Zeyrek masjidi
Masjid | |
Masjidning shimoli-sharqiy tomondan koʻrinishi. Chapdan o'ngga tomon Pantocrator Masih cherkovi, Imperator cherkovi va Theotokos Eleousa cherkovining apsidalarini koʻrish mumkin. | |
Mamlakat | Turkiya |
Istanbul | Fotih tumani |
Manzil | Zeyrek mahallasi |
Koordinatalar | 41°1′11″N 28°57′26″E / 41.01972°N 28.95722°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Vizantiya meʼmorchiligi |
Binokorlik | 1118—1124—1136 |
Qurilish materiali | gʻisht |
Zeyrek masjidi Vikiomborda |
Zeyrek masjidi (turkcha: Zeyrek Camii) yoki Pantokrator monastiri (grekcha: Μονή του Παντοκράτορος Χριστού; turkcha: Pantokrator Manastırı) – Istanbul shahri, Fotih tumani, Zeyrek mahallasida joylashgan katta masjid. Bino ikkita sobiq Vizantiya cherkovi va ibodatxonasidan iborat boʻlib, Konstantinopoldagi Oʻrta Vizantiya imperiyasi meʼmorchiligining eng yaxshi namunalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, Zeyrek masjidi Istanbuldagi Sofiya ibodatxonasidan keyingi Vizantiya imperiyasi davrida bunyod etilgan eng katta diniy obida hisoblanadi[1].
Dastlab Pantokrator monastiri boʻlgan ushbu bino keyinchalik masjidga aylantirilgan boʻlib, Eski Imaret masjididan deyarli 1 km janubi-sharqda joylashgan.
Majmuaning sharqida Usmonli Konak uyi joylashgan boʻlib, bino bir qancha vaqtdan keyin qayta tiklangan va unga Zeyrekhane nomi berilgan. Hozirda ushbu binodan restoran va bogʻ sifatida foydalaniladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vizantiya imperiyasi davrida
[tahrir | manbasini tahrirlash]1118—1124-yillar orasida Vengriya imperatori Irene Pantokrator (Qudratli Masih)ga bagʻishlab monastir qurdirgan[2]. Monastir cherkov (monastirning katolik yoki asosiy cherkoviga aylangan[3]), kutubxona va kasalxonadan iborat boʻlgan[4].
Xotinining oʻlimidan soʻng, yaʼni 1134-yildan koʻp oʻtmay, imperator John II Komnenos Theotokos Eleousa (Xudoning mehribon onasi)ga bagʻishlab yana bir cherkov qurdirgan. Ushbu bino bundan oldingi cherkovning shimolida bunyod etilgan. Cherkov aholi uchun ochiq boʻlib, u yerda oddiy ruhoniylar xizmat qilgan[3]. 1136-yilga kelib, binoning janubiy qismida hovli va eksonarteks qurib bitkazilgan[3] hamda ikkita ziyoratgoh Avliyo Mikoilga bagʻishlangan ibodatxona bilan birlashtirib yuborilgan[5]. Keyinchalik, yodgorlik Komninlar va Paleologlar sulolasi imperatori maqbarasiga aylantirilgan[2]. Maqbarada Vizantiyaning koʻplab taniqli shaxslaridan tashqari, imperator John II, uning rafiqasi Eirene, Manuel I Komnenosning rafiqasi Bertha Sulzbach (shuningdek, Eirene nomi bilan ham tanilgan) ham dafn etilgan[4].
1204-yildagi toʻrtinchi salib yurishidan keyin mamlakatda lotinlar hukmronligi davrida majmua venetsiyalik ruhoniylar qoʻliga oʻtgan va bu yerda Theotokos Hodegetrianing ikonasi mavjud boʻlgan[6]. Monastirdan, shuningdek, oxirgi Lotin imperatori Baldwin tomonidan imperator saroyi sifatida foydalanilgan.
Paleologlar tomonidan qayta tiklanganidan soʻng, monastir yana pravoslav rohiblari qoʻliga oʻtgan.
Usmonlilar imperiyasi davrida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Konstantinopolning fathidan koʻp oʻtmay, cherkov masjidga aylantirilgan, monastir esa bir muddat madrasa sifatida xizmat qilgan[7]. Usmonlilar imperiyasi masjidni olim Molla Zeyrek nomi bilan atagan[7]. Biroq Vizantiya imperiyasi tarixidagi yuqori ahamiyati tufayli bino Konstantinopolning kam sonli binolaridan biri hisoblanadi, shu sababdan uning eski nomi ham hech qachon unutilmagan. Yodgorlik toʻgʻrisida unga tashrif buyurgan koʻplab mehmonlar, jumladan, fransuz sayyohi Pierre Gilles Konstantinopol haqida yozgan kitobida bir qancha maʼlumotlar keltirib oʻtgan.
1471-yilda Fotih masjididagi madrasalar qurib bitkazilgandan keyin musulmon talabalar Zeyrek masjidini tark etishgan[8].
XXI asr boshlariga kelib, bino vayronaga aylangan, shu sababli ham keyinchalik UNESCOning yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan.
Masjidda keng koʻlamli restavratsiya ishlari olib borilgach, masjid yana namoz oʻquvchilar uchun ochib qoʻyilgan[9][10].
Masjid yaqinida Shayh Sulaymon masjidi joylashgan boʻlib, bino Pantokrator monastiriga tegishli boʻlishi mumkin degan taxminlar ham mavjud. Shuningdek, u yerda kutubxona ham joylashgan boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud, ammo bu haqida ham aniq manbalar mavjud emas.
Umuman olganda, majmua Istanbulda saqlanib qolgan Vizantiya meʼmorchilik sanʼatining eng yaxshi namunalaridan biri hisoblanadi[2].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Zeyrek masjidi
-
Zeyrek masjidi
-
Zeyrek masjidi
-
Zeyrek masjidining orqa qismi
-
Zeyrek masjidining janubiy qismi
-
Zeyrek masjidi mehrobi
-
Zeyrek masjidi mehrobi
-
Zeyrek masjidi: sulton tomonidan foydalanilgan Hünkar mahfili
-
aZeyrek masjidi: sulton tomonidan foydalanilgan Hünkar mahfilining ostki qismi
-
Zeyrek masjidining umumiy koʻrinishi
-
Zeyrek masjidining Vizantiya meʼmorchiligi asosida yaratilgan eshik ramkasi
-
Zeyrek masjidining tashqi koʻrinishi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Monastery of Christ Pantokrator“ (en). The Byzantine Legacy. Qaraldi: 2022-yil 7-iyul.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Krautheimer (1986), p. 409
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Ousterhout (2001), p. 133
- ↑ 4,0 4,1 Gülersoy (1976), p. 213
- ↑ Mathews (1976), p. 71
- ↑ Van Millingen (1912), p. 227
- ↑ 7,0 7,1 Eyice (1955), p. 58
- ↑ Ahunbay (2001), p. 118
- ↑ Ahunbay (2001), passim
- ↑ OUSTERHOUT, ROBERT; AHUNBAY, ZEYNEP; AHUNBAY, METIN (2009). "Study and Restoration of the Zeyrek Camii in Istanbul: Second Report, 2001-2005". Dumbarton Oaks Papers 63: 235–256. ISSN 0070-7546. https://www.jstor.org/stable/41219768.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Van Millingen, Alexander. Byzantine Churches of Constantinople. London: MacMillan & Co, 1912.
- Eyice, Semavi. Istanbul. Petite Guide a travers les Monuments Byzantins et Turcs (fr). Istanbul: Istanbul Matbaası, 1955.
- Mathews, Thomas F.. The Byzantine Churches of Istanbul: A Photographic Survey. University Park: Pennsylvania State University Press, 1976. ISBN 0-271-01210-2.
- Gülersoy, Çelik. A Guide to Istanbul. Istanbul: Istanbul Kitaplığı, 1976. OCLC 3849706.
- Krautheimer, Richard. Architettura paleocristiana e bizantina (it). Turin: Einaudi, 1986. ISBN 88-06-59261-0.
- Ousterhout, Robert „Architecture, Art and Komnenian Ideology at the Pantokrator Monastery“, . Byzantine Constantinople: Monuments, Topography and everyday Life Necipoğlu: . Leiden, Boston, Köln: Brill, 2001. ISBN 90-04-11625-7.
- Ahunbay, Metim „Restoration work at the Zeyrek Camii, 1997-1998“, . Byzantine Constantinople: Monuments, Topography and everyday Life Necipoğlu: . Leiden, Boston, Köln: Brill, 2001. ISBN 90-04-11625-7.
- Ronchey, Silvia. Il romanzo di Costantinopoli. Guida letteraria alla Roma d'Oriente (it). Torino: Einaudi, 2010. ISBN 978-88-06-18921-1.
- Brill, Robert H. (2005). "Chemical Analyses of the Zeyrek Camii and Kariye Camii Glasses". Dumbarton Oaks Papers 59: 213–230. https://www.jstor.org/stable/4128758.