Michael Atiyah
Michael Francis Atiyah | |
---|---|
Tavalludi |
22-aprel 1929-yil Hampstead, London, Angliya |
Vafoti |
11-yanvar 2019-yil (89 yoshda) |
Istiqomat joylari | Buyuk Britaniya, AQSh |
Fuqaroligi | Britaniya |
Sohasi | Matematika |
Institutlar | |
Akademik rahbarlari | W. V. D. Hodge |
Mashhur ishlari |
Atiyah–Singer indeks teoremasi Atiyah–Segal toʻldirish teoremasi |
Mukofotlari |
|
Michael Francis Atiyah (talaffuzi: Maykl Frensis Atiya) (22-aprel 1929-yil — 11-yanvar 2019-yil) — britaniyalik matematik. Geometriya boʻyicha ishlari bilan shuhrat qozongan. Atiyah Sudan va Misrda ulgʻaygan, ammo akademik faoliyatini Buyuk Britaniyada Oxford va Cambridge universitetlarida, keyinchalik AQShda Perspektiv tadqiqotlar institutida olib borgan[1].
Atiyah London Qirollik jamiyati prezidenti (1990-1995)[2], Isaac Newton instituti (1990–1996) direktori, Trinity kolleji direktori (1990–1997), Leicester universiteti rektori (1995–2005) hamda Edinburgh Qirollik jamiyati prezidenti lavozimlarida ishlagan. 1997-yildan oʻlimiga qadar Edinburgh universiteti faxriy professori boʻlgan[3].
Atiyah Friedrich Hirzebruch[4] bilan hamkorlikda K-teoriyani ishlab chiqqan. Ushbu teoriya algebraik topologiyaning muhim asboblaridan biri hisoblanadi. 1963-yil Isadore Singer bilan hamkorlikda taniqli Atiyah–Singer indeks teoremasini isbotlagan. Ushbu teoremadan differensial tenglamalarning mustaqil yechimlari sonini hisoblashda foydalaniladi. Atiyah nazariy fizika sohasidagi, xususan, maydon kvant nazariyasisida qoʻllaniladigan instanton va monopollar boʻyicha ishlari bilan ham tanilgan. Atiyah 1966-yil Fields medali bilan, 2004-yilda esa Abel mukofoti bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Institute for Advanced Study: A Community of Scholars (Wayback Machine saytida 6-yanvar 2013-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ Hitchin, Nigel (2020). "Sir Michael Atiyah OM. 22-aprel 1929-yil–11-yanvar 2019-yil". Biographical Memoirs of Fellows of the Royal Society 69: 9–35. doi:10.1098/rsbm.2020.0001.
- ↑ „Atiyah's CV“.
- ↑ Atiyah, Michael (2014). "Friedrich Ernst Peter Hirzebruch 17-oktyabr 1927-yil – 27-may 2012-yil". Biographical Memoirs of Fellows of the Royal Society 60: 229–247. doi:10.1098/rsbm.2014.0010.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]