Kontent qismiga oʻtish

Senegal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Senegal Respublikasi
République du Sénégal
Shior"Un Peuple, Un But, Une Foi"
(Fransuzcha: Bir xalq, bir maqsad, bir din)
Madhiya: Pincez Tous vos Koras, Frappez les Balafons
Location of Senegal
Poytaxt Dakar
Rasmiy til(lar) Fransuzcha
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Macky Sall
Mohammed Dionne
Mustaqillik (Fransiya)
• Sana
4 Aprel 1960
Maydon
• Butun
196,712 km2 (86-oʻrin)
• Suv (%)
2.1
Aholi
• 2016-yilgi roʻyxat
15,411,614 (72-oʻrin)
• Zichlik 68.7/km2
YIM (XQT) 2017-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$15,431,000,000 (117-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$973
Pul birligi CFA Franc (XOF)
Vaqt mintaqasi UTC+0
• Yoz (DST)
UTC+0
Qisqartma SN
Telefon prefiksi 221
Internet domeni .sn

Senegal, Senegal Respublikasi (République du Sénégal) — Gʻarbiy Afrikada joylashgan davlat. Maydoni 196,2 ming km². Aholisi 15,6 mln. kishi (2016). Poytaxti — Dakar shahri. Maʼmuriy jihatdan 10 viloyat (region)ra boʻlinadi.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Senegal — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2001-yil 7 yanvarda maʼqullangan. Davlat boshligʻi — prezident (2000-yildan Abdulay Vad), u umumiy toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va yana bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Millat majlisi (parlament) va ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Senegal hududining aksariyat qismi Atlantika okeani sohiliga qarab pasayib boradigan pastbaland tekislikdan iborat. Shim.dagi sohil chizigʻi tekis, janubida daryolarning estuariylari bilan biroz parchalangan. Senegal hududida temir ruda, fosforit, alyumofosfat, qalay, mis, ohaktosh, volfram, tantal, toshtuz, boksit, neft, niobiy, marmar konlari topilgan. Iklimi subekvatorial, shimolida quruq va janubida nam iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura yil davomida deyarli oʻzgarmaydi (yanvarda 23°, iyulda 28°). Yillik yogʻin shimolida 250–300 mm dan janubida 1500 mm gacha. Yirik daryolari — Senegal, Gambiya va Kazamans. Qizilqoʻngʻir tuproklar koʻproq uchraydi. Shimolida chala choʻl oʻsimliklari usadi, krlgan joylarda savannalar va siyrak oʻrmonlar bor. Hayvonot dunyosi: savannalarda kiyik, milliy bogʻlarda chiyaboʻri, sirtlon, qoplonlar yashaydi. Kemiruvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va hasharot koʻp. Qirgʻoq boʻyi suvlari baliqqa boy. Tabiatni saqlash maqsadida Juj, NiokoloKoba, DeltaSaluma va boshqa milliy bogʻlar tashkil etilgan.

Aholisining koʻpchilik qismini (87%) gʻarbiy atlantika tillari oilasiga kiruvchi volof, fulbe, serer, diola va boshqa xalqlar tashkil etadi; arablar, yevropaliklar (asosan, fransuzlar) ham yashaydi. Rasmiy til — fransuz tili. Shahar aholisi 42,3%. Aholining aksariyati musulmonlar. Katoliklar ham bor. Yirik shaharlari: Dakar, Kaolak, Tiyes.

Senegal hududida paleolit davrida manzilgoxlar paydo boʻlgan. Oʻrta asrlarda bu yerlar toʻla yoki qisman Gana, Mali, Songay davlatlari tarkibiga kirgan. 9—18-asrlarda Senegal hududida bir necha davlat paydo boʻlgan. 15-asrda bu yerga portugallar bostirib kirib, fil suyagi, aqoqiyo, oltin qumni tashib keta boshlagan, 16-asrdan qul savdosini avj oldirgan. 17-asrdan fransuzlarning kirib kelishi boshlangan. 1895-yil S hududi Fransuz Gʻarbiy Afrikasi tarkibiga kiritildi. Birinchi jahon urushidan keyin S.da dastlabki siyosiy tashkilotlar vujudga keldi. 1939— 45 yillardagi Ikkinchi jahon urushi vaqtida Senegal hududi "Ozod Fransiya"ning tayanch bazalaridan biri, ittifoqchilarning muhim harbiydengiz bazasi boʻldi. Urushdan soʻng S.da milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1958-yil referendum natijalariga koʻra, Senegal Fransiya hamjamiyati tarkibidagi oʻzini oʻzi boshqaruvchi respublikaga aylandi. 1959-yil yanvarda S va Fransiya Sudani Mali Federatsiyasiga birlashdi. 1960-yil 4 apreldagi bitimga muvofiq, Federatsiyaga mustaqillik berildi. 20 avgustda Senegal Federatsiyadan chikdi va mustaqil respublika deb eʼlon qilindi. Senegal 1960-yildan BMTaʼzosi. Milliy bayrami — 4 aprel — Mustaqillik kuni (1960).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sotsializm va birlik harakati partiyasi, 1981-yil asos solingan; Demokratik ittifoq — Mehnat partiyasini tuzish harakati partiyasi, 1974-yil tuzilgan; Milliy demokratik birlashma partiyasi, 1976-yil tashkil etilgan; Mustaqillik va mehnat partiyasi, 1957-yil asos solingan sobiq Senegal mustaqilligi afrikaliklar partiyasi yoʻlining davomchisi, taʼsis qurultoyi 1981-yil oʻtkazilgan; Senegal demokratik partiyasi, 1974-yil tuzilgan; Senegal sotsialistik partiyasi, 1948-yil asos solingan; Demokratik yangilanish partiyasi, 1997-yil tashkil etilgan. Senegal meqnatkashlari milliy konfederatsiyasi, 1969-yil tuzilgan.

Senegal — iqtisodiy zaif agrar mamlakat. Yalpi mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 19%, sanoatning ulushi 17%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 64%. Senegal eksporti qiymatining yarmiga yaqini qishloq xoʻjaligiga toʻgʻri keladi, mehnatga layoqatli aholining 3/4 qismi shu sohada band. Yer yongʻoq yetishtirish va uni qayta ishlash muhim ahamiyatga ega (dunyoda yetakchi oʻrinlardan biri). Tariq, maniok, sholi, batat, makkajoʻxori, moyli palma, paxta ham yetishtiriladi. Mevachilik va sabzavotchilik bilan shugʻullaniladi. Qoramol, qoʻy, echki, uy parrandasi boqiladi. Baliq ovlanadi. Sanoatida fosforit (asosan, eksportga), osh tuzi, marmar qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 769 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Senegal sanoati, asosan, yer yongʻoqni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Bunday korxonalarning aksariyati Yashil Burun yarim orolda joylashgan. Yengil sanoat tarmoqlaridan toʻqimachilik va poyabzal (Dakarda) ishlab chiqarish rivojlangan. Sement, mebel, taxta tilish, metallsozlik, kimyo sanoati (fosforit asosida oʻgʻit ishlab chiqarish) va neftni qayta ishlash korxonalari bor. Hunarmandchilik qad. soha hisoblanadi. Temir yoʻllar uz. 0,9 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 14,6 ming km. Senegal daryosida kema qatnaydi. Dengiz porti va xalqaro aeroporti — Dakar. Chetga yer yongʻoq moyi, kunjara, fosforit chiqaradi, chetdan oziq-ovqat, mashina va asbobuskuna, toʻqimachilik mahsulotlari, poyabzal, neft keltiradi. Asosan, Fransiya, Kamerun, Italiya bilan savdo kiladi. Pul birligi — afrika franki.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taʼlim tizimi fransuzcha uslubda tashkil topgan. Birinchi boshlangʻich maktab 1816-yil, birinchi kollej 1843-yil ochilgan. Mustaqillik eʼlon qilingan paytda aholining 95% savodsiz edi. 1963-yil 6 yoshdan 12 yoshgacha majburiy boshlangʻich taʼlim toʻgʻrisida qonun qabul qilindi. Boshlangʻich maktab 6 yillik. Oʻrta maktabda oʻqish 7 yil: 4 yil toʻliqsiz oʻrta (kollej) va 3 yil toʻliqoʻrta (litsey). Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizidagi hunar maktabida (3 yil), texnika kollejida (4 yil), texnika litseyida (7 yil) amalga oshiriladi. Oliy taʼlim tizimida Dakar universiteti (1949), Gor mutatsiya universiteti faoliyat koʻrsatadi. Ularda oʻqish muddati 4 yildan 6 yilgacha. lllyningdek, oliy kollejlar: Dakarda veterinariya tibbiyot maktabi, milliy maʼmuriy maktab, Tiyesda politexnika maktabi va boshqa bor. Kutubxonalari: Dakarda Senegal arxivi kutubxonasi bilan (1913), Qora Afrika fundamental institutining kutubxonasi (1938), universitet kutubxonasi (1952), Tiyesda Politexnika maktabining kutubxonasi. Muzeylari: Dakarda Afrika sanʼati muzeyi (1936), Qora Afrika Fundamental instituti muzeyi, Gorda Tarix muzeyi, Dengiz muzeyi (1959) va boshqa

Ilmiy muassasalarning kupi Dakar universiteti tarkibiga kiradi, ularning eng yirigi Qora Afrika Fundamental instituti. Bundan tashqari, Milliy arxiv (1913), Milliy sanʼat instituti (1972), Fantexnika tadqiqotlari byurosi, Qishloq xoʻjaligi instituti (1974, 10 ilmiy markaz va lab.lari bilan birga), Paster instituti (1896), Afrika mintaqaviy texnologiya markazi (1977), Afrika iqtisodiyotni rivojlantirish va rejalash muammolari instituti (1963), Tropik oʻrmonni oʻrganish markazi (1966), ilmiy jamiyatlar va boshqa bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telakoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eng muhim gaz. va jur.lari: "Soley" ("Quyosh", kundalik umummilliy gaz., 1970-yildan), "Jurnal ofisyel de la Repyublik dyu Senegal" ("Senegal Respublikasining rasmiy gazetasi", hukumatga qarashli haftalik rasmiy xabarnoma, 1856-yildan), "Sopi" (haftalik gazeta), "Daan doole" ("Mehnatkash", oylik gaz., 1982-yildan), "Karfur" ("Chorraha", 2—3 oyda bir marta chiqadigan gaz., 1984-yildan), "Politisyen" ("Siyosatchi", oylik hajviy gaz., 1977-yildan), "Yunite Afriken" ("Afrika birligi", oylik gaz., 1974-yildan), "Afrika" (oylik jur., 1962-yildan), "Gestu" ("Tadqiqot", 2 oyda bir marta chikadigan nazariy jur.), "Taksau" ("Qoʻzgʻol", oylik jur., 1977-yildan), "Etiopik" (oylik ijtimoiy-siyosiy va adabiy jur., 1975-yildan). Senegal axborot agentligi — SAA — hukumat axborot agentligi; Senegal radioeshittirish va telekoʻrsatuv boshqarmasi — xukumat mahkamasi, 1972-yil tuzilgan.

Adabiyoti fransuz va mahalliy tillarda. S.da baxshigriotlar ijro etadigan qad. ogʻzaki sheʼriy anʼana mavjud. Mustaqillik eʼlon qilingandan keyin mahalliy milliy tillarda yozuv paydo boʻla boshladi. Bakari Dialloning oʻz hayoti asosida yozgan "KuchSahovat" qissasi (1926, birinchi adabiy asar hisoblanadi)dan soʻng Usmon Sose Diopning "Karim" (1935), "Parij saroblari" (1937) romanlari bosilib chiqdi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng adabiyotning rivoji jadallashdi. L. Sengorning chuqur milliy sheʼriyati xalqni ozodlik kurashiga ruhlantirdi. 50—60-yillarda Abdulay Saji, Shayx Hamidu Kan, U. Semben romanlari dunyo yuzini koʻrdi. U. Semben "Vatanim mening, oʻktam xalqim mening", "Harmattan — issiq shamol" romanlarini milliy ozodlik kurashi mavzuiga bagʻishladi. Yosh avlodga mansub shoirlardan Malik Fall va Ibrohim Sourang, dramaturglardan Lamin Diakxate, Amadu Sisse Dia, Mamadu Traore Diop va Sheyk Ndaolar ijtimoiy muammolarga, xalqning qahramonona oʻtmishiga koʻp eʼtibor berdilar.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrta asrlar madaniyat yodgorliklaridan unchalik baland boʻlmagan doirasimon daxmalar, toʻgʻri burchakli va doira kesimli megalitmengirlar (12—14-asrlar, Tambakunda yaqinida), zoʻr mahorat bilan ishlangan zargarlik buyumlari: kumush va tilla marjonlar, turli zebziynatlar, sopol va mis idishlar saqlanib qolgan. Aholining turar joylari shoxshabbadan toʻrtburchak shaklda ishlangan tomi toʻrt nishabli chaylalar boʻlib, sirti va ichi loy bilan suvaladi (garbiy tumanlarda), aylanma shakldagi kulbalar tomi konus tarzida oʻtoʻlan bilan yopiladi, toʻgʻri burchakli bostirma kulbalar ham uchraydi (sharqiy tumanlarda). Peshayvon bilan oʻralgan choʻziq doirasimon turar joylar jan. tumanlarga xosdir. Ularning old tomoni qizil va koʻk rangda jonivorlar va zamonaviy texnika — samolyot hamda paroxod rasmlari bilan bezatiladi. S.ga islom dini kirib kelishi tufayli machitlar kurila boshladi. Ular orasida Tubadagi taqasimon ravokdi machit diqqatga sazavordir. U hovlisining atrofi peshayvonlar va toʻrt tarafi 8 qirrali minoralardan iborat qilib, Shimoliy Afrikaning oʻrta asrlar meʼmorligi uslubida qurilgan. 20-asrda shaharlarda (asosan, Dakarda) zamonaviy turar joylar, fabrika, meqmonxona, maʼmuriy binolar qurishga kirishildi. Koʻp qavatli uylar oftob toʻsqich qurilmalar bilan tropik iqlimga moslab fransuz funksionalizmi ruhida qurildi. 1960-yildan keyin 1 — 2 qavatli beton uylardan iborat ishchi shaharchalari barpo etish avj oldi. Mamlakatda anʼanaviy badiiy xunarmandchilik (yogʻochdan roʻzgʻor anjomlari va mebel, sopoldan turli idish va bezak buyumlari, novdadan savat, sumka, belbogʻlar, timsoh va ilon terisidan buyumlar yasash), badiiy toʻquvchilik urf boʻlgan. Ular "Dakar rassomlik maktabi" uslubida ziynatlanadi.

Senegal musiqasi qadimdan Gvineya, Mali, SyerraLeone va boshqa mamlakat xalqlari musiqasi bilan birga rivojlanib kelgan. 12-asrdan arab, 15—16-asrlardan yevropaliklar musiqasi taʼsiri sezila boshlagan. Senegal xalqining cholgʻu asboblari: yumaloq qovoq pustidan yasalgan barabanlar, kum soat shaklidagi 2 membranali baraban, shaqildoq, tartarak, qoʻngiroq; turli ksilofon, balafon, fleytalar ham keng tarqalgan. Mehnat, sevgi qoʻshiqlari, bolalarga atalgan ashulalar, ajdodlar ruhini ulugʻlovchi tarixiy ertak qoʻshiqlari, raqsga moslab aytiladigan marosim qoʻshiklari mavjud. Aksariyat bir ovozlilik, faqat jan. xalqlarida koʻp ovozlilik Senegal musiqasiga xos xususiyatdir. Anʼanaviy musiqaning asosiy ijrochilari griotlardir. 20-asrning 60-yillaridan musiqa sanʼati muammolari bilan shugʻullanuvchi oʻquv va ilmiy muassasalar paydo boʻla boshladi. Radioeshittirish (1926-yildan) va telekoʻrsatuv (1964-yildan) musiqiy eshittirishlarga katga eʼtibor beradi. Dakarda turli sanʼat festivallari oʻtkazib turiladi.

Teatrining rivojlanishida xalq baxshilari — griotlar koʻp ijodiy mehnat qildilar. Dastlabki teatrlar maktablarda tashkil etildi. 1933-yil Dakardagi Uilyam Ponti nomidagi maktab teatrida Afrika hayotidan hikoya qiluvchi spektakllar fransuz tilida sahnalashtirildi. Mamlakat mustaqillikka erishgach, Senegal teatri rivojlanib, Afrika mamlakatlari orasida yetakchi boʻlib qoldi. 1961-yil Milliy balet ansambli tashkil etildi, uning dasturida raqs, pantomima, musiqali drama va vokal sahnalar bor. 1965-yil Dakarda milliy teatr binosi qurildi. Havaskorlik teatri rivoj topdi. 1969-yil Havaskorlik teatri federatsiyasiga aylantirildi.

20-asrning 50 yillarida Fransiyada taʼlim olayotgan afrikalik talabalar hayotini tasvirlovchi "Senadagi Afrika" (1955, rejissyorlar P. Vyeyra, M.Sarr) filmi Senegal kinematografiyasi boshlanishiga turtki boʻldi. Senegal mustaqilligi eʼlon qilingach, "Millatning tugʻilishi" (1961) va "Lamb" (1963, rejissyor P. Vyeyra), "Tubadagi katta ibodatxona" (1961, rejissyor B. Sengor) va boshqa hujjatli filmlar yaratildi, ularda xalqning mustaqillik va milliy madaniy anʼanalar uchun kurashi aks ettirildi. Yozuvchi va rejissyor U. Sembenning "Aravachali kishi" (1963) filmi xalqaro jamoatchilikning eʼtiborini qozondi. "...lik qoratanli" (1966), "Mandat" (1968), "Sedda" (1977) va boshqa filmlarida rejissyor eski va yangi mustamlakachilikka karshi kurash jarayonida milliy ongning oʻsishi muammolarini koʻtarib chiqdi. Keyingi yillarda "Ayol" (rejissyor M. Traore), "Bezori" (rejissyor J. Mambeti), "Karim", "Baks" (rejissyor M. Tiam), "Sertifikat" (rejissyor T. Av), "Getitey" (rejissyor S.Nyay) badiiy filmlari yaratildi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil