Joseph Keller
Joseph Bishop Keller | |
---|---|
Tavalludi |
31-iyul 1923-yil Paterson (New Jersey), AQSh |
Vafoti |
7-sentyabr 2016-yil (93 yoshda) Stanford (California), AQSh |
Istiqomat joylari | AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Matematika |
Institutlar |
New York universiteti Stanford universiteti |
Akademik rahbarlari | Richard Courant |
Mashhur shogirdlari |
Herbert Bishop Keller George Papanicolaou L. Mahadevan |
Mashhur ishlari |
Difraksiyaning geometrik nazariyasi Einstein–Brillouin–Keller metodi |
Mukofotlari |
Eringen medali (1981) Timoshenko medali (1984) Ig Nobel mukofoti (Shnobel mukofoti) (1999, 2012) Milliy fan medali (AQSh) (Matematika, statistika va hisoblash fanlari boʻyicha) (1988) Nemmers matematika mukofoti (1996) Wolf mukofoti (1997) |
Joseph Keller (talaffuzi: Jozef Keller) (31-iyul 1923-yil — 7-sentyabr 2016-yil) — amerikalik matematik. Keller difraksiyaning geometrik nazariyasi yoʻnalishidagi ishlari bilan tanilgan. 1997-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Keller New Jersey shtatining Paterson shahrida tugʻilgan. Eastside High Schoolda oʻqigan va u yerda matematiklar jamoasi aʼzosi boʻlgan. 1943-yilda New York universitetidan bakalavr darajasini olgan. 1948-yilda ayni universitetida Ph.D darajasini olgan. Keller 1979-yilgacha New York universiteti Courant institutida professor boʻlib ishlagan. Soʻngra 1993-yilgacha Stanford universitetida matematika va mexanika muhandisligi professori boʻlgan.
Keller matematikaning ilm-fan va muhandislikka tatbiqi sohalariga hissa qoʻshgan. Xususan, olim toʻlqin tarqalishi sohasini oʻrgangan. Shuningdek, kvant mexanikasi tizimlarida xususiy vektorlarni hisoblashning Einstein–Brillouin–Keller metodiga ham salmoqli hissa qoʻshgan.