John Nash
John Forbes Nash Jr. | |
---|---|
John Nash (2000-yil) | |
Tavalludi |
13-iyun 1928-yil Bluefield, West Virginia, AQSh |
Vafoti |
23-may 2015-yil (86 yoshda) Monroe Township, Middlesex County, New Jersey, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | |
Ish joylari | |
Taʼlimi |
|
Akademik rahbarlari | Albert Tucker |
Mashhur ishlari | |
Mukofotlari |
|
John Nash (talaffuzi: Jon Nesh) (1928-yil 13-iyun — 2015-yil 23-may) — amerikalik iqtisodchi. Oʻyin nazariyasi, muvozanat nazariyasi, differensial geometriya hamda qisman differensial tenglamalar sohalariga salmoqli hissa qoʻshgan[1]. 1994-yil Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti[2] (John Harsanyi va Reinhard Selten bilan birga), 2015-yil esa Abel mukofoti (Louis Nirenberg bilan bir qatorda) bilan taqdirlangan[3].
Nash 1951—1959-yillarda Massachusets texnologiya institutida professor, 1959-yildan esa Prinston universitetida matematika fakulteti professori oʻlaroq ishladi. Nash umumiy oʻyin nazariyasiga nokooperativ oʻyinlar konsepsiyasini kiritdi. Bu konsepsiya raqobat, oligopoliya, sanoatni tashkil etish nazariyasi, shuningdek, iqtisodiy siyosatni tahlil qilishning makroiqtisodiy nazariyasida keng qoʻllanadi.
1959-yil Nashda ruhiy kasallik alomatlari paydo boʻla boshladi va bir necha yil shizofreniyadan davolanadi. 1970-yildan keyin uning ahvoli asta-sekin yaxshilana boshladi va olim 1980-yillar oʻrtasida akademik hayotga qaytdi. Nashning ruhiy kasallik bilan kurashi haqida oʻzbek yozuvchisi Sylvia Nazar „A Beautiful Mind“ („Goʻzal idrok“) romanini yozdi. Roman asosida 2001-yil shu nomli badiiy film („Tafakkur oʻyinlari“) suratga olindi[4][5][6]. Nash 2015-yil turmush oʻrtogʻi Alicia Nash bilan 86 yoshida avtomobil halokatida vafot etdi[7][8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Goode, Erica.. „John F. Nash Jr., Math Genius Defined by a 'Beautiful Mind,' Dies at 86“ (2015-yil 24-may).
- ↑ https://www.nytimes.com/1994/11/13/business/the-lost-years-of-a-nobel-laureate.html
- ↑ „John F. Nash Jr. and Louis Nirenberg share the Abel Prize“. Abel mukofoti (2015-yil 25-mart). 2019-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Oscar race scrutinizes movies based on true stories“. USA Today (2002-yil 6-mart). Qaraldi: 2008-yil 22-yanvar.
- ↑ „Academy Award Winners“. USA Today (2002-yil 25-mart). Qaraldi: 2008-yil 30-avgust.
- ↑ Yuhas, Daisy „Throughout History, Defining Schizophrenia Has Remained A Challenge (Timeline)“. Scientific American Mind. Qaraldi: 2013-yil 2-mart.
- ↑ Cabbie In Crash That Killed John Nash Began Driving Taxi Two Weeks Ago
- ↑ ‘Beautiful Mind’ professor’s fatal wreck ‘unbelievableʼ: son
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Home Page of John F. Nash Jr. at Princeton
- IDEAS/RePEc
- „Nash Equilibrium“ 2002 Slate article by Robert Wright, about Nash’s work and world government
- NSA releases Nash Encryption Machine plans (Wayback Machine saytida 2012-02-19 sanasida arxivlangan) to National Cryptologic Museum for public viewing, 2012
- Nash, John (1928-2015) | Rare Books and Special Collections from Princetonʼs Mudd Library, including a copy of his dissertation (PDF)
- Biography of John Forbes Nash Jr. from the Institute for Operations Research and the Management Sciences