Kontent qismiga oʻtish

Antananarivu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Antananarivu (Tananarive) — Madagaskar Respublikasining poytaxti. Antananarivu provinsiyasining maʼmuriy markazi. Madagaskar orolning markaziy qismidagi platoda joylashgan. Aholisi 802 ming kishi (1990). Mamlakatning iqtisodiy markazi. Antananarivu Tamatave porti va Ansirabe shahri bilan temir yoʻl orqali tutashgan. Avtomobillar yoʻllari tuguni. Antananarivudan 50 km narida xalqaro aeroport bor. Sanoati oziq-ovqat (goʻsht konservalash, sholi oqlash), charm poyabzal, kimyo, tikuvchilik, yogʻochsozlik korxonalaridan iborat. Universitet, tibbiyot va farmakologiya, adabiyot va sotsiologiya millim maktablari, Fanlar Akademiyasi, tarix va xalq sanʼati muzeylari, teatrlar, rasadxona, botanika bogʻi bor. Antananarivu 17-asr 1-yarmida bunyod etilgan. 17-19-asrlarda Madagaskar qirollarining qarorgohi. 1895-yilda Antananarivuni Fransiya qoʻshinlari egallagach, Tananarive nomi bilan Fransiyaning Madagaskar mustamlakasi maʼmuriy markazi. 1960-yil 26-iyundan mustaqil Malagasiya Respublikasining, 1975-92 yillar Madagaskar Demokratik Respublikasining poytaxti.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil