Aleksandr Beylinson
Aleksandr Beylinson | |
---|---|
Tavalludi |
13-iyun 1957-yil Moskva, Sovet Ittifoqi |
Fuqaroligi | Rossiya |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari |
L. D. Landau nomidagi nazariy fizika instituti Massachusetts texnologiya instituti Perspektiv tadqiqotlar instituti Chicago universiteti |
Taʼlimi |
Maryland universiteti, College Park Princeton universiteti |
Akademik rahbarlari | Yuriy Manin |
Mashhur shogirdlari | Lorenzo Ramero |
Mashhur ishlari |
Gavdalantirish teoriyasi, algebraik geometriya, matematik fizika boʻyicha ishlari Lie-* algebrasi |
Mukofotlari |
Ostrovskiy mukofoti (1999) Wolf mukofoti (2018) |
Aleksandr Beylinson (inglizcha: Alexander Beilinson) (1957-yil 13-iyunda tugʻilgan) — sovet ittifoqilik va amerikalik matematik. Gavdalantirish teoriyasi, algebraik geometriya, matematik fizika sohalariga qoʻshgan hissasi bilan tanilgan. 2018-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Beylinson 1988-yil Moskva davlat universitetidan fizika-matematika fanlari nomzodi darajasini olgan. Olim L. D. Landau nomidagi nazariy fizika instituti, Massachusetts texnologiya instituti, Perspektiv tadqiqotlar institutida ishlagan. 1998-yilda beri Chicago universitetida ishlab keladi.
Beylinson 1980-yillarda algebraik K teoriya ustida ishladi. Xususan, Pierre Deligne bilan hamkorlikda Don Zagierning polilogarifm boʻyicha taxminlarining motivik tahlili ustida ishladi. 1990-yillardan boshlab esa olim Vladimir Drinfeld bilan hamkorlikda choʻqqi operatorlari algebrasi ustida ishladi.