Alouddin masjidi (Sinop)
Masjid | |
![]() | |
Alouddin masjidi | |
Mamlakat | ![]() |
Hudud | Qora dengiz mintaqasi, Sinop viloyati |
Shahar | Sinop |
Koordinatalar | 42°01′35″N 35°08′54″E / 42.02639°N 35.14833°E |
Yoʻnalishi | sunniylik, Islom |
Binokorlik sanasi | 1220-yillar |
Gumbazlar soni | 3 ta asosiy, 2 ta kichik |
Gumbazlar soni | 3 ta asosiy, 2 ta kichik |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Holati | amaldagi |
![]() |

Alouddin masjidi (turkcha: Alâeddin Camii) – Turkiyaning Sinop viloyati, Sinop shahridagi tarixiy masjid.
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid Sinop viloyatining Sinop shahrida, Pervane madrasasi esa masjidning shimolida joylashgan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sinop shahri oʻrta asrlarda Qora dengizdagi muhim port hisoblangan. 1214-yilda hudud saljuqiy Kaykovus I tomonidan bosib olingan. Masjid 1220-yillarda uning ukasi Alouddin Qayqubod buyrugʻiga binoan Artuklu beklaridan biri, davlat toʻntarishidan soʻng oʻz beyligidan qochib, Saljuqiylardan panoh topgan Otabeg Esedüddin Ayas tomonidan qurilgan. Ammo Manuel I Sinopni qoʻlga kiritgach, masjidning katta qismi buzib tashlangan. 1264-yilda hudud turklar nazorati ostiga oʻtgach, saljuqiylar vaziri Pervane 1267-yilda masjidni qayta tiklagan[2]. Keyinchalik shahar Candaroğulları bekligi hukmronligi ostiga oʻtgan va 1340-yillarda candarlik Ibrohim masjid hovlisining shimoli-sharqiy burchagida qabr qurgan. 1385-yilda candarlik Kötürüm Bayezid masjidni kengaytirgan. 1461-yilda Sinop hamda Candarning qolgan hukmronliklari Usmoniylar imperiyasi tarkibiga oʻtgan[3]. Usmoniylar hukmronligi davrida masjid bir necha marta taʼmirlangan. 1850-yillarda Sinop hokimi Tufan posho masjidni qayta tiklagan, chunki zilzila oqibatida masjid gumbaziga zarar yetgan edi. Binoning eng soʻnggi restavratsiya ishlari 2008-yilda amalga oshirilgan.
Bino
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjidning umumiy maydoni kavdrat shaklda boʻlib, bino 66 x 22 m2 (216 x 72) fut2) oʻchamdagi poydevorga, hovli esa 66 x 44 m2 (216 x 144) ga ega fut2) oʻlchamga ega. Masjid binosi keyinchalik toʻrtburchak shaklda qurilgan qurilgan Usmoniylar masjidlaridan ancha farq qiladi. Hovli 12 metr (39 ft) balandlikdagi devorlar bilan oʻralgan. Binoda uchta darvoza mavjud boʻlib, ular gʻarb, shimol va sharqiy qismda joylashgan. Shodirvon, tahorat olinadigan favvora hovlining markazida qurilgan. Masjidning uchta asosiy va ikkita kichik gumbazi bor. Minorasi bitta. 1860-yillardagi restavratsiya vaqtida masjidning marmardan yasalgan asl minbari Istanbulga yuborilgan. Hozirgi yogʻoch minbar esa keyinchalik yaratilgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sinop Guide Lizard ajans p.8
- ↑ Islam Encyclopaedia ((turkcha) (ALÂEDDİN CAMİİ ve MEDRESESİ Vol.2, p.328)
- ↑ Sinop page (turkcha)
- ↑ „Sinop Mosques page“ (tr). 2017-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-iyul.
![]() |
Vikiomborda Alouddin masjidi (Sinop) haqida turkum mavjud |