Kontent qismiga oʻtish

Sabzavot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

SabzavotSabzavot (forSabzavottoj. sabza — yamyashil oʻt, maysa) — rezavor va poliz ekinlari va ularning ovqatga ishlatiladigan mahsuli. Sabzavotlar jahonning deyarli barcha mamlakatlarida ekiladi. Sabzavot tabiiy yoki qayta ishlangan holida isteʼmol qilinadi. Sabzavotlarning barchasi oziqlik, dorivor va parhez xususiyatiga ega. Ovqatga va yangiligida istemol qilish uchun Sabzavotlarning mevasi, yosh novdasi, ildizi, ildizmevasi, tuganagi, urugʻi, toʻpguli, bargi va boshqa ishlatiladi. Insonning bir kunlik ovkat ratsionida Sabzavot 600 g ni tashkil etishi kerak. Sabzavotning tarkibi va ozuqalik sifati mahsulot turiga, yetishtirish sharoitiga va saqlanishiga qarab oʻzgarib turadi. Shuning uchun ularni koʻproq yangiligida isteʼmol qilinadi. Sabzavot mahsulotlari quruq moddasining asosiy qismini uglevodlar — kraxmal, qand, kletchatka hamda pektinli moddalar tashkil etadi. Sabzavot tarkibida qand (0,5—2,5%), organik kislotalar, xushboʻy moddalar, kul elementlari (0,4—3%), vitaminlar (5–50 mg%S vitamini, shuningdek, karotin, Vg V2, RR va boshqalar) bor. Sabzavot tarkibida moy boʻlmaydi, oqsil kam miqdorda (1—2%, dukkaklilarda 5—6%), suv 65—96% ni tashkil qiladi. Shu sababli ularning energetik qimmati unchalik yuqori emaSabzavot (2 dan 2 ming kj/kg gacha). Ammo Sabzavotda biologik faol birikmalar (kaliy, magniy, temir, fosfor tuzlari), mikroelementlar ham mavjud. Sabzavotlarning muhim fiziologik xususiyatlari ularning ishtahani qoʻzgʻatishi, boshqa mahsulotlarning hazm boʻlishini yaxshilashidir. Oʻzbekistonda Sabzavotlarning barcha turlari mart oyidan to kech kuzgacha, qishbahor fasllarida (issiqxona va parniklar)da yetishtiriladi. Ayrim Sabzavotlar qayta ishlanganda yoki ovqatga solinganda vitaminlar va xushtaʼmlik xususiyatlari birmuncha yoʻqoladi. Tuzlash, marinadlash, tez muzlatish, vakuumda quritishda vitaminlar va boshqa moddalar koʻproq saqlanib qoladi.

Abdunabi Hakimov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil