Kutaisi
Kutaisi (gruzincha: ქუთაისი; qad. gruzin tilida "Kutatisi") — Gruziyaning gʻarbidagi shahar. Imeretiyaning maʼmuriy markazi. Iqtisodiy mavqei va kattaligi jihatidan Tbilisidan keyin 2-oʻrinda turadi. Rioni daryosining har ikkala sohilida, 150 m balandlikda, joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi Kutaisi shosse yoʻllari orqali Tbilisi, Suxumi, Batumi va Shimoliy Kavkaz (Osetiya harbiy yoʻli) bilan bogʻlangan. Kutaisidan Tbilisigacha 220 km, eng yaqin dengiz porti Poti (100 km narida). Maydoni 70 km². Aholisi 147 635 kishi (2014), asosan, gruzinlar (99%). Shuningdek, gruzin yahudiylari, rus ukrain, arman, grek va boshqa millat vakillari ham yashaydi.
Mashinasozlik (avtomobilsozlik, elektromexaniqa, kichik gabaritli traktorlar va boshqalar), kimyo, yengil, oziqovqat, qurilish materiallari, ishlab chiqarish korxonalari bor. 10 ga yaqin oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet, bir nechta xususiy oliy oʻquv yurti, diniy akademiya va boshqalar), umumiy taʼlim maktablari, litsey, gimvaziya, kollejlar, 3 teatr, filarmoniya, tarix-etnografiya muzeyi, Kutaisi-Gelat muzey-qoʻriqxonasi, bir qancha uymuzeylar, telekompaniyalar, suratlar galereyasi faoliyat koʻrsatadi. Rioni va Gumati GESlari qurilgan. Mashhur Sxaltubo kurorti ham Kutaisi yaqinida joylashgan.
Tarixiy va meʼmoriy yodgorliklardan qad. shahar qalʼasi (minoralar, darvozalar, qalʼa devori), koʻpriklar, podsho saroyi, cherkov va movastirlar, Imeretiya podsholarining qarorgohi — "Okros chardaxi", Gegutidagi katta podsho saroyi (18-asr), Motsamet monastiri (11-asr), Vardsixe (Rodopolis) shahrining harobalari, 20-asr meʼmoriy yodgorliklardan Kutaisi davlat universiteti, davlat drama teatri, hokimiyat binolari, Rioni daryosi koʻpriklari va boshqa bor.
Kutaisi Kolxida podsholigining eng qad. shahri (miloddan avvalgi 8—3-asrlar). 8—10-asrlarda Gʻarbiy Gruziya (Egris-Abxaz davlati)ning, 978—1122-yillarda birlashgan Gruziya podsholigining poytaxti. 13-asrdan Imeretiya podsholigining markazi. 17-asrning 60 yillarida turklarga qaram boʻlgan. 1810-yilda Rossiya bosib olgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |