Kontent qismiga oʻtish

Shakarqamish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ShakarqamishShakarqamish (Saccharum), nayshakar — qoʻngʻirboshlar oilasiga mansub kup yillik, kand (shakar) moddali utsimon usimliklar turkumi. 5 ta madaniy turi bor. Vatani — Janubiy Sharkiy Osiyo. Sharqiy Xitoy, Indoneziya, Eron va boshqa turli mintakalarda, Hindistonda mil. av. 3ming yillikda ustirilgan. 16-asrda Kubaga va Amerikaga keltirilgan. Kuba (1100 ming ga), Nikaragua (627 ming ga) Braziliya (4860 ming ga), Xitoy (1048 ming ga), Hindiston (4150 ming ga), Pokiston (1056 ming ga) va boshqa mamlakatlarda ekiladi (1999). Yevropada faqat Ispaniyada oʻstiriladi (arablar tomonidan 8-asrda keltirilgan). Oʻzbekiston hududida 1936-yildan Surxondaryo viloyatining Denov tumanida ekila boshlagan. Jahon boʻyicha ekin maydonlari 19405 ming ga, xreiddorligi 656,9 s/ga, yalpi hosili 1274697 ming t.

Ildizi yaxshi rivojlangan, 1,5 m chukurlikka kirib boradi, poyasi tik, baland (6 m gacha), rangi sariq, pushti, qizil, qora, barglari keng, uzun (kengligi 10 sm gacha, uz. 2 m gacha), makkajoʻxoriga oʻxshash roʻvagi yirik, boshogʻi uzun, tuklar bilan qoplangan, guli ikki jinsli. Ekilgandan soʻng birinchi ikkita bargning paydo boʻlishi uchun 30—32° harorat va 12—13 kun kerak boʻladi. Tropiklarda rivojlanish sikli — qalamchalarni ekishdan boshlab poyaning toʻliq pishishi va uni yigʻishtirish 12—24 oy davom etadi. Bir dalada 2—4 sikl oʻstiriladi (Oʻrta Osiyoda vegetatsiya davri 7 oy atrofida boʻlgani sababli bir yillik oʻsimlik tarzida yetishtiriladi). Texnik pishish davri roʻvaklanish davriga toʻgʻri keladi. Shansi issiqsevar, yorugʻsevar va namtalab, qisqa kun oʻsimligi (—3° da barglari nobud boʻladi). Shansi poyasi shakar i.ch.da asosiy xom ashyo hisoblanadi. Poya tarkibida qand miqdori oʻrtacha 16—18%, baʼzilarida 20—21% gacha (poya ogʻirligiga nisbatan oʻrtacha 11 — 12% shakar chiqadi). Shansi poyasi oʻrilganidan keyin, shakar zdlarida poyasidan siqib sharbat, sharbatdan shakar olinadi (yangi sharbatini bevosita isteʼmol qilish mumkin), sharbat quyqasidan spirt va rom ishlab chiqariladi. Sharbati siqib olingan poyasi hamda barglari yemxashak, yoqilgʻi sifatida ishlatiladi. Sugoriladigan yerlarda yetishtiriladi, qalamchasidan koʻpaytiriladi. 25—35 sm li qalamchalar chuq. 20—25 sm, eni 25 sm boʻlgan uyalarga 2—3 tadan ekiladi, koʻchatlari tutib ketganidan keyin mavsumda 12—15 marta sugʻoriladi. Sh. roʻvaklanish davrida poyaning 4—5 sm yuqorisidan oʻriladi. Oʻrilgan poyadan 4—6 haftadan keyin yangi novdalar oʻsib chiqadi va ular keyingi yili oʻriladi.

Halima Otaboyeva.