Alberto Calderón
Alberto Calderón | |
---|---|
Tavalludi |
14-sentyabr 1920-yil Mendoza, Argentina |
Vafoti |
16-aprel 1998-yil (77 yoshda) Chicago, Illinois, AQSh |
Fuqaroligi | Argentina |
Sohasi | Matematika |
Institutlar | Chicago universiteti |
Akademik rahbarlari | Antoni Zygmund |
Mashhur shogirdlari |
Irwin Bernstein Michael Christ Carlos Kenig Cora Sadosky |
Mashhur ishlari |
Qisman differensial tenglamalar Yakka integral operatorlari Interpolatsiya fazolari |
Mukofotlari |
Bôcher Memorial mukofoti (1979) Steele mukofoti (1989) Wolf mukofoti (1989) Milliy fan medali (1991) |
Alberto Calderón (talaffuzi: Alberto Kalderon) (14-sentyabr 1920-yil — 16-aprel 1998-yil) — argentinalik matematik. Calderón Qisman differensial tenglamalar sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 1989-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Calderón 1920-yilda Mendoza shahrida tugʻilgan. Avval Buenos Aires universitetida qurilish muhandisligi sohasida taʼlim olgan. 1947-yilda universitetni tamomlagach, YPF davlat neft kompaniyasining geofizik boʻlimining ilmiy-tadqiqot laboratoriyasiga ishga kirgan. Soʻngra Buenos Aires universitetida ishlagan. 1950-yil Chicago universitetidan PhD darajasini olgan.
Calderón akademik rahbari Antoni Zygmund bilan oʻttiz yil davomida ilmiy hamkorlik qilgan. Xususan, ikki olim singular integrallar boʻyicha Calderón-Zygmund teoriyasini hamda Calderón-Zygmund dekompozitsiya lemmasi ishlab chiqqan. Olim, shuningdek, Cauchy masalasini isbotlab, qisman differensial tenglamalar sohasiga ham hissa qoʻshgan.