Jürgen Moser
Jürgen Kurt Moser | |
---|---|
Tavalludi |
4-iyul 1928-yil Königsberg, Prussiya, Germaniya |
Vafoti |
17-dekabr 1999-yil (71 yoshda) Schwerzenbach, Shveysariya |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari | New York universiteti, MIT, ETH Zurich |
Akademik rahbarlari |
Franz Rellich Carl Siegel |
Mashhur shogirdlari |
Charles Conley Håkan Eliasson |
Mashhur ishlari | Kolmogorov–Arnold–Moser teoremasi, Calogero-Moser tizimi, Chern–Moser invariantlari, Giorgi–Nash–Moser hisoblari, Moserning Harnack tengsizligi, Moser normal formasi, Nash–Moser teoremasi |
Taʼsir olgan | Carl Gustav Jacob Jacobi, Henri Poincaré, George Birkhoff, Carl Siegel |
Taʼsir koʻrsatgan | Sun-Yung Alice Chang, Michel Herman, John Mather, Peter Sarnak, Aleksander Veselov, Paul Yang, Eduard Zehnder |
Mukofotlari |
George David Birkhoff mukofoti (1968) James Craig Watson medali (1969) Cantor medali (1992) Wolf mukofoti (1994/1995) |
Jürgen Moser (talaffuzi: Orgen Mozer) (4-iyul 1928-yil — 17-dekabr 1999-yil) — germaniyalik, amerikalik, shveysariyalik matematik. Umrining qirq yilini matematikaga bagʻishlagan. Moser Hamilton dinamik tizimlari va qisman differensial tenglamalar sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 1995-yilda Wolf mukofoti bilan taqdirlangan. 1983–1986-yillarda Xalqaro matematika ittifoqiga yetakchilik qilgan.
Moser vrach-nevrolog Kurt Moser va pianist Ilse Strehlke oilasida tugʻilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin oilasi bilan Mecklenburgda yashagan. 1952-yil Göttingen universitetidan PhD darajasini olgan. 1953-yil New York universitetida oʻqigan. 1959-yil Amerika fuqaroligini olgan.
Moser pianino va violonchel chalgan, astronomiyaga qiziqqan. Carl Siegel bilan hamkorlikda osmon jismlari mexanikasi haqida risola yozgan. Matematika boʻyicha taniqli ishlari qatorida Kolmogorov–Arnold–Moser va Nash–Moser teoremalari bor.