Mbabane
Qiyofa
Mbabane — Esvatini poytaxti. Xoxo okrugining maʼmuriy markazi. Mamlakatning shimoli-gʻarbida, Ndimba togʻlari etagida, 1150 m balandlikda joylashgan. Aholisi 40 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Iyulning oʻrtacha temperaturasi 12°, yanvarniki 24°. Yillik yogʻin oʻrtacha 1400 mm. Avtomobil yoʻli orqali Maputu (Mozambik) porti bilan boglangan. Metallsozlik, oziq-ovqat, tikuvchilik sanoati korxonalari mavjud. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qayta ishlanadi. Mbabane yaqinidan asbest qazib olinadi. Universitet, kutubxona bor. Shaharga 17-asrning oxiri — 18-asrning boshlarida asos solingan. 1903—68 yillar Svazilend Birlashgan Qirollik protektoratining maʼmuriy markazi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() |
Vikiomborda Mbabane haqida turkum mavjud |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Afrika geografiyasi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |