negarit va boshqalar) musiqa cholgʻulari mavjud. 5–6-asrlarda diniy (xristian) koʻp ovozli qoʻshiq va raqslar keng tarqalgan. Ulardan asosiylarini 6-asrda avliyo Yared tizimga solib, qogʻozga tushirgan. Keyinchalik monastirlar qoshida xonandalik maktablari tashkil topgan. Efiopiyada musiqa madaniyati anʼanalarini sayyor shoirqoʻshiqchilar – azmarilar davom ettirib kelganlar. 20-asrning boshlaridan ilk puflama sozlar orkestrlari paydo boʻlgan, kompozitorlar oʻz ijodlarida milliy musiqa anʼanalarini gʻarb musiqa madaniyati yutuqlari bilan uygʻunlashtirishga intildilar (Konyatta Iofataxa Negusse, Aleka Melaku BeggoSeu va boshqalar). Ayni vaqtda 1950–60 yillarda anʼanaviy efiop musiqasiga qiziqish ortdi. 1952-yildan folklorni oʻrganish boʻyicha jidsiy ish boshlandi. Milliy musiqaga bagʻishlangan dastlabki musiqashunoslik ishlari yuzaga keldi. Musiqa taʼlimiga ham eʼtibor kuchaydi: Addis-Abebadagi universitetda sanʼat fakulteti, 1963-yil universitet huzurida Badiiy ijod markazi tashkil etildi. Shu yili Addis-Abebada Milliy musiqa maktabi ochildi.

Efiopiya xalqlarining teatr sanʼati sarchashmalari anʼanaviy rasmrusumlardan boshlangan (toʻy, dafn marosimlari va boshqalar). 20-asr boshlarida umumiy taʼlim maktablari bilan birga maktab teatrlari ham paydo boʻldi. 20-asrning 30-yillari "Vatan himoyachilari ittifoqi" teatri faoliyat koʻrsatdi. 1950-yil Addis-Abebada havaskorlik festivali oʻtkazildi. 1955-yil poytaxtda birinchi professional teatr ochildi (70-yillar oʻrtalaridan Milliy teatr). Uning repertuaridan milliy dramaturglar pyesalari, V.Shekspir, N.V.Gogol asarlari tarjimalari keng oʻrin oldi. Efiopiyada targʻibot teatri, teatrlashtirilgan ommaviy xalq bayramlari va folklor sanʼati ommalashgan.

1970-yillarning oʻrtalarigacha asosan, qisqa metrajli hujjatli filmlar ishlab chiqarilgan. Xususan, rejissyor S.Bekelening "Qizil mavjudot" (1968), "Ijtimoiy majmua" (1970), "Afrika kinosining hozirgi holati" hujjatli filmlarida muhim ijtimoiy muammolar koʻtarildi. 1974-yil birinchi qisqa metrajli badiiy film – "Guma" (rejissyor M.Papatakis) yaratildi. "Kurash davom etmoqda" (1975, rejissyor M.Papatakis) nomidagi birinchi toʻliq metrajli hujjatli film jiddiy muammo – agrar islohotlarga bagʻishlandi. Rejissyor M.Papatakisning "Oʻtmish gʻamtashvishlari, kelajakka yoʻl" hujjatli filmi (1977)da jabrlangan xalqning koʻp asrlik tarixi aks ettirildi. "Uch ming yillik hosili" badiiy filmi (1976, rejissyor Xayle Girma), "Kurash – gʻalaba, gʻalaba–kurash" (1978, rejissyor M.Papatakis), "Gʻalabaga yoʻl" (1981, rejissyorlar Taseze Jarra, Getachou Tarekegen) hujjatli filmlari yaratildi. 1979-yil Milliy kinematografiya markazi tuzildi. Mamlakatda 40 ga yaqin kinoteatr bor. Yiliga oʻrtacha 3–4 hujjatli film ishlab chiqariladi.