Yakov Sinay
Yakov Sinay | |
---|---|
Tavalludi |
21-sentyabr 1935-yil Moskva, Rossiya SFSR, Sovet Ittifoqi |
Fuqaroligi | Rossiya, AQSh |
Sohasi |
Matematika Informatika |
Institutlar | Moskva davlat universiteti, Landau nazariy fizika instituti, Princeton universiteti |
Akademik rahbarlari | Andrey Kolmogorov |
Mashhur shogirdlari |
Leonid Bunimovich Nikolay Chernov Dmitriy Dolgopyat Svetlana Jitomirskaya Anatole Katok Konstantin Xanin Grigory Margulis Leonid Polterovich Marina Ratner Corinna Ulcigrai |
Mashhur ishlari | dinamik tizimlar, matematik va statistik fizika, nisbiylik nazariyasi, matematik suyuqliklar dinamikasi |
Mukofotlari |
Boltzmann medali (1986) Dannie Heineman mukofoti (1990) Dirac mukofoti (1992) Wolf mukofoti (1997) Nemmers mukofoti (2002) Lagrange mukofoti (2008) Henri Poincaré mukofoti (2009) Leroy P. Steele mukofoti (2013) Abel mukofoti (2014) Marcel Grossmann mukofoti (2015) |
Turmush oʻrtogʻi | Yelena B. Vul |
Yakov Grigoryevich Sinay (ruscha: Я́ков Григо́рьевич Сина́й) (1935-yil 21-sentyabrda tugʻilgan) — rossiyalik-amerikalik matematik. Dinamik tizimlar boʻyicha ishlari bilan tanilgan[1]. Xususan, Sinay dinamik tizimlarning zamonaviy metrik nazariyasiga hissa qoʻshgan hamda deterministik (dinamik) tizimlar olamini ehtimol (stoxastik) tizimlar olami bilan bogʻlagan. 1997-yil Wolf mukofoti, 2014-yil Abel mukofoti[2] bilan taqdirlangan.
Sinay Moskva davlat universitetida tahsil olgan. 1960-yil Andrey Kolmogorov ilmiy rahbarligida ayni universitetdan fan doktori darajasini olgan. Sinay Kolmogorov bilan bashorat qilish mumkin boʻlmagan dinamik tizimlarda ham harakatni prognoz qilishning imkonsizlik darajasini matematik ifodalash mumkinligini koʻrsatib bergan.
Sinay boshida Moskva davlat universiteti hamda Landau nazariy fizika institutida ishlagan. 1993-yildan beri esa AQShdagi Princeton universitetida ishlab keladi[3]. Olim bugunga qadar oʻnlab mukofot va sovrinlar bilan taqdirlangan, 250 dan oshiq kitob va ilmiy maqola yozgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ball, Philip. „Chaos-theory pioneer nabs Abel Prize“. Nature (2014-yil 26-mart). Qaraldi: 2014-yil 29-mart.
- ↑ https://www.nature.com/articles/nature.2014.14935
- ↑ „2014: Yakov G. Sinai“. www.abelprize.no. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sinai on scholarpedia
- List of publications on the website of the Landau Institute for Theoretical Physics