Yamusukro
Qiyofa
Yamusukro – Kot-d’Ivuar Respublikasi poytaxti. Abidjan shahridan 260 km shimolida joylashgan. Aholisi 189 ming kishi (1998). Transport yoʻllari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat va yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Prezident qarorgohi, „Partiya uyi“ Ya.da joylashgan. Shahar atrofida kofe, kakao, yams, banan plantatsiyalari bor va boshqalar qishloq xoʻjalik ekinlari ekiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |