Kontent qismiga oʻtish

Mozambik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mozambik Respublikasi
República de Moçambique
ShiorY'o`q
Madhiya: Patria Amada
Location of Mozambik
Poytaxt Maputu
Rasmiy til(lar) Portugal tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Armando Guebuza
Mustaqillik (Portugaliyadan)
• Sana
25-iyun 1975
Maydon
• Butun
801 590 km2 (36-oʻrin)
• Suv (%)
2.2
Aholi
• 2017-yilgi roʻyxat
29 668 834 (54-oʻrin)
• Zichlik 24/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$25,660 mil. (104-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$1,322
Pul birligi Metical (MZN)
Vaqt mintaqasi UTC+2
• Yoz (DST)
UTC+2
Qisqartma MZ
Telefon prefiksi 258
Internet domeni .mz

Mozambik (Mocambique), Mozambik Respublikasi (República de Moçambique) — Afrikaning jan,sharqiy sohilidagi davlat. Maydoni 801,6 ming km². Aholisi 19,4 mln. kishi (2001). Poytaxti — Maputu shahri Maʼmuriy jihatdan 11 viloyat (provincia)ra boʻlinadi. Maputu shahri ham viloyat maqomiga ega.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mozambik — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik aʼzosi. 1990-yil 30-noyabrda qabul qilingan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — prezident (1986-yildan Joakim Albertu Chissano). U umumiy yashirin tugʻri ovoz berish yuli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — Respublika Assambleyasi (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyat prezident zimmasiga yuklatilgan. U Vazirlar Kengashiga rahbarlik qiladi, vazirlarni, shu jumladan, bosh vazirni tayinlaydi.

Qirgʻoqning umumiy uz. 3000 km ga yaqin. Qirgʻoqlari qoyali, tik, oʻrtacha balandlikda, janubida past, yassi, ayrim joylarda botqoqliklar bor. Mamlakatning shimoliy qismida Sharqiy Afrika yassitogʻligi joylashgan, u gʻarbdan sharqqa zinapoyasimon pasay-ib boradi. Hududning kattagina semiki Mozambik payettekisligi egallaydi. Foydali qazilmalardan kumir, uran va temir rudalari, asbest, fosforit, slyuda, oltin, sharqda berilliy, niobiy, tantal, litiy ruda konlari bor.

Mozambikning shimoliy qismida iqlim subekvatorial mussonli, janubida tropik, passatli. Mozambik payettekisligida yanvarning Urtachi temperaturasi 26°—30°, iyulniki 15°—20°, yassitogʻlikda (qish va yezda) 3°—5° dan past. Yillik yogin 750–1000 mm, sohilda 1500 mm gacha. Yirik daryolari — Zambezi, Limpopo, Savi, Ruvuma. Hayvonot dunyosi boy va xilma-xil. Yirik sut emizuvchilar, asosan, qoʻriqxona va milliy bogʻlarda saqlanib qolgan. Chunonchi, Gorongoza milliy bogʻida fil, begemot, arelon, timsohlar, Marrumeu qoʻriqxonasida kafr buyvollari yashaydi. Oʻrmonlarda maymun kup. Turli ilon va qushlar uchraydi. Mozambikda Ba-nine, Zinave, Bazaruto milliy boglari ham bor.

Aholisi, asosan, bantu tili oilasiga mansub xalqlar (makua, tsonga, malavi, shona)dan iborat. Mozambikning shimoliy qismida sharqiy bantu xalqlari, janubiy qismida janubiy -sharqiy bantu xalqlari yashaydi. Yevropa va Osiyodan kuchib kelganlar (portugallar, hindlar, pokistonliklar), arablar, mulatlar ham bor. Rasmiy til — portugal tili. Mahalliy tillardan — shimolida imakua va chinyanja, janubida chishona va shangoalan tillarida koʻproq gaplashiladi. Aholining 70% mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi; qolganlari xristian va musulmonlar. Aholining 17% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Beyra, Maputu, Nampula.

Mozambikning eng qad. aholisi bushmenlar va gottentotyaaranr. Keyinchalik Mozambikga bantu tilida soʻzlashuvchi qabilalar kelib oʻrnashgan. Milodiy 1ming yillikning oxiri va 2-ming yillikning boshlarida Mozambik hududida Monomotap davlati vujudga keldi. 8-asrdaarablar, 16-asr boshlarida portugallar bostirib keldi. 1629-yilgi ogʻir shartli bitimdan soʻng Monomotap davlati Portugaliyaga tobe boʻlib qoldi. 17—18-asrlarda Portugaliya mustamlakachilari Mozambik hududida qul savdosi bilan shugʻullandi. 1752-yildan Portugaliyaning Sharqiy Afrika sohilidagi yerlarida generalkapitan boshliq mustamlaka maʼmuriyati taʼsis etildi. 1909-yil Portugaliya Janubiy Afrika Itti-foqi maʼmuriyati bilan har yili Mozambik mahalliy aholisidan 100 ming ishchini Transvaaldagi kumir va oltin konlariga majburan yuborish haqida konvensiya tuzdi.

1920-yil Mozambikdan kelgan afrikalik talabalar Lissabonda vatanparvarlar tashkiloti — Afrika ligasini tuzdi. Keyinchalik Mozambikda Afrika assotsiatsiyasi, mozambikliklar assotsiatsiyasi va boshqa tashkilotlar yuzaga keldi. Bu tashkilotlar mustamlakachilikka qarshi tuzilgan edi. 1925-yil transport ishchilari va dokerlar, 1949-yil Lorensu-Markish (hozirgi Maputu)da ishchi va dokerlarning ish tashlashlari boʻlib oʻtdi. 1964-yil 25-sentabrda Mozambikni ozod qilish fronti - FRELIMO (1962-yilda tuzilgan) rahbarligida quroldi qoʻzgʻolon boshlandi. Portugaliya qoʻshinlariga qarshi qurolli kurash jarayonida FRELIMO oʻz armiyasini tuzdi va dastlab Kabu-Delgadu, Nyasa okruglarida, 1968-yildan Tete okrugi atrofida jang boshladi. 1973-yil oxirida mamlakat hududining ʻ/4 qismi FRELIMO nazoratiga oʻtdi.

1974-yil 25-aprel da Portugaliyada fashis-tlar istibdodi agʻdarilgach, 1974-yil 5-sentabr dan Portugaliya muvaqqat hukumati bilan FRELIMO oʻrtasida muzokara olib borildi va 20-sentabrda Mozambikda hokimiyat muvaqqat hukumat qoʻliga oʻtdi. 1975-yil 25-iyunda Mozambik rasman mustaqil davlat maqomiga ega boʻldi. 1990-yil noyabrgacha mamlakat Mozambik Xalq Respublikasi, soʻng Mozambik Respublikasi deb ataldi. Mozambikni ozod qilish fronti hamda respublika hukumati keng ijtimoiy va iqtisodiy oʻzgarishlarni nazarda tutgan dastur ishlab chiqsi va uni amalga oshirishga kirishdi. Biroq portugallar koʻplab ketib qolishi natijasida malakali mutaxassislar yetishmay qoldi. Koʻpgina sanoat korxonalari toʻxtadi, qishloq xoʻjaligi ekinzorlari huvillab qoldi. Tashqi qarz oshdi, tashqi savdo qiyinlashdi. FRELIMO partiyasi sanoat va qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga intilib, muhim iqtisodiy va ijtimoiysiyosiy tadbirlar oʻtkazdi. Anʼanaviy xususiy xoʻjaliklarga keng yoʻl ochildi. Qoʻshilmaslik va barcha mamlakatlar bilan doʻstlik tashqi siyosatga asos qilib olindi. Mozambik — 1975-yildan BMT aʼzosi. 1991-yil 27-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi. Milliy bayrami —25-iyun — Mustaqillik kuni (1975).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mozambikni ozod qilish fronti (FRELIMO) partiyasi, 1962-yil 25-iyunda tuzilgan; Mozambik milliy qarshiligi partiyasi, 1976-yilda asos solingan. Mozambik mehnatkashlari tashkiloti kasaba uyushmasi, 1983-yilda tashkil etilgan.

Mozambik — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 46%, sanoatning ulushi 27%.

Mozambikda yer fondi 78,3 mln. gektarni tashkil etadi, uning 44,4 mln. gektari pichanzor va yaylov, 19,4 mln. gektari oʻrmon va siyrak oʻrmon. Dehqonchilikka yaroqli 15 mln. gektar yerning faqat 5—6 mln. gektaridan foydalaniladi, qurgʻoqchilik yillarida bundan ham kamayadi. Oziq-ovqat mahsulotlari orasida moyli palma, yer yongʻoq, kungaboqar asosiy oʻrin oladi. Maputu, Beyra, Nampula shaharlari atrofida oziq-ovqat mu-ammosi qisman banan, loviya, pomidor va boshqa sabzavot hisobiga hal etiladi. Inyambane va Nampula viloyatlarida maniok, Zambeziya va Maputu viloyatlarida makkajoʻxori, oq joʻxori koʻproq ekiladi. Eng muhim ekinlar qatoriga keshyu yongʻogʻi, paxta, shakarqamish, kopra, sitrus mevalar kiradi va koʻp qismi eksport qilinadi. Sizal, jut, tamaki, choy ham yetishtiriladi.

Chorvachiligi, asosan, ichki isteʼmolni taʼminlaydi. Setse pashshasi boʻlmagan Gaza, Maputu viloyatlari, shuningdek, Manika va Sofala vilo-yatlarining bir qismi muhim chorvachilik makonlaridir. Qoramol, echki, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Dengizda baliq va boshqa suv jonivorlari ovlanadi.

Sanoatining asosiy tarmoqlari, oziq-ovqat va yengil sanoat, energetika, neft sanoati, kimyo sanoati, kora metallurgiya, qurilish materi-allari sanoati va boshqa Maputu va Beyra shaharlarida un, arahis,kungaboqar yogʻi, pivo, qandshakar, baliq konserva, goʻsht va keshyu yongʻogʻini qayta ishlash korxonalari bor. Shimoyodagi meva konservalari va sharbat ishlab chiqarish zavodi Afrikadagi eng yirik shunday korxonalardan biri hisoblanadi. Mamlakatdagi 40 ta toʻqimachilik korxonasidan 14 tasi Maputuda joylashgan. Ularda paxta, shuningdek kopra, sizal va jutdan turli buyumlar ishlab chiqariladi. Beyrada paypoq fabrikasi, Shimoyoda jutdan qopqanor, Nakalada sizaldan yoʻgʻon va ingichka arqonlar toʻqiydigan fabrika bor. Maputu poyabzal fabrikasi yiliga 1 mln. juft Maputu shahridagi milliy teatr, oyoq kiyim ishlab chiqaradi. Maputu, Beyra, Nampula, Shimoyo, Inyamin-geda yogʻochsozlik va mebel fabrikalari, sellyulozaqogʻoz kombinati mavjud. Maputudagi mashinasozlik korxonalarida va-gonlar ishlab chikariladi, avtobus, mototsikl, velosiped, sovitkich yigʻiladi, kabel ishlab chiqariladi, kemalar taʼmirlanadi. Maputu, Dondo, Nakalada sement zavodlari bor. Toshkoʻmir, mis, siyrak metalli rudalar, diatomit qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 490 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi.

Mozambikning asosiy transport yoʻllari Mozambik portlari orqali qoʻshni mamlakatlar — Zimbabve, Malavi, Esvatini va JAR oʻrtasida tranzit yuk tashilishini taʼminlashga xizmat kiladi. Transport yoʻli — transportning eng muhim turi. Uzunligi 3843 km. Avtomobil yoʻllari tarmogʻining uz. 39 ming km. Beyra — Mutare neft kuvuri qurilgan. Asosiy dengiz portlari: Maputu, Beyra, Nakala, Kelimane. Xalqaro aeroportlari: Mavalane (Maputuda) va Beyra. Mozambik chetga mayda qisqichbaqa, keshyu yongʻogʻi, kopra, sitrus mevalar, choy, paxta, sizal, yogʻoch sotadi. Chetdan mashina va uskunalar, oziq-ovqat, pishloq, isteʼmol buyumlari, neft mahsulotlari oladi. Tashqi savdodagi mijozlari: Portugaliya, JAR, AQSH, Yaponiya, Ispaniya. Pul birligi — metikal.

Mustaqillik eʼlon qilinganidan soʻng aholiga tibbiy xizmatni yaxshilash choralari koʻrildi: xususiy kasalxona va dispanserlar davlat ixtiyoriga olindi, bepul tibbiy xizmat joriy etildi, baʼzi doridarmonlar bepul beriladigan boʻldi; aholini qizamiq, bezgak, sil kasalligiga karshi emlash yoʻlga qoʻyildi. Maputuda bezgak va boshqa yuqumli kasalliklarni ta-dqiq qiluvchi xalqaro markaz ochilgan. Maputu universitetining tibbiyot fakultetida vrachlar tayyorlanadi. Mozambiklik yoshlar chet ellardagi tibbiyot oliy va oʻrta oʻquv yurtlarida ham taʼlim olib kelayotir.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mozambik mustaqillikka erishgach (1975), maorif ishlari avj oldi. Savodsizlikni tugatish va katta yeshdagilarga taʼlim berish milliy boshqarmasi tuzildi, muallimlar tayyorlovchi 6 oylik maxsus kurslar ochildi. Yagona dunyoviy xalq taʼlimi davlat tizimi, umumiy majburiy boshlangʻich taʼlim joriy etildi. Hunartexnika taʼlimi kengaytirildi. Maputu yakinidagi Matol shahrichasida hunartexnika bilim yurti, Nampulada industrial pedagogika texnikumi, Beyra, Tete, Maputu, Imoyro, Shakva va boshqa shaharlarda hunartexnika kollejlari va oshirilgan toifadagi texnika kollejlari kurildi. Mozambikdagi 6 ta maxsus oʻquv yurti qishloq xoʻjaligi uchun mexanizatorlar tayyorlaydi. Mazkur oʻquv yurtlari va maktablar uchun oʻqituvchilar E. Monddane nomidagi universitetda va maxsus markazlarda tayyorlanadi. Koʻpgina yoshlar chet ellarga borib oʻqib keladi.

Maputuda E. Mondlane nomidagi universitet, pedagogika instituti, Mozambik ilmiytadqiqotlar instituti, astronomiya va meteorologiya rasadxonasi, paxta tadqiqoti instituti, sogʻliqni saqlash instituti, geol. va konchilik xizmati bor. Maputuda milliy kutubxona, universitet kutubxonasi, Geol. xizmati kutubxonasi, Munitsipal kutubxona, Axborot va hujjatlashtirish markazining kutubxonasi, Nampulada industrial pedagogika texnikumining kutubxonasi mavjud. 1980-yil Maputuda ishchilar uchun mamlakatda birinchi ommaviy kutubxona ochildi. Maputuda etn. va tabiat tarixi muzeyi, geol. muzeyi, Inkilob muzeyi, Milliy tarix muzeyi, Milliy sanʼat muzeyi, Beyrada Etn. muzeyi, Nampulada Badiiy galereya bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mozambikda bir necha gazeta va jurnallar nashr etiladi. Yiriklari: "Vanguarda" ("Avangard", portugal tilida chikadigan oylik gazeta, 1989-yildan), "Diariu di Mozambik" ("Mozambik kundalik gazetasi", portugal tilida chikadigan gazeta, 1981-yildan), "Domin-gu" ("Yakshanba", portugal tilida chikadigan yakshanbalik gazeta, 1981-yildan), "Kampu" ("Dala", portugal tilida chiqadigan oylik gazeta, 1984-yildan), "Notisiash" ("Yangiliklar", portugal tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1926-yildan), "Tempu" ("Vaqt", portugal tilida chiqadigan oylik jurnal, 1970-yildan). Mozambik axborot agentligi hukumat axborot agentligi boʻlib, 1975-yilda tuzilgan. Mozambik radiosi qukumatga qarashli radiostansiya, 1975-yilda asos solingan. Mozambik televideniyesi, hukumat xizmati, 1981-yilda tuzilgan.

Mozambik xalqlarining folklori koʻp janrli va koʻp tilli boʻlishiga qaramay, kam oʻrganilgan va yozma adabiyotda toʻliq ifodalanmagan. Ammo koʻpgina shoir va yozuvchilarning ijodida folklorning taʼsiri sezilib turadi. Mozambikda madaniy va ijtimoiy oʻzlik namoyon boʻlishining ilk shakli jurnalistika boʻlgan. Jurnalistika 20-asr boshlarida portugal mustamlakachilari oʻtkazayotgan maʼnaviy qorishish siyosatiga qarshi norozilik ifodasi tarzida paydo boʻldi. 1918-yilda asos solingan "Bradu afrikanu" haftanomasining afrikaliklar uyushmasi mu-stamlakachilikka qarshi ruxda boʻlib, unda aka-uka Juan va Joze Albazini hamda atoqli jurnalist, Mozambik adabiyoti asoschisi E. Diash hamkorlik qildilar. Mozambikda badiiy adabiyot portugal tilida 20-asrning 20-yillarida paydo boʻldi, unda 2 ta — mustamlakachilikka tarafdor va unga qarshi yoʻnalish tarkib topdi. Xalqchil adabiyot namoyandalari J. Albazini ("Gʻam-gʻussa kitobi"), R. di Noronya va boshqa mustaqillik ruhida kitoblar yozishdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Mozambik adabiyotida realistik tamoy-il kuchaydi. J. Kraveyrinye va Noemiya di Sozning otashin sheʼrlari, Mozambik dush Santushning joʻshqin publitsistikasi xalqni ozodlik kurashiga ruhlantirdi. J. Diashning hikoyalar toʻplami — "Godido" qullarcha itoatgoʻylikni itqitib tashlashga chaqirdi. Key-ingi yillarda L. Bernardu Onvana va O. Mendish qurolli kurash bosqichlari, shoirlardan R. Nogar, E. Gebuza, S. Viyeyra atrof dunyoni qayta qurish haqida yozdilar. Adabiyotning badiiy shakli oʻzgarib, tili soʻzlashuv nutqiga yaqinlashib borayotir. Yozuvchilar ma-xalliy bantu guruhi tili ga tobora tez-tez murojaat qila boshladi.

Meʼmorligi, tasviriy va amaliy sanʼati.

[tahrir | manbasini tahrirlash]

umba togʻi yon bagʻirlaridagi suratlar Mozambik hududidagi eng qad. yodgorliklardir. Ular ohularning, yalangʻoch va kiyimli odamlarning qizil boʻyoqda tasvirlangan rasmlaridan iborat. Oʻrta asrlardan bir qancha shaharlarda portugal istehkomlari (Mozambik shahridagi qalʼa, Mozambik o.dagi San-Sebash-tyan qalʼasi) qolgan. Zamonaviy meʼmor A. Guyedish loyihasi asosida qurilgan murakkab tuzilishdagi turar joylar va jamoat binolari (Chikumbandagi qishloq xoʻjaligi maktabi, Inyambanedagi kottej va boshqalar) shaharlar meʼmoriy qiyofasiga oʻziga xoslik baxsh etgan. Odatda, Mozambik xalqlarining uylari 2 to-ifada quriladi. Dengiz sohilida turar joylar yogʻoch va chiviqlardan, toʻgʻri burchak tarhli qilib solinadi va ustidan loy bilan suvaladi, tomi 2 tomonga nishab qilib, oʻt-oʻlan bilan yopiladi. Mamlakat ichkarilarida esa uylar dumaloq, oʻrtasiga ustun oʻrnatilib, tomi konus shaklida qamish va shox-shabba bilan yopiladi. Uy devorlariga koʻpincha rangbarang boʻyoklarda jonivorlar suratlari va turli rasmlar solinadi. Derazalarga naqshlar tushiriladi. 20-asrning 2-yarmida shaharlarda yevropacha imoratlar kurila boshladi.

Amaliy va tasviriy sanʼatida yogʻochdan erkak va ayollarning, bola koʻtargan onalarning haykalchalarini, turli shakllarni yasash, savat va bordon toʻqish, zarang idishlar yasash va ularni bezash odat boʻlgan. Oshqovoq poʻstlogʻidan idishlar qilinadi, sopol idishlarga botiq va boʻrtma naqshlar tushiriladi. Uy eshiklari, mebellar oʻymakorligi urf boʻlgan. 19-asrning 40-yillaridan milliy rangtasvir maktabi vujudga kela boshladi (birinchi rassom ayol Bertina Lopish). 50-yillarda bir guruh rassom va haykaltaroshlar voyaga yetdi (rassomlar V.G. Malangatan va A. Chissanu, haykaltarosh N. Langa, rangtasvirchi V. Mankeu, Mashaana, Mukaveli va boshqalar).

Mozambik musiqiy madaniyati qad. Xalq urf-odatlari, toʻytomoshalar, chaqaloq tugʻilishini nishonlash kabi marosimlar musiqasiz oʻtmaydi. Qoʻshiq, raqs, mashshoqlik xalq kundalik hayotiga singib ketgan. Urib chalinadigan asboblar xilma-xil boʻlsa ham, ammo ksilofon asosiy oʻrinda turadi, uning 50 dan ortiq turi mavjud. Ansambllarda doʻmbira va ksilofondan tashqari, qarsildoq, shiqildoq va qoʻngʻiroqlar katta oʻrin tutadi. Puflama cholgʻular orasida bambuk va qamish naylar, suyak va yogʻoch hushtaklar, burgʻular, tilchali-klavishli chol-gʻulardan mbira, bir torli sozlardan kamonsimon chitende, katimbva, gʻijjakka oʻxshagan takare, rebeka va boshqa, koʻp torli sitra (bangue, pango) ommalashgan. Musiqiy asboblar chalish, asosan, erkaklarning ishi boʻlsa, qoʻshiqlarni erkaklar ham, ayollar ham aytaveradi (ammo aralash xor kamdankam uchraydi). Mozambikda anʼanaviy musiqa bilan bir qatorda arab va portugal musiqiy madaniyati taʼsiridagi qoʻshiq va raqslar ham paydo boʻldi. Musiqa sanʼatini targʻib qilish uchun Milliy qoʻshiq ansambli tuzilgan.

Dastlabki hujjatli lentalar: "Nachingvea" (1974) va "Rovumdan Maputugacha" (1975)da milliy ozodlik kurashidagi gʻalabalar aks ettirildi. Ularda savodsizlikni tugatish, turmushdagi poklik va ozodlik mavzulari ham aks etgan. 1975-yilda tuzilgan Milliy kino instituti filmlar ishlab chiqarish va prokat qilish, kino axborot tarqatish va boshqa mamlakatlar bilan kino ayirboshlash bilan shugʻullanadi. "Yigirma besh" (1977, rejissyor Z.S. Korrea va S. Lukash), "Mustaqillik yili" (1978, rejissyor F. Silva), "Leopold" operatsiyasi" (1980, rejissyor K. di Soza), "Ozod ovozlar" (1981, rejissyor J. Koshta) salmoqli filmlar jumlasiga kiradi. "Mueda: qirgʻinbarot xotiralari" (1980, rejissyor R. Gerra) deb atalgan birinchi tuda metrajli badiiy film milliy ozodlik kurashini ifodalaydi. Birinchi rangli film "Kuyla, birodarim" (1982) milliy musiqiy festivallarga bagʻishlangan. Multfilmlar ham yaratila boshladi.[1]

Hududiy bo'linishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mozambik 11 provinsiyaga bo'linadi.

Provinsiya Markazi Maydoni, km.kv Aholisi (1997), min. kishi
2 Gaza Shai-Shai 75 709 1034
11 Zambeziya Kelimane 105 008 3202
3 Inyambane Inyambane 68 615 1112
1 Kabu-Delgadu Pemba 82 625 1284
4 Manika Shimoyo 61 661 975
5 Maputu(shahar) Maputu 602 1098
6 Maputu (provinsiya) Maputu 25 756 809
7 Nampula Nampula 81 606 3065
8 Nyasa Lishinga 129 056 764
9 Sofala Beyra 68 018 1380
10 Tete Tete 100 724 1149

Mamlakat poytahti — Maputu (1200 min. kishi.). Yirik shahari: Beyra (412 588 kishi.), Nampula (230 min. kishi.), Inyambane (150 min. kishi.), Tete (100 min. kishi.). Asosiu portlari: Beyra, Nakala, Kelimane.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil