Bujumbura
Bujumbura | |
---|---|
shahar | |
3°22′57″S 29°21′40″E / 3.38250°S 29.36111°E | |
Mamlakat | Burundi |
Hukumat | |
• Mer | Jimmy Hatungimana |
Asos solingan | 1871 |
Avvalgi nomlari | Usumbura |
Maydon | 127 km2 (49 kv mi) |
Markazi balandligi | 774 m |
Iqlim turi | Tropik |
Aholisi (2023) |
1 143 202 |
Vaqt mintaqasi | UTC+2 |
|
Bujumbura — Burundi poytaxti. Tanganika koʻlining shimoliy sohilida joylashgan port shahar. Aholisi 236 ming kishi (1990). Mamlakatning eng yirik shahri, savdotransport va iqtisodiy markazi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharga 1897-yilda asos solingan. 1922-yildan Belgiyaning mandati ostidagi, 1946—62 yillarda esa Belgiyaning vasiyligidagi hududning maʼmuriy markazi boʻlgan. 1962-yildan mustaqil Burundi davlatining poytaxti.
Sanoat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sement, pivo, paxta tozalash zavodlari, bir qancha toʻqimachilik fabrikalari, GES bor. Baliq ovlash va uni qayta ishlash sanoati rivojlangan. Hunarmandchilikda sopol buyumlari ishlab chiqariladi. Mamlakatning deyarli barcha tashqi savdosi Bujumbura orqali olib boriladi. Chetga kofe, paxta, teri xom ashyosi, metall konsentratlari va boshqalar eksport qilinadi.
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhim transport yoʻllari tuguni. Shahar chekkasida xalqaro aeroport bor.
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bujumburada maxsus oʻquv yurtlari, universitet (1960-yildan) mavjud.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |