Kontent qismiga oʻtish

Ayazma masjidi

Koordinatalari: 41°01′21.5″N 29°0′31.6″E / 41.022639°N 29.008778°E / 41.022639; 29.008778
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Ayazma masjidi
turkcha: Ayazma Camii
Ayazma masjidi
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Üsküdar
Koordinatalar 41°01′21.5″N 29°0′31.6″E / 41.022639°N 29.008778°E / 41.022639; 29.008778
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Usmonli meʼmorchiligi
Meʼmor Mehmed Tohir
Binokorlik 1757–1758—1760–1761
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Qurilish materiali tosh

Ayazma masjidi (turkcha: Ayazma Camii) – Turkiyaning Istanbul shahri, Üsküdar tumani, Bosforga qaragan tepalik yonbagʻrida joylashgan masjid. Bino Usmonli imperiyasi sultoni Mustafo III topshirigʻiga koʻra 1757–1761-yillarda qurilgan. Inshoot XVIII asrda keng tarqalgan Usmonli meʼmorchiligining barokko uslubida yaratilgan eng yaxshi masjid namunasidir.

Usmonli imperiyasi sultoni Usmon II ning vorisi va Ahmad III ning oʻgʻli sulton Mustafo III (hukmronligi 1757–1774) oʻzining uzoq hukmronligi davomida Mahmud I davrida joriy etilgan Usmonli meʼmorchiligi barokko uslubini oʻzida aks ettiruvchi koʻplab qurilish ishlari bilan shugʻullangan[1]. Ayazma masjidi shunday turdagi qurilishlarning birinchisi boʻlib, onasi Mihrishah Xotun sharafiga bunyod etilgan. Qurilish ishlari 1757–1758-yillarda boshlangan va 1760–1761-yillarda yakuniga yetgan[2][3]. Ayazma masjidi meʼmorining shaxsi tasdiqlanmagan, ammo ayrim ilmiy manbalarga koʻra, meʼmorning ismi Mehmed Tohir boʻlib, keyinchalik 1761-yildan 1784-yilgacha imperator bosh meʼmori boʻlib xizmat qilgan[3]. Mustafo III keyinchalik Istanbulning Fotih tumanidagi kattaroq imperator masjidi – Laleli masjidi qurilishiga ham bosh boʻlgan[3]. 2022-yilning avgust oyida Ayazma masjidi uzoq davom etgan restavratsiya ishlaridan soʻng namozxonlar uchun ochib qoʻyilgan[4].

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayazma masjidi Nuruosmaniye masjidining kichikroq shakldagi nusxasi hisoblanadi[3]. Masjidning asosiy binosi bir gumbazli namozxonadan iborat boʻlib, uning yon tomonida minora joylashgan. Masjidning mehrob va minbari barokko uslubida ishlangan oʻymakor toshlar bilan bezatilgan[3]. Ayazma masjidining oʻchami Nuruosmaniyedan kichikroq boʻlsa-da, binoning ayrim qismlari undan balandroq oʻlchamda bunyod etilgan[2]. Ayazma masjidi boshqalardan, asosan, keng yarim doira zinapoya orqali chiqiladigan, besh ravoqli ayvondan iborat old fasadining oʻziga xos joylashuvi bilan ajralib turadi[1][3]. Masjid qurilishida foydalanilgan bunday uslub 1756-yilda Aydin shahrida ancha kichikroq qilib qurilgan zamonaviy Jihanogʻlu masjidiga oʻxshaydi[2].

Ayazma masjididagi XVIII asr meʼmorchilik sanʼatini oʻzida aks ettiruvchi mashhur elementlardan biri binoning tashqi qismida toshdan oʻyib ishlangan bir nechta kichik qush uyalaridir. Binoga bunday qush uyalari bilan ishlov berish oldingi asrlarda paydo boʻlgan, ammo barokko uslubi bilan ularga yanada ishlov berilgan. Odatda, diniy va fuqarolik binolarining tashqi koʻrinishiga aynan shunday qush uyalari biriktirilgan[5].

  1. 1,0 1,1 Kuban 2010.
  2. 2,0 2,1 2,2 Goodwin 1971.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 Rüstem 2019.
  4. „Restore edilen Ayazma Camii ibadete açıldı“ (tr). www.trthaber.com. Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr.
  5. Ekinci. „Birdhouses: Miniature mansions of Istanbul“ (en-US). Daily Sabah (2016-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 21-sentyabr.