Kontent qismiga oʻtish

Portal:Geografiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geografiya portali

Geografiya (grekcha: γεωγραφία; γη yoki γαια — „Yer“, γραφειν — „tasvirlamoq“ yoki „yozmoq“ yoxud „xaritalamoq“) — Yerning geografik qobigʻi, uning struktura va dinamikasi, alohida komponentlarini hududlar boʻyicha oʻzaro taʼsiri va taqsimlanishini oʻrganadigan fanlar majmui. Antik dunyo gʻarb olimlari Yer yuzasining manzarasini „geografiya“ soʻzi bilan ifodalaganlar. Geografiya terminini dastlab Eratosfen (mil. av. 276—194-yillarda yashagan) kiritgan. Oʻrta Osiyoda 9—10-asrlardan boshlab Geografiya soʻzi maʼnosida „surati arz“, „yetti iqlim“, „Kitob almasolik valmamolik“ („Mamlakatlar va masofalar kitobi“) iboralari qoʻllanilgan. 19-asrda va 20-asr boshlarida oʻzbek tilida „geografiya“ arabcha talaffuz bilan „jugʻrofiya“ shaklida yozilgan. (Davomi...)

Tanlangan maqola

Koreya Respublikasi (hangul: 대한민국, hanja: 大韓民國; norasmiy nomlari: Janubiy Koreya, Koreya) Sharqiy Osiyoda, Koreys yarimorolida joylashgan mamlakatdir. Shimoldan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh. Poytaxti — Seul shahri aglomeratsiyasi aholisi boʻyicha jahonda ikkinchi oʻrinda turadi. Koreya jahonning eng qadimgi tamaddunlaridan biridir; uning hududida Quyi Paleolit davridayoq odamlar yashaganligi maʼlum. Uch Koreys Qirolligining 668-yildagi birlashuvidan to 1910-yilgacha koreys xalqi yaxlit mamlakatda yashadi. Koreya boʻlinishidan soʻng 1948-yili Janubiy Koreya davlati yaratildi. Koreys urushidan keyin Koreya Respublikasi iqtisodiyoti kuchli oʻsishni boshidan kechirib, mamlakat Katta yigirmatalik safiga kirdi. (Davomi...)

TM statusini olgan boshqa maqolalar
Tehron
Halab
Qorabuloq (Sayram tumani)
Texas

Turkumlar

Turkum ikonkasi
Turkum ikonkasi
Ostturkumlarni koʻrish uchun [►] ustiga bosing.

Yaxshi maqola

Erbil (kurdcha: ھەولێر) — Iroqning Kurdiston viloyati markazi va eng yirik shahri. Shuningdek, tarixiy manbalarda shahar Arbel nomi bilan ham uchraydi. Bugungi kunga qadar shahar aholisini roʻyxatga olish oʻtkazilmagan va aholining aniq soni maʼlum emas. Shahar aholisining soni 1 600 000 atrofida deya taxmin etiladi. Miloddan avvalgi 5-mingyillikda Erbil hududiga odamlar kelib oʻrnasha boshlagan. Shahar markazida qadimiy Erbil qal’asi va Mudafariya minorasi joylashgan. Mintaqaga oid eng qadimgi tarixiy maʼlumot Shumerning uchinchi Ur sulolasi davriga toʻgʻri kelgan boʻlib, oʻshanda shoh Shulgi Urbilum shahri haqida taʼkidlagan. Keyinchalik shahar Ossuriya tomonidan bosib olingan (Davomi...)

YM statusini olgan boshqa maqolalar
23-avenyu
Razzoqov
Sulukta

Tanlangan tasvir

Bondhus koʻli (Norvegiya)

Loyiha

VikiLoyihalar Geografiya loyihasi doirasida Vikipediyada geografiya bilan bogʻliq mavzularda maqolalar yozishni taklif etamiz.

Qardosh loyihalar

Boshqa portallar

Portallar yordamida Vikipediyani kashf eting.

Keshni tozalash