Iltimos, tahrirlashda ehtiyot boʻling, ayniqsa avtomatlashtirilgan tahrirlash dasturidan foydalansangiz. Texnik xizmat ko'rsatish maʼlumotlarini qanday yangilashni bu yerda bilib oling.
Gruziya yoki Gurjiston, rasman Gruziya Respublikasi (gruzincha: საქართველო [sɑkʰɑrtʰvɛlɔ], Sakartvelo) – Kavkazortining markaziy va garbiy qismlarida, Qora dengizning sharqiy qirgʻoqida joylashgan mamlakat. Qisman Sharqiy Yevropaning eng chekka janubi-sharqiy qismida, qisman Yaqin Sharqning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Umumiy maydoni 69 700 km²2. Aholisining umumiy soni 3 729 500 kishi (2015). Poytaxti – Tbilisi shahri.
Shimolda Rossiya, janubda Armaniston, janubi-gʻarbda Turkiya, sharqda va janubi-sharqda Ozarbayjon bilan chegaradosh. Gruziya maʼmuriy hududiy boʻlinish boʻyicha 2 ta muxtor respublika va 10 ta viloyatdan iborat (gruzincha: მხარე / mxare). Ushbu muxtor respublikalar va viloyatlar 59 ta munisipalitetga boʻlingan. 4 ta shahar: Batumi, Kutaisi, Poti va Rustavi viloyatlar huquqiga ega. Gruziya hududiga kiruvchi 2 ta muxtor respublika: Abxaziya va Janubiy Osetiya de-fakto qisman tan olingan mamlakatlar hisoblanadi va ushbu respublikalar hududlari Gruziya tomonidan de-fakto boshqarilmaydi. Ushbu hududlar Gruziya, AQSH, YXHT Parlament Assambleyasi va Yevropa komissiyasi tomonidan Rossiya okkupatsiyasidagi Gruziya hududlari deb tan olingan. (Full article...)
Gori (gruzincha: გორი) — Gruziyadagi eng qadimgi shaharlardan, Katta Liaxvi va Kura daryolarining qoʻshilish joyida, 588 m balandlikda. Tbilisidan 76 km. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 48 143 kishidan ziyod (2014). Ip gazlama kombinati, priborsozlik, shpallarga chirishdan saqlaydigan modda singdiradigan zavodlar, meva va sabzavot konservalash, vino zavodlari, goʻsht kombinati, iqtisodiyot instituti, tarix-etnografiya muzeyi, Iosif Stalinning uy-muzeyi bor. Solnomalarda 7-asr boshlaridan tilga olingan. Gorissixe oʻrta asr qalʼasi harobalari saqlangan. Gori atrofida Gorijvari balneologiya kurorti bor. 1260-yil dekabrda Gorida gruzinlar bilan moʻgʻullar oʻrtasida katta jang boʻlgan. (Full article...)
…Gruziyadan surgun qilingan yili Meri Shervashidze(suratda), Galaktion Tabidzening ilhomlantiruvchi farishtasi oʻlaroq 1921-yilgi jahon goʻzallik tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Istanbul…