Kontent qismiga oʻtish

Monroviya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

MonroviyaLiberiya poytaxti (1847-yildan). Montserrado grafligining maʼmuriy markazi. Sent-Pol daryosining Atlantika okeaniga quyilish yerida joylashgan. Aholisi 450 ming kishidan ziyod. Iklimi subekvatorial, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 28°, iyulniki 25°. Yiliga 4800 mm dan ortiq yogʻin yogʻadi. Monroviya — yirik port (yillik yuk ortib-tushirish 12 mln. t). Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari tuguni. Chetga temir rudasi, kauchuk, palma mevasi magʻzi va moyi chiqariladi. 2 aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakat sanoat korxonalarining 60% Monroviyada joylashgan. Asosiy sanoat tarmoqlari: oziq-ovqat, yengil, neftni k,ayta ishlash, kimyo. Yogʻochsozlik va qurilish materi-allari ishlab chiqarish ham rivojlangan. Shaharga 1822-yilda AQShda qullikdan ozodlikka chiqib koʻchib kelgan negrlar tomonidan asos solingan va AQSH prezidenta J.Monro (1758—1831) nomi bilan atalgan. Monroviyada davlat universiteti, kutubxona, milliy muzey va va boshqa bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil