Vladimir Arnold
Vladimir Arnold | |
---|---|
Tavalludi |
12-iyun 1937-yil Odessa, Ukraina SSR, Sovet Ittifoqi |
Vafoti |
3-iyun 2010-yil (72 yoshda) Paris, Fransiya |
Fuqaroligi | Sovet Ittifoqi, Rossiya |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari |
Parij Dauphine universiteti Steklov matematika instituti Mustaqil Moskva universiteti Moskva davlat universiteti |
Akademik rahbarlari | Andrey Kolmogorov |
Mashhur shogirdlari | |
Mashhur ishlari |
Arnoldning mushuk xaritasi Arnold gipotezasi Arnold diffuziyasi Arnoldning rubl masalasi Arnoldning spektral ketma-ketligi Arnold tili Arnold–Beltrami–Childress oqimi Arnold–Givental gipotezasi |
Mukofotlari |
Lenin mukofoti (1965) Crafoord mukofoti (1982) Lobachevskiy mukofoti (1992) Harvey mukofoti (1994) Wolf mukofoti (2001) Dannie Heineman matematik fizika boʻyicha mukofoti (2001) Rossiya Federatsiyasi davlat mukofoti (2007) Shaw mukofoti (2008) |
Vladimir Arnold (12-iyul 1937-yil — 3-iyun 2010-yil) — rossiyalik matematik. Arnold topologiya, differensial tenglamalar nazariyasi, nazariy mexanika sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. Arnold XX asrning eng buyuk matematiklaridan biri hisoblanadi. SSSR fanlar akademiyasi akademigi, AQSh Milliy fanlar akademiyasi xorijiy aʼzosi (1983), Fransiya fanlar akademiyasi (1984), London qirollik jamiyati (1988), Dei Lincei milliy akademiyasi (1988), Amerika falsafiy jamiyati (1990) aʼzosi boʻlgan. 2001-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Arnold Moskva shahridagi 59-maktabda oʻqigan. 1959-yil Moskva davlat universitetining mexanika va matematika fakultetini tamomlagan. 1961-yilda SSSR fanlar akademiyasining amaliy matematika institutida fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 1963-yil esa fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. Olim 1959–1986-yillarda Moskva davlat universitetida (1965-yildan professor oʻlaroq) ishlagan. Umrining oxirigacha Moskvadagi V. A. Steklov nomidagi Rossiya matematika institutida hamda Parisdagi Paris Dauphine universitetida ishlagan.
Arnold oʻsmirligida Hilbertning 13-masalasini yechgan. Hozir bu Kolmogorov–Arnold ifodalash teoremasi oʻlaroq maʼlum. Arnold simplektik topologiya alohida soha oʻlaroq shakllanishiga hissa qoʻshgan. Olim, shuningdek, Arnold gipotezasi bilan tanilgan. 2006-yilda Arnold ilmiy maqolalarda asarlari eng koʻp manba sifatida koʻrsatilgan rus olimi, deb topildi.