Port-lui
Qiyofa
(Port-Luidan yoʻnaltirildi)
Port-lui — Mavrikiy davlati poytaxti. Mavrikiy o.ning shimoli.gʻarbiy qismida. Port-Lui okrugining maʼmuriy markazi. Iqlimi tropik, oʻrtacha harorat fevralda 26°, avgustda 19°. Yillik yogʻin 2000 mm. Aholisi 128 ming kishi (2000). Port-lui — mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Hind okeani sohilidagi port. Shosse yoʻllar tuguni. Neftni qayta ishlovchi, oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi zavodlar, oziq-ovqat (shakarqand, yogʻ-moy, tamaki) korxonalari mavjud. Universitet, institut, muzeylar, badiiy galereya, kutubxona bor. Qad. fort va qalʼa saqlangan. Shaharga 1736-yilda asos solingan. Suvaysh kanali ochilgunga qadar Hind okeanida yirik savdo porti boʻlgan.[1]
-
Port-lui
-
Port-lui
-
Port-lui
-
Port-lui
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |