Kontent qismiga oʻtish

Bamako

Koordinatalari: 12°38′45″N 7°59′32″W / 12.64583°N 7.99222°W / 12.64583; -7.99222
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bamako

bambara:ߓߡߊ߬ߞߐ߬
fula:𞤄𞤢𞤥𞤢𞤳𞤮
shahar
Bamako
Gerb
12°38′45″N 7°59′32″W / 12.64583°N 7.99222°W / 12.64583; -7.99222
Mamlakat Mali
Hukumat
 • Mer Adam Sangare
Maydon 245 km2 (95 kv mi)
Markazi balandligi 350 m
Aholisi
 (2022)
4 227 569
Zichligi 16776 kishi/km2
Etnoxoronim bamakolik
Vaqt mintaqasi UTC+0
ISO 3166 ML-BKO
Bamako xaritada
Bamako
Bamako

Bamako – Mali Respublikasining poytaxti (1960-yildan) hamda eng katta shaharlaridan biri. Gʻarbiy Afrikada, Niger daryosi boʻyidagi port shahar. 2022-yil holatiga koʻra aholisi 4 227 569 kishini tashkil qiladi. Shahar mamlakatning asosiy sanoat markazi hisoblanadi. Sanoatining asosini yengil, oziq-ovqat sanoati (goʻsht, oʻsimlik moyi, mineral suvlar ishlab chiqarish) tashkil etadi. Shaharda elektr stansiyasi, metallsozlik korxonalari bor. Hunarmandchilik (toʻquvchilik, fil suyagi va yogʻochdan turli buyumlar yasash) rivojlangan. Muhim transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga eta. Bamakoda maktab, litsey va kollejlar, maxsus bilim yurtlari, milliy tasviriy sanʼat, ilmiy tadqiqot institutlari bor.

Bamakoni 1882-yilda (u vaqtda Bamako qishloq boʻlgan) Fransiya qoʻshinlari bosib olgan. 1920—1958-yillar Fransiya Sudani, 1958—1960-yillar Sudan Muxtor Respublikasining maʼmuriy markazi boʻlgan. 2 ta muzey va shahar atrofida 14 asrda qurilgan masjid bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil