Kontent qismiga oʻtish

André Weil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
André Weil
Tavalludi 6-may 1906-yil
Paris, Fransiya
Vafoti 6-avgust 1998-yil(1998-08-06)
(92 yoshda)
Princeton, New Jersey, AQSh
Fuqaroligi Fransiya
Sohasi Matematika
Institutlar Aligarh musulmon universiteti (1930-32)
Lehigh universiteti
Universidade de São Paulo (1945-47)
Chicago universiteti (1947-58)
Perspektiv tadqiqotlar instituti
Akademik rahbarlari Jacques Hadamard
Charles Émile Picard
Mashhur shogirdlari
Mashhur ishlari Sonlar nazariyasi, algebraik geometriya
Mukofotlari

André Weil (talaffuzi: Andre Veyl) (6-may 1906-yil — 6-avgust 1998-yil) — fransiyalik matematik. Weil sonlar nazariyasi va algebraik geometriya sohalaridagi ishlari bilan tanilgan[1]. 1979-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Weil Alsaceda yahudiy oilasida tugʻilgan. Faylasuf Simone Weilning akasi. Weil Oliy normal maktabni bitirgan, Jacques Hadamard va Charles Émile Picardning shogirdi boʻlgan. Weil Parisda, Rimda va Gottingenda tahsil olgan. 1928-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Olim Germaniyada Carl Ludwig Siegel bilan doʻstona munosabatda boʻlgan. 1930-yildan boshlab Aligarh musulmon universitetida ikki yil oʻqigan. Aix-Marseille universitetida bir yil dars berganidan soʻng, olti yil davomida Strasbourg universitetida saboq bergan. Ikkinchi jahon urushi yillarida AQShda yashagan va Chicago universitetida hamda Princetondagi Perspektiv tadqiqotlar institutida ishlagan.

Weilning eng muhim ishlari algebraik geometriya sohasida boʻlib, olim funksional analiz, xususan, topologik guruhlar oʻlchovi va integratsiyasi teoriyasi, sonlar nazariyasi boʻyicha ishlari bilan ham tanilgan. Olimning algebraik xilma-xilliklar hamda topologiya oʻrtasidagi bogʻliqlikni koʻrsatib bergan gipotezalari matematikaning rivojlanishida muhim rol oʻynagan. Weilning aksar gipotezalarini Bernard Dwork, Alexander Grothendieck, Michael Artin hamda Pierre Delignelar isbotlab bergan.