Kontent qismiga oʻtish

Ilya Pyatetskiy-Shapiro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ilya Iosfivofich Pyatetskiy-Shapiro
Tavalludi 30-mart 1929-yil
Moskva, Sovet Ittifoqi
Vafoti 21-fevral 2009-yil(2009-02-21)
(79 yoshda)
Tel-Aviv, Isroil
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi
Rossiya
Isroil
Sohasi Matematika
Institutlar Moskva davlat universiteti
Steklov instituti
Yale universiteti
Tel-Aviv universiteti
Akademik rahbarlari Alexander Buchstab
Mashhur shogirdlari Boris Moishezon
Zeev Rudnick
Mina Teicher
Andrey Toom
Leonid Vaseršteĭn
Ernest Vinberg
Mashhur ishlari Avtomorf shakllar
L-funksiyalar
Mukofotlari Isroil mukofoti (1981)
Wolf mukofoti (1990)

Ilya Iosifovich Pyatetskiy-Shapiro (ruscha: Илья Иосифович Пятецкий-Шапиро) (30-mart 1929-yil — 21-fevral 2009-yil) — Sovet Ittifoqida tugʻilgan isroillik matematik. Sonlarning analitik nazariyasi, guruhlarni ifodalash nazariyasi va algebraik geometriya sohalari mutaxassisi. 1990-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Pyatetskiy-Shapiro Moskva universitetida tahsil olgan. Moskva pedagogika institutida aspiranturaga kirgan va 1954-yilda Aleksander Buxshtab rahbarligida fan nomzodi darajasini olgan. Moskva pedagogika institutidan keyin V. A. Steklov nomidagi matematika institutiga kirgan. Shu yerda 1959-yilda Igor Shafarevich rahbarligida PhD ilmiy darajasini olgan. Shafarevich bilan aloqa Pyatetskiy-Shapironing matematikaga qiziqishlarini kengaytirgan va olim zamonaviy sonlar nazariyasiga va algebraik geometriyaga eʼtibor qarata boshlagan.

Pyatetskiy-Shapiro 60 yillik ilmmiy va oʻqituvchilik faoliyati davomida ham amaliy, ham nazariy matematikaga salmoqli hissa qoʻshgan. Izlanishlarining soʻnggi 40 yilini olim sof matematika, xususan, sonlarning analitik nazariyasi, guruhlarni ifodalash nazariyasi va algebraik geometriyaga bagʻishlagan. Avtomorf shakllar teoriyasi hamda L-funskiyalar sohalariga qoʻshgan hissasi ham eʼtiborga loyiqdir.