Kontent qismiga oʻtish

Bagrat III

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bagrat III – Gruziya podshosi (975–1014). Bagrat III oʻz hukmronligi davrida Gʻarbiy Gruziya va Sharqiy Gruziyaning katta qismi (Kartli, Kaxeti, Ereti) ni yagona bir davlat ostiga birlashtirgan; Bagrat III dvoryanlarga tayanib mamlakatni birlashtirish siyosatidan norozi boʻlgan yirik mulkdorlarga hamda arablarga qarshi kurashgan. Uning davrida oʻrta asr gruzin madaniyatining ajoyib yodgorliklaridan biri – Bedia ibodatxonasi (Abxaziya) hamda Kutaisidagi Bagrat ibodatxonasi bunyod etilgan[1].

  1. "Bagrat III" OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil