Odalar masjidi
Masjid | |
![]() | |
1919-yilgi yong‘indan so‘ng binoning sharqiy tomondan ko‘rinishi, orqa fonda Kariye masjidi joylashgan | |
Mamlakat | ![]() |
Shahar | Istanbul |
Joylashuvi | Fotih tumani, Salmatomruk mahallasi |
Koordinatalar | 41°01′45″N 28°56′23″E / 41.029071°N 28.939828°E |
Meʼmoriy uslub | Vizantiya arxitekturasi |
Holati | vayron boʻlgan |
![]() |
Odalar masjidi (turkcha: Odalar Câmîi) – Turkiyaning Istanbul shahridagi Usmoniylar masjidi[1]. Dastlab Vizantiya imperiyasi davriga oid pravoslavlik cherkovi boʻlgan[1]. 1475-yilda, Konstantinopol fathidan keyin (1453), dastlab katolik cherkoviga, keyinchalik 1640-yilda Usmoniylar tomonidan masjidga aylantirilgan[1]. Masjid 1919-yilda yongʻin natijasida vayron boʻlgan va xarobaga aylangan[1]. 2011-yil holatiga koʻra, binoning faqat ayrim devorlarigina saqlanib qolgan.
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bino xarobalari Istanbulning Fotih tumani, Salmatomruk mahallasi, Edirne Kapidan unchalik uzoq boʻlmagan joyda, Kariye va Fethiye masjidi oʻrtasida joylashgan[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
1782-yilda hududga yanicharlar joylashtirilganidan soʻng, masjid Odalar nomini olgan. Bundan oldin yanicharlar Shahzoda masjidi yaqinidagi Eski Odalar (Eski kazarma)da istiqomat qilishar edi[3]. Binoning holati asta-sekin yomonlashib, doimiy ravishda buzilib borgan. XIX asrning oʻrtalariga kelib, gumbaz qulab tushgan. 1919-yil 2-iyulda Salmatomruk yongʻini natijasida ham masjid katta zarar koʻrgan. Masjid joylashgan mahalla zamonaviy mezonlar asosida qayta qurilgan vaqtda ham bino qayta tiklanmagan va vayronaga aylangan[4].
Bino masjidga aylantirilganidan soʻng, unga qoʻshimcha ravishda mehrob, minbar va minora qurilgan. 1919-yilgi yongʻindan soʻng masjid vayron boʻlgan (bino tomi, keyinchalik 1820-yillarda minora qulab tushgan). 1934/1935-yillarda nemis arxeologi Paul Schatzmann tomonidan yaxshilab tekshirilib, oʻrganib chiqilgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Janin, Raymond. La Géographie Ecclésiastique de l'Empire Byzantin. 1. Part: Le Siège de Constantinople et le Patriarcat Oecuménique. 3rd Vol. : Les Églises et les Monastères (French). Paris: Institut Français d'Etudes Byzantines, 1953.
- Mamboury, Ernest. The Tourists' Istanbul. Istanbul: Çituri Biraderler Basımevi, 1953.
- Eyice, Semavi. Istanbul. Petite Guide a travers les Monuments Byzantins et Turcs (French). Istanbul: Istanbul Matbaası, 1955.
- Gülersoy, Çelik. A Guide to Istanbul. Istanbul: Istanbul Kitaplığı, 1976. OCLC 3849706.
- Müller-Wiener, Wolfgang. Bildlexikon Zur Topographie Istanbuls: Byzantion, Konstantinupolis, Istanbul Bis Zum Beginn D. 17 Jh (German). Tübingen: Wasmuth, 1977. ISBN 978-3-8030-1022-3.
- Krautheimer, Richard. Architettura paleocristiana e bizantina (Italian). Turin: Einaudi, 1986. ISBN 88-06-59261-0.
- Westphalen, Stephan. Die Odalar Camii in Istanbul. Architektur und Malerei einer mittelbyzantinischen Kirche (German). Tübingen: Wasmuth, 1998. ISBN 3-8030-1741-6.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() |
Vikiomborda Odalar masjidi haqida turkum mavjud |